O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
Mavzu:Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari manba sifatida
KURS ISHI
Bajardi: Olimova Sh.
Qabul qildi:Choriyev Sh
Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATI VA UNING “BOBURNOMA” ASARI………………………………………………………...7
I.1. Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shaxs……………………………7
I.2.“Boburnoma”ning yaratilish tarixi va manba sifatidagi ahamiyati…………………………………………………………………..17
II. BOB.”BOBURNOMA”DA HUDUDLAR VA SHAXSLAR TASNIFI………………………………………….………………………………22
II.1.Markaziy Osiyo va Hindiston hududlarining “Boburnoma”da ta’riflanishi ..……………………………………………………………….22
II.2.”Boburnoma” asarida kelgan mashxur tarixiy shaxslar tarifi………...……...………………………………………………………...26
XULOSA……………………………………………………………………..…..28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..29
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekistonning mustaqillik davri taraqqiyoti ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ilm-fan sohasida ham tarixiy o’zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Qadimiy merosimiz ildizlarini ko’rsatish, o’tmishdagi boy an’analarni, milliy qadriyat va manaviy boyliklarimizni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etish bugungi hayotimizning bosh vazifalaridan biriga aylandi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek, ”Tarix xotirasi xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o’zlikni anglash, ta’bir joiz bo’lsa , milliy iftihorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi”. Qariyb uch ming yillik tarixga ega o’zbek davlatchiligi o’zining butun taraqqiyoti davomida yuksalish va inqirozli davrlarni boshdan kechirib, o’lkamiz hududida turli davlatlar vujudga keldi. Ular ichida Bobur asos solgan boburiylar davlati ham nafaqat o’zbek davlatchiligi,balki butun jahon tarixida ham o’zining muhim o’rniga ega hisoblanadi.Mavzuning davriy chegarasi:kurs ishi mavzusining davriy chegarasi XV asr 80-yillaridan XVI asr 30-yillariga qadar, ya’ni Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topishidan, toki uning boburiylar saltanatida hukmronligi nihoyasiga yetgunigacha bo’lgan davrni o’zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |