Kurs ishi bajardi: Olimova Sh. Qabul qildi: Choriyev Sh Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. Zahiriddin muhammad bobur shaxsiyati va uning “boburnoma” asari
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati
Download 197.03 Kb.
|
MY COURSE WORK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyekti va predmeti
- Tadqiqot metodlari
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Kurs ishi amalga oshirilish jarayonida maktab va akademik litsey darsliklarida o’quvchilarning o’quv, bilim faoliyatini izchil shakllantirishga yo’naltirilgan nazariy yondashuvlar bilan boyitildi. Bobur hayoti va ijodini o’rganish bo’yicha tegishli interaktiv metodlar, ko’rsatma va tafsiyalar beriladi. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan tegishli davr va mavzu tarixini yozishda, ilmiy maqolalar, ma’ruzalarda foydalanish mumkin.
Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti turli davrlar va davlatlarda yaratilgan Bobur haqidagi asarlar, tadqiqot ishlari, umumta’lim maktablari va akademik litsey tarix darsliklari va unga kiritilgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid materiallar tashkil qiladi. Bundan tashqari Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan monografiyalar, va tadqiqotlardan ham foydalanildi. Tadqiqot metodlari: Qiyosiy tahlil, kontent tahlil va umumlashtrish, innovatsion ta’lim metodlari, hamkorlikda o’qitish, loyihalash, muammoli ta’lim hamda ular tarkibida qo’llaniladigan interaktiv metodlardan foydalanildi. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi o’z tarkibiga olgan 2 ta bobda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va u yaratgan manbaning asosiy jabhalari 4 ta reja asosida ochib berildi. Ularda Bobur shaxsiyati, ”Boburnoma”ning yaratilish tarixi, manbada kelgan tarixiy hudud va shaxslar yoritildi. Kurs ishi shuningdek, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar hamda internet saytlari ro’yxatini o’z ichiga oladi. Madaniyat va ma’naviyat tariximizda XV asr –XVI asrning birinchi yarmi o’lmas asarlarga g’oyat boyligi, bu davrda xalqimiz insoniyatga ko’pgina ilm va adabiyot daholarini yetkazib bergani bilan alohida ahamiyatga loyiq. Xususan, Xuroson va Movoraunnahrda yuzlab shoir-u adib, muarrix va bastakor, san’at ahli barakali ijod qildi.Forsiy va Turkiy tillarda yaratilgan durdona asarlarda ham forsiyzabon,ham turkiyzabon kitobxonlar birdekmanaviy oziq oldilar. Har ikkala tilda yaratilgan tarixiy, badiiy asarlar mazmunan bir-birini boyitdi. Bir necha asrlardan beri o’zqadr-qiymati va ahamiyatini saqlab kelayotgan asarlar juda ko'p. Ulardan eng mashxurlari qatorida turuvchi asarlardan biri biz bugun tadqiq etadiganimiz, ”Boburnoma” asaridir1. Ushbu asar jahon adabiyoti, manbashunosligi va yurtimiz tarixidagi muhim va noyob yodgorlik, o’zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Qadimiy Movoraunnahr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik beruvchi manbadir.Muallif Zahiriddin Muhammad Boburuni eski o’zbek yani, chig’atoy tilida yaratgan. Unda muallif o’z davrida kechgan voqea va hodisalarni yoritgan, aynan shu sabab ushbu asar qiymati ancha yuksakda turadi. Asarda ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din ta’limoti, tilshunoslik, jug’rofiya, tabiatshunoslik, bog’dorchilik va boshqa sohalarga oid aniq va hanuzgacha o’z tarixiy va ilmiy ahamiyatini yo’qotmagan ma’lumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan.Asarda bevosita Boburning o’zi lashkar boshilik qilgan bir necha janglar tasnifi mahorat bilan keltrilgan. O’sha davrdagi qo’shin tuzilishi, urush olib borish, jang taktikasi, qamal holatlari, qurol-yarog’lar turlari , qo’rg’onbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda ko’plab harbiy-ma’muriyi islohotlar ham uchraydi. Shuningdek “Boburnoma”da temuriylar qo’shinining tuzilishi, harbiy san’ati va boshqalar haqida ham noyob ma’lumotlar bor.“Boburnoma”ning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishda yaqin yillarda o’zbek, hind, afg’on olimlari, yevropalik, yaponiyalik tadqiqotchilar teran tadqiqotlar olib bordilar. Chunonchi, XX asrning 90-yillari ikkinchi yarmida Yaponiyada “Boburnoma”ning ilmiy-tanqidiy matni izohlar va yapon olimi Eyje Mano qarashlari ifodalangan ilmiy-tadqiqot nashr etilgani buning yaqqol dalilidir. Shunday nashrlar ingliz tilida ham amalga oshirildiki, bu Bobur ijodiga katta qiziqish va ehtirom ramzidir. Shu sababdan “Boburnoma” o’zbek xalqining faxridir. Download 197.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling