yaratuvchidir. Ammo xudo ijtimoiy hayotga aralashmaydi, chunki jamiyat
tabiiy qonunlar asosida rivojlanadi. Uni bilib olish esa Xudo bergan aqlga bog‘liq , u esa fiiqarolik qonunlari bilan himoyalanadi. Bu ta’limot asrlar davomida Xitoyda o'rganilib kelinmoqda.
Konfutsiychilikda yoshlaming qariyalarga hurmati, ularga qarshi
chiqmaslik g'oyasi asos qilib olingan. Davlat bu «katta oila», podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me’yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammaning o‘z vazifasini bajonidil ado etishi zarur, deyiladi. Ayni chog‘da, Konfutsiy quldorlikni himoya qilish bilan birga yirik quldorlarni ham himoya qiladi. Bu bilan ijtimoiy «tenglikka» erishishga harakat qiladi. Konfutsiy mulkning ikki shaklda bo‘lishini e’tirof etadi:
1. «buyuk jamoa /ww/A;/»-kollektiv mulkchilik, ya’ni dehqonlar
jamoasining mulki;
2. «xususiy mulkchilik» -quldorlaming mulki.
Uning ta’limotida ba’zi qarama-qarshiliklami ham ko‘rish mumkin.
Masalan, ichki qarama-qarshiliklarda xususiy mulkni himoya qiladi. U
insonlarni tabaqalanishini tabiat va xudo tomonidan hukm qlingan
haqiqatdir deb yozadi. Eng muhim iqtisodiy xulosasi shuki, boylikning manbayi mehnatdir. Shu bilan birga, quldorlaming davlat boyligini kuchaytirish uchun qullami ko'proq ishlatib, kamroq yegizishga chaqiradi. Konfutsiy ta’limotining davomchilaridan biri Men-Szi (eramizdan
aw algi 372-289-yil) edi. M en-S zi jam iyatni boshqaruvchi va
boshqariluvchilarga bo‘lib, xalq boshqaruvchilari uchun ishlamog‘i kerak, deydi. U jamiyatni klassik taqsimlanishi, tarafdori edi, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni himoya qiladi. Qadimgi Xitoyda Konfutsiy ta ’lim otining ikkinchi eng yirik davomchisi Syun-Szi (eramizdan awalgi 313-238-yil) bo‘lgan. U davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori bo'lgan. Insonlarni boylikka bo‘lgan ishtiyoqini oqlaydi, lekin bu harakatlar qonun doirasidan chetga chiqmasligini ko‘rsatadi. Odamlami birdaniga hamma hunarlar bilan shug'ullanishga qilgan harakatlarini qoralaydi. Inson bir vaqtning o'zida ko‘plab kasb egasi bo‘la olmaydi, degan fikr ilgari suradi. Natijada, u birinchilardan bo'lib mehnat taqsimoti ta’Umotini ilgari suradi (bu juda muhim g'oya edi). Uning ta’limotiga ko‘ra, odamlar boylar va kambag‘al toifalarga
Do'stlaringiz bilan baham: |