Kurs ishining dolzarbligi.Ehtimollar nazariyasini tuhunishning universal usuli ehtimollikning asosiy aksiomalarini berishdir.Bu aksiomalarni o’rgangan holda biz ehtimolliklar ustida amallar bajarishimiz, X tasodifiy miqdorning qaysi qanday qonun bo’yicha taqsimlanganligini bilishimiz mumkin.Shuni inobatga olgan holda mavzuning dolzarbligi kelib chiqadi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti va predmeti bu tasodifiy hodisa, ehtimollikning klassik, statistik, geometrik tarifi, asosiy aksiomalari haqida ma’lumotlar. Ulardan foydalanish jarayonida turli xil ta’rif, tushuncha va misollardan foydalaniladi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida sonli xarakteristika va uning tadbiqlari o’rganilib, ularga doir misollar tahlil qilinadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Tasodifiy hodisa tushunchasini o’rganish,
Hodisalar ustida amallarni o’rganish,
Ehtimollikning statistik ta’rifi,
Ehtimollikning klassik va geometrik ta’rifi,
Ehtimollikning asosiy aksiomalari,
Ehtimollikning xossalarini o’rganish.
Kurs ishining yangiligi va amaliy ahamiyati. Kurs ishi referativ-uslubiy xarakterga ega bo’lgani uchun ilmiy yangilik qilinmagan. Mavzuga oid bir nechta adabiyotlardan ma’lumotlarni to’plash tahlil qilish va misollarga tatbiq qilishdan iborat.
Kurs ishining uslubiyati.Kurs ishi nazariy xarakterga ega bo’lib, olingan natijalar boshqa adabiyotlar bilan taqqoslanib mavzuga oid misollarni yechishda sodda usullar keltirilgan.
I.BOB
TASODIFIY HODISALAR HAQIDA TUSHUNCHA
1.1 Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasi
Dastlab ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri “tasodifiy hodisa” tushunchasini keltiramiz. Natijasini oldindan aytib bo’lmaydigan tajriba o’tkazilayotgan bolsin. Bunday tajribalar ehtimollar nazariyasida tasodifiy hodisa deb ataladi.
Tasodifiy hodisa (yoki hodisa) deb, tasodifiy tajriba natijasida ro’yberishi oldindan aniq bo’lmagan hodisaga aytiladi.
Hodisalar, odatda, lotin alifbosining bosh harflari A, B, C, …lar bilan belgilanadi.
Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deyiladi va orqali belgilanadi.
Tajribaning natijasida ro’y berishi mumkin bo’lgan barcha elementarhodisalar to’plami elementar hodisalar fazosideyiladi va orqali belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |