Kurs ishi bajardi
Download 0.49 Mb.
|
OZODAXON EHTIMOL
2.1.1-Teorema. Birgalikda bo’lmagan ikkita hodisadan qaysinisi bo’lsa ham, birining ro’y berish ehtimoli shu hodisalar extimollarining yigindisiga teng:
P(A+B)=P(A) + P(B). Isboti. Quyidagicha belgilash kiritamiz: n-sinashning mumkin bo’lgan elementar natijalari jami soni; m1- A hodisaga qulaylik tug’diradigan natijalari jami soni; m2- B hodisaga qulaylik tug’diradigan natijalar soni. Yo A hodisa, yoki B hodisa ro’y berishiga qulaylik tug’diradigan natijalar soni m1+m2 ga teng. Demak, va ligini nazarda tutib, uzil-kesil munosabatni hosil qilamiz. Natija. Har ikkitasi birgalikda bo’lmagan bir nechta hodisalardan qaysinisi bo’lsa ham, birining ro’y berish extimoli shu hodisalar ehtimollari yig’indisiga teng: Isboti. Uchta hodisa: A, B va C ni qaraylik. Qaralayotgan hodisalarning har ikkitasi birgalikda bo’lmaganligini uchun uchta hodisa: A, B va C dan birining ro’y berishi A + B va C hodisalardan birining ro’y berishi bilan teng kuchli, shuning uchun yuqoridagi teoremaga asosan . Har ikkitasi birgalikda bo’lmagan ixtiyoriy sondagi hodisalar uchun isbot matematik induksiya metodi bilan o’tkaziladi. Ko’paytirish qoidasi: A va B xodisalarning ko’paytmasi deb, bu hodisalarning birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan AB hodisaga aytiladi. Masalan, agar yashikda 1- zavod va 2 - zavodda ishlab chiqarilgan detallar bo’lib, A-standart detall chiqishi, B - detall 1- zavodda ishlab chiqarilgan bo’lsa, u holda AB 1- zavodning standart detali chiqishi bo’ladi. Bir nechta xodisaning ko’paytmasi deb, bu hodisalarning birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. Masalan, ABC hodisa A, B va C hodisalarning birgalikda ro’y berishidan iborat. A va B hodisalar erkli bo’lib, ularning ehtimollari ma’lum bo’lsin. A va B xodisalarning birgalikda ro’y berish extimolini qanday topish mumkin? Bu savolga quyidagi ko’paytirish teoremasi javob beradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling