Kurs ishi bajardi: Olimova Sh. Qabul qildi: Choriyev Sh Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. Zahiriddin muhammad bobur shaxsiyati va uning “boburnoma” asari


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 197.03 Kb.
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi197.03 Kb.
#1324260
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MY COURSE WORK

Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati haqida ko’plab izlanish va tadqiqotlar olib borilgan. Ammo B.Valixo’jayev haqli ta‘kidlaganidek: “bu qutlug’ ishni Boburning o’zi Boburnoma”da boshlab bergan edi. Shundan so’ng Movarounnahr, Afg’oniston va Hindistonda yozilgan tazkira va tarixiy asarlarda Bobur haqida ma‘lumot berish kuzatiladi. Darhaqiqat, Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi eng noyob ishonchli manba uning “Boburnoma”asaridir. Shuningdek, Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”, Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy”asarlari ham aytish mumkin. Rus sharqshunoslaridan N.I.Ilminskiy, N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, N.I.Veselovskiy, V.V.Vyatkin, A.Samoylovich, V.Bartold; afg’on olimlaridan Ahmad Ali Kohzod, Abdulhay Habibiy, Gulchin Maoniy; hind olimlaridan Zokir Husayn, Nurul Hasan, S.A.Sharmi, R.P.Tripatxi, P.Saron, Kanunga; turk olimlaridan Fuod Kupruluzoda, Rashid Rahmati Arad kabilar ham Bobur faoliyati va merosi bilan shug’ullandilar. Boburning hayoti, faoliyati, ilmiy, badiiy merosini o’rganish, asarlarini nashr etish borasida o’zbek olimlari ham muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Umuman, boburshunoslik ravnaqida Yahyo G’ulomov, Vohid Zohidov, Homil Yoqubov, Porso Shamsiyev, Sabohat Azimjonova, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Said Aliyev, Botirxon Valixo’jayev, Hasan Qudratillayev kabilarning ilmiy tadqiqotlari muhim hissa bo’lib qo’shildi. Ammo shunga qaramasdan, metodika sohasida yetarli ishlar amalga oshirilmagan. Shu bois, mazkur kurs ishi Bobur hayoti va ijodini o’qitish va ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq qilishni nazarda tutadi.
Tadqiqotning maqsadi: “Boburnoma”ni o’rganishda belgilab olingan maqsadlar quyidagilar: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatini xolis ochib berish, undagi ma’lumot va tarixiy faktlarni ommaga va ilm ahliga yetkazib berish, uning darsliklarda berilishi, o’rganilishi, umumta’lim maktablari va akademik litseylarda o’rgatilishini tahlil etish, Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini o’rganishda interaktiv metodlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish.

Download 197.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling