Kurs ishi bajardi: Olimova Sh. Qabul qildi: Choriyev Sh Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. Zahiriddin muhammad bobur shaxsiyati va uning “boburnoma” asari
II BOB. ”BOBURNOMA”DA HUDUDLAR VA SHAXSLAR TASNIFI
Download 197.03 Kb.
|
MY COURSE WORK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asarda kelgan mashxur tarixiy shaxslar tarifi.
II BOB. ”BOBURNOMA”DA HUDUDLAR VA SHAXSLAR TASNIFI.
II.1. Markaziy Osiyo va Hindiston hududlarining “Boburnoma”da ta’riflanishi. O’zbek adabiy tilining muhim yodgorligi bo’lmish Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari ma’naviy qadriyatlarimizning bir bo’lagi hisoblanmish toponimlar va ularning tarixini o’rganishda noyob manbadir.Unda mingdan ortiq geografik nom, mamlakat, shahar, qishloq, qal’a, dasht, tog’, dovon, dara, daryo, ko’prik, kechuv, ko’l, chashma, bog’, yaylov, o’tloq va boshqa joylarning nomlari tilga olib o’tilgan20. “Boburnoma”da joy nomlari toponomikasi haqida so’z yuritar ekanmiz, asarda uchraydigan toponimlar ular ifoda etadigan obektlarning turiga ko’ra bir necha guruhga bo’linishini takidlab o’tish lozim. Ular: Mamlakat nomlari: Afg’omiston, Hindiston, Arabiston, Mo’g’uliston, Iroq, Ozarbayjon, Misr, Xitoy, Xuroson; Shahar nomlari: Dehli, G’azna, Qobul, Mashxad, Banoras, Urganch, Toshkent, Andijon, Kesh, Sayram, Xo’jand, Qarshi, Buxoro; Qishloq va kentlar nomlari: Muhammad og’a kenti, Ho’dak kenti, Beshkent, Qulba kenti, Archakent, Yorkent, Navkand, Dehi G’ulomon, Yettikent, Dehi Afg’on; Qal’a va qo’rg’onlar nomlari: Qal’ai Dabusiy, Qal’ai Zafar, Olaqo’rg’on, Toshqo’rg’on, Asfidak qo’rg’oni; Rabotlar nomlari:Raboti sarhang, Raboti Zavraq, Surhrabot, Raboti Ro’zak kabilarni tarkibiga birlashtiradi. Bobur asaridagi toponimlarning bir guruhi gidronimlar — suv havzalari nomlaridan iboratdir. Gidronimlar qanday suv obyektlarining atoqli otini anglatishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: Daryolar nomlari: Gang daryosi, Amu daryosi, Oqsuv daryosi, Jun daryosi, Sayhun daryosi, Saru daryosi, Satluj daryosi, Ilamish daryosi, Sind daryosi, Daryoyi Xo'r kabilar. Asarda daryolar nomi tarkibida ba’zan “suyi” so'zi ham ishlatilgan: Axsi suyi, Bajur suyi, Balxob suyi, Baxat suyi, Bora suyi, Tua suyi, Butxak suyi, Gambir suyi, Gandak suyi, Gulbahor suyi, Dargam suyi, Kavoriy suyi, Kuxak suyi, Xo'jand suyi, Chir suyi singarilar keltirilgan. Budan tashqari, “rud” so'zi daryolar nomi tarkibida qo'llanilgan: Jamrud, Kamrud, Surxrud, Chandoval rudi kabilar. Buloq-chashma nomlari: Yonbuloq, Qarg'abulon, No'rabuloq, Boboqaro chashmasi, Bodomchashma, Garmchashma, Halvochashma, Chashmai para singarilar keltirilgan. Ariq, hovuz, soylar nomlari: Qirqariq, Xoqon arig'i, Havzi Mohiy ariq nomlarining ayrimlari tojikcha “juy” so'zi orqali ifodalangan: Juyi Injil, Juyi Shoxiy. Guzar (kechuv)lar nomi: Balva guzari, Qanor guzari, Kilif guzari, Nilob guzari, Oxor guzari, Chupora guzari kabilar. Ko'llar nomlari: Qorako'l, Kuligil, Kuli Malik, Kuli Mag'ok singari ko'l nomlari uchraydi. Ko'priklar nomi: Mirzo ko'prigi, Mullabobo ko'prigi, Muhammad Chab ko'prigi, Cho'pon ko'prik, Qutlug' qadam ko'prigi singari. Ba’zi ko'prik nomlari tarkibida forscha-tojikcha “pul” so'zi ishtirok etgan: Puli Mag'oq, Pulikoh Puli, Puli Ravon, Puli Solor, Pulchirog' kabilar21. Bobur o'z asarida o'rni kelib qolganda gidronimlarning ba’zilariga mufassal to'xtaladi, ularni atroflicha izohlaydi. Xususan, hozirgi Sirdaryo haqida quyidagilarni qayd etadilar: “Sayxun daryosikim, Xo'jand suyiga mashhurdir, sharq va shimoli tarafidan kelib, bu viloyatning ichi birla o'tib, g'arb sori oqar, Xo'jandning shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, holo Shoxruxiyaga mashhurdir, o'tib yana shimolga mayl qilib, Turkiston sori borur. Turkistondan xili quyiroq bu daryo tamom xumga singar, hech daryoga qotilmas”22. (60-bet) Ko'xak suyi xususida mana shu ma’lumotlarni keltiradi: “Ko'xak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki quruh bo'lgay. Bu suv bila Samarqand orasida bir pushta tushubtur, Ko'xak derlar. Bu rud muning tubidan oqar uchun Ko'xak suyi derlar. Bu suvdin bir ulug' rud ayiribturlar, balki daryochadur, Darg'om suyi derlar. Samarqandning janubidin oqar. Samarqanddin bir shar’iy bulg'oy. Samarqandning bog'ot va mahalloti va yana necha tumonoti bu suv bila ma’murdur”. (104-bet) Qayd etish lozimki, “Boburnoma” da qo’llanilgan toponimlarning ko'lami ancha kengdir. Ular sirasiga yana bog' nomlarini ham kiritishimiz mumkin: Bog'i Binafsha, Bog'i Dilkusho, Bog'i Bexisht, Bog'i Buldu, Bog'i Vafo, Bog'i Zubayda, Bog'i Kalon, Bog'i Maydon, Bog'i Shamol, Bog'i Shaxr; Darvoza nomlari: Shayxzoda darvozasi, Shayxulislom darvozasi, Charmgardon darvozasi va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bobur bog'lar haqida quyidagi ta’riflarni ham aytib o'tadi: “ Samarqandning sharqida ikki bog' solgan, uning biri yiroqroq bo’lib, Bog'i Bo'ldudir, yaqinrog'i Bog'i Dilkusho (ko'ngilochar)dir. U yerdan Feruza darvozasigacha xiyobon qilib ikki tarafida terak daraxtlari ektirgan. Dilkusho bog'ida ham baland ko'shk soldirgan. Yana Ko'hak tepaligining etagida Konigilning qora suvi ustida (bu suvni Obirahmat ham deydilar) bir bog' solgan. Naqshi Jahon deb nomlangan. Men ko'rgan paytda bu bog' buzilgan edi, nomi ham qolmagan edi. Yana Samarqandning janubida Bog'i Chanor bo'lib, qal’aga yaqindir. Yana Samarqandning quyi qismida Bog'i Shamol va Bog'i Behisht bor. Temurbekning nabirasi, Jahongir mirzoning o'g'li Muhammad Sulton mirzo Samarqandning tosh qo'rg'onida — chaqarda bir madrasa solgan. Temurbekning qabri va avlodidan har kimki Samarqandda podsholik qilibdi, ularning qabri o'sha madrasadadir” (50-bet). “Boburnoma” da zikr etilgan toponimlarning leksik tarkibi o'ziga xos. Ularning aksariyat qismi o'z qatlamiga mansub leksemalardan, ya’ni o'zbekcha so'zlardan tarkib topgan. Oqsuv, Qizilsuv, Beshkent, Yettikent, Yangiyo'l, Toshqo'rg'on, Olaqo'rg'on, Toshkent, O'ratepa, Ikki suv orasi, Qorasuv, Qo'shtegirmon, Sirkariq, Olatog', Olmaliq, Archakent, Yonbuloq singarilarni bularga misol qilib keltirish mumkin. Bobur “Boburnoma” da Pop haqida quyidagilarni keltiradi: “Axsining mustahkam qo’rg’onlaridan biri Pop qo’rg’onidir. Popliklar Pop qo'rg'onini mustahkamlab, bizga kishi yuboribdilar. Sayyidqosimni bir necha yigitlar bilan jo'natdik. Axsining ustki kentlari to'g'risidagi daryodan o'tib Pop qo'rg'oniga kirdilar”23. (114-bet) Asarda hozirgi Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz shahrining nomlanishi shunday izohlanadi: “Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi xub sabz bilur uchun Shahrisabz… derlar” (108-bet) Demak, Shahrisabz — “ko'kalamzor shahar”, “yashil- bog'-rog'larga boy shahar” ma’nosidadir. Asarda Kashmir tog'i haqida quyidagi fikrlarni keltiriligan: “Aytishlaricha, bu tog' xalqini “kas” deb atasharkan. Mening xayolimga shunday fikr keldi: hindustonliklar “shin”(harfi)ni “sin” deb talaffuz qiladilar. Bu tog'da e’tiborga molik shahar Kashmir bo’lib, undan boshqa shahar haqida hech gap yo'q. Shu sababli Kashmirni “Kasmir” deb ataganlar. Bu tog' elining moli-mushk, dengiz qo’tosi, za’faron, qo’rg’oshin, misdir. Hind xalqi bu tog'ni Savalak Parbat deb ataydi. Hind tilida “ ava”-chorak, “lak”-yuz ming, “parbat”-tog', ya’ni “chorak va yuz ming tog‘ ”- bir yuz yigirma besh ming tog' kelib chiqadi. Bu tog'larda qor erimaydi. Hindustonning Lohur, Sahrind va Sanbal kabi ba’zi viloyatlaridan bu tog'lardagi qor oqarib ko'rinadi. Ushbu tog'ni Kobulda Hindukush deb ataydilar. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, “Boburnoma” asari o'lkamiz va undan tashqaridagi hududlar-Afg'oniston, Hindiston mamlakatlaridagi joy nomlarini o’rganishda boy material beruvchi muhim asar hisoblanadi. Unda keltirilgan toponimlarning turlari, ma’nosi, kelib chiqishiga oid fikr-mulohazalar g’oyat qimmatli ahamiyatga egadir. 2.Asarda kelgan mashxur tarixiy shaxslar tarifi. Zahiriddin Muhammad Bobur o’z xotiralarini badiiy naql uslubda sodda va ravon bayon etadi. O’nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi. Tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she’riy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko’rinishini, fe’l atvorini, odatlari, o’tmishi, avlod-ajdodi, birma bir ta’rif etiladi.Asardagi markaziy obraz Boburning o’zi, albatta. Uning his tuyg’ulariga boy qalbi ko’z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma “ va uning muallifi haqida: “ Uning shaxsiy his – tuyg’ulari har qanday mubolag’adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O’z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko’zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi”24 . Bu jihatdan “ Boburnoma “ O’rta O’siyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir ” deb yozadi. Husayn Bayqaro haqida: ”Sulton Husayn Umarshayxning nevarasi, Amir Temurning evarasi edi. Temur naslida qilichbozlikda unga teng keladigani yo’q edi. Onasi Feruzabegim-Temurning evarasi bo’lib, Husayn “Karim ut-tarafayin” yani ikki tomondan ham temuriyzoda edi.So’zga chechan, xushxulq, muomalada shariatga rioya qiladigan kishi edi.Qiyiq ko’zli, qomatli kishi, ipak kiyim, qora qo’zi bo’rk kiyar edi.Revmatizm kasalligi sababli ro’za va namozni ado etmas edi.Turkiy tilda she’r yozgan, Devon tuzgan, taxallusi Husayniy edi. Do’sti Alisher Navoiy edi. Ba’zi baytlari yomon emas, lekin Devoni bir vazndadur. Yoshi ulug, o’zi podsho bo’la turib qo’chqor saqlar, kabutarboz edi, tovuqlarni urush qo’yardi”25. Alisher Navoiy haqida: ”Alisherbek Naziri yo’q kishi edi.Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko’p va ho’b aytqon emas.Ahli fazl va ahli hunarg’a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo’lmish bo’lg’ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va Husayn Udiykim sozda saromad edilar, bekning tarbiyat va taqviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat topgan, 4 ta devon tartib bergan. Nazmda tengsiz bir zot edi”26 deydi. Umarshayx Mirzo haqida: ”Past bo’yli, tanbal kishi. To’nni bisyor tor kiyadi, belbog’ini ham juda zich bog’lardi. Pokiza e’tiqodli, 5 vaqt namozni tark etmas edi.Aksar “Shohnoma” o’qir edi. Mard,shijoatli kishi edi”. Bobur ismlarning kelib chiqishi haqida ajoyib fikrlar bayon qiladi. Shulardan biri o’zining kichik tog’asi Sulton Ahmadxon va uning laqabi haqidadir: Sulton Mahmudxondan kichigi Sulton Ahmadxon edi. U Olachaxon nomi bilan mashxurdir.Bu ismning qo’yilishiga sabab esa qalmoq va mo’g’ul tillarida olacha so’zi “o’ldiruvchi” degan ma’noni anglatadi.Qalmoqlarni bir necha marta bosib, ko’p kishisini qirgani uchun Olacha deb atash rasm bo’lgan. Ayrim kishilarga laqab o’zlarining yoki otasining kasb koridan kelib chiqib qo’yilishi Boburnomada bir necha martalab misol keltriladi.Bobur O’rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to’g’risida boy ma’lumot bergan. Xususan, “Boburnoma”da hindlarning etnografiysi, ilmu fani, san’at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida ( 1958-yil ) qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo so’zlagan nutqida: “ Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. O’zbekistondagi singari bizda ham “ Boburnoma “ g’oyat qadrlanadi.” Degani bejiz emas edi. Davrning juda ko’p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o’zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan “ Boburnoma “ Alisher Navoiyning “ Xamsa” siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, Boburnoma asari muallifi - Zahiriddin Muhammad Bobur mumtoz inson, tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatik, siymolardan biri bor yo’g’i qirq yetti yillik qisqa umri davomida jahon tarixidan shavkatli o’rin olib ulgurdi. Bobur Mirzo shoir, adib, adabiyotshunos, donishmand, faqih, tilshunos, tabiatshunos va boshqa ko’plab sohalarda yetuk bilimga ega shaxs sifatida izlangan va ma’lumotlar qoldirgan. “Boburnoma” nafaqat tarixiy manba, balki tarixiy, geografik va memuar asardir. Butun O’rta Sharqning o’rta asrlardagi ensklopedik ma’lumotlari jamlangan bebaho asardir. Turkiy til rivojining yorqin namunasi. Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiyati hamda u tuzgan davlat o’zbek davlatchiligi tarixida o’ziga xos katta bir bosqich bo’la olgani kabi, u yaratgan asar-tarixiy-adabiy manba Boburnoma ham yurtimiz tarixida va uni o’quvchilar hayotida shunday muhim o’ringa egadir. Bunga ko’plab tadqitotchilar va boburshunos olimlarning bildirgan fikrlari misol bo’la oladi. XV asrda Alisher Navoiy turkiy tilni nazmda yuksak cho’qqiga ko’targan bo’lsa, Bobur mirzo esa XVI asrda nasrda uni yuksak cho’qqiga olib chiqdi. “Boburnoma” nafaqat o’zbek xalqining ma’naviy mulki, balki butun turkiy xalqlar, forsiy xalqlar, hindlar, doriylar, pushtunlar, tojiklar tarixini o’zida aks ettirgan butun O’rta Sharq xalqlarining ma’naviy mulkidir. Uni o’rganish, ilmiy tahlil qilish esa har safar biz uchun tarixning,buyuk bobokalonimiz hayoyining yangi-yangi nuqtalarini ochib berishda davom etmoqda. Bobur, uning saltanati hamda Boburnoma haqida juda ko’plab tadqiqotlar olib borilgan va bugun ham bu ishlar davom etib kelmoqda. Buning asosiy sababi sifatida esa manbaning tarxiy ahamiyati kattaligi, undagi ma’lumotlar shaxsan muallif yashagan va o’z ko’zi bilan guvoh bo’lgan hodisalar va shaxslar, shu bilan birga tarixiy joylar haqida borishi, hatto o’ziga nisbatan do’stona aloqada bo’lmagan zamondosh mashxur tarixiy shaxslar haqida ham beg’araz va xolis fikr bildirilishi bilan belgilanadi.Bu belgilar esa manbaning tarixiy qiymatini yanada yuksaltiradi va uni o’rganishga, keng o’quvchlar ommasiga yetkazishga asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi. Download 197.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling