Kurs dasturi


Download 142.5 Kb.
Sana11.07.2020
Hajmi142.5 Kb.
#123527
Bog'liq
Syllabus Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish 2020


KURS DASTURI

Kod




Nomi

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish

ECTS kreditlar soni

4.0

Akademik yil

2019-2020

Semestr

4


O‘qituvchi haqida ma’lumot

O‘qituvchi

Qodirov Fazliddin Misliddinovich

Amaliy mashg‘ulotlar

-

Kafedra

Elektr ta’minlash tizimlari kafedrasi

Telefon

+(998) -93-319-19-77

Manzil

A bino, 0 chi qavat, 16-xona

e-mail

faz7780@mail.ru


Kursning qisqacha mazmuni:

Kursning nazariy konsepsiyalari asosan sekin asta murakkablashib boradigan nazariy hamda amaliy masalalarni qamrab oladi. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kursi uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, bakalavrlar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan asosiy tushunchalardan iborat:



  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlari buzilishi oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama ko‘maklashish;

  • texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini va o‘lchashlarning to‘g‘riligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantiradi;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan komleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos bo‘luvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan tanishtiradi.

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kursining uchta bo‘limlari:

1-bo‘lim. Metrologiya.

2-bo‘lim. Standartlashtirish.

3-bo‘lim. Sertifikatlashtirish.


Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi

Yo‘q.
Kurs uchun dastlabki talablar

Kurs uchun dastlabki talablar yo‘q
Ta’lim natijalari

Ushbu kurs tugaganidan so‘ng talabalar:

- zamonaviy axborot va kommunikatsiya sohasida metrologiya, standartlashtirish, sifat, sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan erkin shug‘ullanish, hamda normativ hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yo‘nalishga mos yetarli bilim, ko‘nikma va malakalari shakllanadi;

- standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi;

- Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning davlat va dunyo miqyosida raqobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini izohlaydi;

- sohada qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari, xatoliklar klassifikatsiyasi, noaniqliklar turlari va manbalari standartlashtirishning turli darajadagi ob’ektlari, sertifikatlashtirish tizimi masalalarini puxta o‘rgatish orqali talabalarda o‘lchashlar birliligini ta’minlashga qaratilgan kasbiy hamda ijodiy-ilmiy kompetentlikni shakllantirib va rivojlantirib oladilar;

- talaba kattalik birliklarini qayta tiklash, qiyoslash bo‘yicha, o‘lchash xatoliklarini aniqlash, hisoblash, standartlashtirish usullarini, standartlarni ishlab chiqish tartibi, bosqichlari, metrologik xizmat to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishi, mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash bo‘yicha, mahsulotlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida bilishi va ulardan foydalana oladi;

- mahsulotlar va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlaydigan ilg‘or standartlarni ishlab chiqishdagi kasbiy hamda ijodiy-ilmiy kompetentlikni shakllantirib va rivojlantirib oladilar;

- mahsulot sifati va sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish turlari va sxemalari, mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash, akkreditlashtirish milliy tizimining faoliyati va asosiy qoidalarini biladi va ulardan foydalana oladilar;

- metrologiya bo‘yicha umumiy tushunchalarni, o‘lchash birliligi, o‘lchash vositalari, o‘lchash xatoliklari, ularni qayta ishlash usullarini, standartlashtirish, ularning ishlab chiqarishdagi mohiyati, standartlarning turlari va toifalari, standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib-qoidalarini, xalqaro ISO – 9000 seriyasidagi standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etishni, sertifikatlashtirish asoslarini, mahsulot sifatini boshqarish usullarini xaqida tasavvurga ega bo‘ladi;

- talaba axborot va kommunikatsiya soxasida ishlatiladigan o‘lchash vositalarini metrologik tavsiflarini tahlil qilish, ularni konkret sharoitlarda samarali ishlatish, xatoliklarni hisoblash asosida o‘lchash aniqligini baholash, sifat mezonlarini belgilash, sertifikatlashtirish tizimini ishlab chiqish va amaliy qo‘llash, mahsulotlarni standartlashtirish va kodlash bo‘yicha olgan bilimlarini amalda qo‘llash kabi malakalariga ega bo‘ladi;

- talaba metrologiyaning o‘lchash vositalarining metrologik tadbirlarga tortilishini, o‘lchash natijalarini aniqlash va taxlili, standartlashtirish usullarini yaratish bosqichlarini, maxsulotlar xaqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash bo‘yicha, maxsulotlarni sertifiktlashtirish to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.


Kursning tematik kalendar rejasi
Ma’ruzalar:



Ma’ruza mavzular

Soat



Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning kishilik jamiyatidagi ahamiyati. Asosiy tushunchalar.

2



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida metrologik xizmat. Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar.

2



O‘lchashlar birliligi ta’minlash tizimininig ilmiy, texnikaviy, tashkiliy, qonuniy, normativ-xuquqiy va informatsion asoslari. Soha o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi tarkibi.

2



O‘lchash usullari va turlari, o‘lchash vositalari va ularning turlari. O‘lchashlarning sifat mezonlari.

2



O‘lchash xatoliklari va ularning tabaqalanishi, bartaraf etish usullari.

2



Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari, ularning tan olish darajalari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. O‘lchashlarni bajarish metodikasi. Normativ xujjatlarning metrologik ekspertizasi.

2



O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari, ularning metrologik tavsiflari, o‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.

2



O‘lchashlar noaniqligini baholash. O‘lchashlar noaniqligi bo‘yicha atamalar, noaniqlikni baholash usullari.

2



Standartlashtirish haqida, uning maqsad va vazifalari. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar va usullari.

2



Standartlashtirish bo‘yicha davlat tizimi. Standartlashtirishning turlari, toifalari va usullari. Standart, ularni ishlab chiqish, kelishtirish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib va qoidalari.

2



Standartlarning turlari, ularni tasdiqlash darajalari. Standartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish.

2



Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash.

2



Sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar, sertifikatlashtirishning asosiy sxemalari.

2



Ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish. Sertifikatlashtirish maqsadi, ob’ektlari, shikoyat, arizalari taxlili.

2



Mahsulot sifati, uning ta’rifi, sifat ko‘rsatkichlari, sifat halqasi va sifatni boshqarish asoslari.

2




Jami:__30'>Jami:

30


Amaliy mashg‘ulotlar:




Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Soat



Metrologiyaning asosiy tushunchalari.

2



Sifatning virtual sxemasi.

2



O‘lchanadigan kattaliklarning sifat va mikdor tavsiflari

2



O‘lchashlarni klassifikatsiyalash. O‘lchash vositalarini metrologik xarakteristiikalarini o‘rganish.

2



O‘lchov vositalarining metrologik tavsiflarini belgilash.

2



Bir nechta qator o‘lchashlarni kayta ishlash.

2



Noaniqlik manbalarining namoyon bo‘lishi. O‘lchash natijalarining ishonchlilik extimolini aniqlash.

2



O‘lchov usullari. O‘lchov vositalarining metrologik xarakteristikalari.

2



O‘lchov vositalarining metrologik tavfsiflarini belgilash.

2



Etalonlarning metrologik klassifikatsiyasi, ularni saqlash, qo‘llash va solishtirish.

2



O‘lchov vositalarini kalibrlash.

2



O‘lchash birxilligini taminlash buyicha standartlarni o‘rganish.

2



O‘lchashlar birligini taminlash soxasidagi asosiy konunlashtiruvchi aktlar.

2



“O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish” agentligi va uning xalq xo‘jaligi boshqaruvi idoralari tarkibida tutgan o‘rni.

2



Metrologiya sohasida asosiy xalqaro tashkilotlar va ularning metrologiya tekshiruvidagi axamiyati.

2




Jami:

30


Yuklama

Faoliyat turi

Soatlar

Ma’ruza

30

Laboratoriya

-

Amaliy mashg‘ulot

30

Mustaqil ish

60

Jami

120


Ta’lim strategiyasi

Kursning strategiyasi quyidagicha: ma’ruza davomida talaba kurs bo‘yicha kerak bo‘lgan nazariy bilimlarni oladi. Semestr davomida ikki marta oraliq nazoratlari o‘tkaziladi (test topshiriqlari orqali baholash (assesment)). Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi talabalarga ma’ruza davomida olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llashni ko‘rsatib beradi va o‘rgatadi. Har bir amaliy mashg‘ulotning oxirida talaba mavzuni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan mustaqil ishlarni bajarish uchun individual amaliy topshiriqni oladi.


Baholash

O‘qishni baholash talabalarning butun kurs davomidagi ishtiroki ikkita mustaqil ish, bitta oraliq nazorat va uchta amaliy ishni topshirishlari kerak.

Natijalarni baholash quyidagicha taqsimlanadi:

Amaliy topshiriqlar: 10 ball (umumiy 30 ball, har biri uchun 10 baldan).

Mutaqil ish: 10 ball (umumiy 20 ball, har biri uchun 10 baldan).

Oraliq nazorat: 20 ball.


Baholashning asosiy yo‘nalishlari: plagiatdan xoli ekanlik darajasi, ish sifati, dolzarbligi, ijodkorlik. Baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

1) Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Mustaqil ish mavzulari har bir talabaga mustaqil ishni bajarish tartibi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar shaklida o‘qituvchi tomonidan taqdim qilinadi.

Baholash me’zonlariga muvofiq talablar:

- ma’lumotlarni yetarliligi (1 ball);

- keltirilgan ma’lumotlar mustaqil ish mavzusi va rejasiga muvofiqligi (1 ball);

- uslubiy jihatdan shakllantirilishi (kalit so‘zlar, atamalar, qisqartmalar, javoblarning mantiqiyligi va boshqalar) (1 ball);

- foydalanilgan axborot manbalarining yetarliligi va miqdori (1 ball);

- ma’lumotlarni qayta ishlashda talabaning shaxsiy yondashuvi (1 ball);

- mustaqil ishni nazariy himoyasi (5 ball): to‘plangan ma’lumotlar to‘g‘risida savol - 1 ball, axborot manbalari bo‘yicha aniqlik kiritish - 1 ball, mavzu bo‘yicha berilgan savolga talabaning aniq va ravon javob berishi - 1 ball, berilgan topshiriqni amaliy jihatini ko‘rsata bilish - 1 ball, taqdim etilgan material bo‘yicha talaba xulosasi - 1 ball.



2) Amaliy topshiriq. Amaliy topshiriqni bajarish tartibi va variantlari uslubiy ko‘rsatmalar shaklida o‘qituvchi tomonidan taqdim qilinadi.

Baholash me’zonlariga muvofiq talablar:

- berilgan vazifalarni ketma-ketligiga rioya qilgan holda bajarish (1 ball);

- mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar va ta’riflarning mavjudligi (1 ball);

- grafiklar, chizmalar va tushuntiruvchi rasmlarni mavjudligi (1 ball);

- hisob kitoblarda o‘lchov birliklarini mavjudligi (1 ball);

- variant bo‘yicha vazifani bajarish (1 ball);

- amaliy ishni nazariy himoyasi (5 ball): mavzu bo‘yicha talabani ko‘nikmasini aniqlash - 1 ball, axborot manbalari bo‘yicha aniqlik kiritish - 1 ball, mavzu bo‘yicha berilgan savolga talabaning aniq va ravon javob berishi - 1 ball, berilgan topshiriqni amaliy jihatini ko‘rsata bilish - 1 ball, taqdim etilgan material bo‘yicha talaba xulosasi - 1 ball.



3) Oraliq nazorat. Oraliq nazoratni bajarish tartibi va variantlari uslubiy ko‘rsatmalar shaklida o‘qituvchi tomonidan taqdim qilinadi. Oraliq nazorat shakli assisment usulida olib boriladi.

Baholash me’zonlariga muvofiq talablar:

- Nazariy bilimlarni aniqlash (5 ball);

- Amaliy bilimlarni aniqlash (5 ball);

- Test savollari (5 ball);

- tarqatma materiallar bo‘yicha izoh va ta’riflar (5 ball).


Adabiyotlar ro‘yxati

1. Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology, 2008.



2. Isaev R.I., Karimova U.N., Raxmonova G.S. «Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish» darslik. T:. «Aloqachi», 2017, 690 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Isaev R.I., Karimova U.N. «Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish» darslik. T:. «Fan va texnologiya», 2011,496b.

  2. Abdulatipov A.A., Latipov V.B., Umarov A.S., i dr. «Osnovi standartizatsii, Metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom» - T., NIISMS, 2007.-554s.

  3. Parpiyev M.P, Raxmonova G.S., Xaydarbekova M.M., Ahmedova X.X. “Metrologiya”, darslik. T:. «Top Image Media», 2015.


Internet saytlar:

  1. www.lex.uz -O‘zR Adliya vazirligi sayti.

  2. www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy vao‘rtamaxsus ta’limvazirligisayti.

  3. www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.

  4. www.unicon.uzwww.metrolog.ru

  5. www.metrology.light.com

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling