Kurs dasturi


Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 22.1 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi22.1 Kb.
#249757
1   2   3   4
Bog'liq
Syllabus Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish.

Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi

Yo‘q.


 

Kurs uchun dastlabki talablar

Kurs uchun dastlabki talablar yo‘q

 

Ta’lim natijalari

Ushbu kurs tugaganidan so‘ng talabalar:

- zamonaviy axborot va kommunikatsiya sohasida metrologiya, standartlashtirish, sifat, sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan erkin shug‘ullanish, hamda normativ hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yo‘nalishga mos yetarli bilim, ko‘nikma va malakalari shakllanadi;

- standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi;

- Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning davlat va dunyo miqyosida raqobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini izohlaydi;

- sohada qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari, xatoliklar klassifikatsiyasi, noaniqliklar turlari va manbalari standartlashtirishning turli darajadagi ob’ektlari, sertifikatlashtirish tizimi masalalarini puxta o‘rgatish orqali talabalarda o‘lchashlar birliligini ta’minlashga qaratilgan kasbiy hamda ijodiy-ilmiy kompetentlikni shakllantirib va rivojlantirib oladilar;

- talaba kattalik birliklarini qayta tiklash, qiyoslash bo‘yicha, o‘lchash xatoliklarini aniqlash, hisoblash, standartlashtirish usullarini, standartlarni ishlab chiqish tartibi, bosqichlari, metrologik xizmat to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishi, mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash bo‘yicha, mahsulotlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida bilishi va ulardan foydalana oladi;

- mahsulotlar va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlaydigan ilg‘or standartlarni ishlab chiqishdagi kasbiy hamda ijodiy-ilmiy kompetentlikni shakllantirib va rivojlantirib oladilar;

- mahsulot sifati va sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish turlari va sxemalari, mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash, akkreditlashtirish milliy tizimining faoliyati va asosiy qoidalarini biladi va ulardan foydalana oladilar;

- metrologiya bo‘yicha umumiy tushunchalarni, o‘lchash birliligi, o‘lchash vositalari, o‘lchash xatoliklari, ularni qayta ishlash usullarini, standartlashtirish, ularning ishlab chiqarishdagi mohiyati, standartlarning turlari va toifalari, standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib-qoidalarini, xalqaro ISO – 9000 seriyasidagi standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etishni, sertifikatlashtirish asoslarini, mahsulot sifatini boshqarish usullarini xaqida tasavvurga ega bo‘ladi;

- talaba axborot va kommunikatsiya soxasida ishlatiladigan o‘lchash vositalarini metrologik tavsiflarini tahlil qilish, ularni konkret sharoitlarda samarali ishlatish, xatoliklarni hisoblash asosida o‘lchash aniqligini baholash, sifat mezonlarini belgilash, sertifikatlashtirish tizimini ishlab chiqish va amaliy qo‘llash, mahsulotlarni standartlashtirish va kodlash bo‘yicha olgan bilimlarini amalda qo‘llash kabi malakalariga ega bo‘ladi;

- talaba metrologiyaning o‘lchash vositalarining metrologik tadbirlarga tortilishini, o‘lchash natijalarini aniqlash va taxlili, standartlashtirish usullarini yaratish bosqichlarini, maxsulotlar xaqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash bo‘yicha, maxsulotlarni sertifiktlashtirish to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

 


Download 22.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling