Kurs ishi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat Universiteti
Download 37.03 Kb.
|
Kurs ishi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat Universiteti
Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O’rxun-Enisey yodgorliklari», «Irq yozuvlari» («Ta’:birnoma») kabilardir.Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O’rxun-Enisey yodgorliklari», «Irq yozuvlari» («Ta’:birnoma») kabilardir. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan O’rxun-Enisey bitiklari VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo’lib, ular ta’:lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’:lumotlar beradi. Toshga o’yib yozilgan O’rxun-Enisey yodgorliiklari dastlab Enisey havzasida, so’ngra, Mug’ulistonning O’rxun daryosi bo’yida topilib, daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893 yilda bu yozuvlarni birinchi bo’lib o’qigan. Undan so’ng yana bir qancha olimlar ushbu yozma yodgorliklarni o’rganish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar olib bordilar. O’zbekistonda Oybek, O.Sharaffuddinov, N.Mallaev, A.Kayumov, N.Raxmonovlar tadqiqot ishlari olib bordilar va uning ta’lim-tarbiyadagi o’rnini yoritib berdilar. Ma’lumki, asr o’rtalariga kelib, Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo xududlarida turkUndan so’ng yana bir qancha olimlar ushbu yozma yodgorliklarni o’rganish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar olib bordilar. O’zbekistonda Oybek, O.Sharaffuddinov, N.Mallaev, A.Kayumov, N.Raxmonovlar tadqiqot ishlari olib bordilar va uning ta’lim-tarbiyadagi o’rnini yoritib berdilar. Ma’lumki, asr o’rtalariga kelib, Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo xududlarida turk hoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik g’arbda Vizantiya, janubda Eron, Xindiston, sharkda Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan, Turk xokonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Xoqonlik 604 yilda Sharqiy va «Garbiy xoqonlikka ajralgan. VIII asr o’rtalariga kelib esa Turk xoqonligi tugallandi. Turk xoqonligi asosan, 3 kishi: Bilga xoqon (Mug’ilyon), sarkarda Qultegin va vazir Tunyukuklar qo’lida markazlashgan edi. Bitiktoshlarda turk xokonlarining yurishlari, bu yurishlarda ko’rsatgan jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi. O’z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chikish, ularning birligini ta’:minlash xoqonlar Bumin, Istami, Eltarish, Eltarishning o’g’illari Bilga xoqon va lashkarboshi Kul tegin, ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi Download 37.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling