Kurs ishi fan


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana20.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1788941
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
O`yinning 2 - turi
O`yinning 2 – turi ikki farqlanayotgan tovush ustida o`tkaziladi (b-p, s-sh, r-l, a-o, dt 
va h.k). Masalan, q-g . Mazkur o`yinning 1-turi uchun zarur jihozlar qisman 
o`zgartiriladi. Jumladan, rasmlar ikki farqlanayotgan tovushga mos ravishda 
tayyorlanib, ularning yoniga kerakli harfni yozish uchun bo`sh katakcha qo`yiladi.


58
Tarbiyachi bolalarga o`yin shartini tushuntiradi:

Bolalar, 
rasmdagi 
qalamchalardan 
birini 
o`zingizga 
tanlang. 
Qalamchalaringizning chizgan rasmini aniqlashda ular qoldirgan izlar bizga yordam 
beradi. Ana shu izlardan yurib qalamchalaringiz rasmini aniqlaysiz va uni 
nomlaysiz. Bizga kerakli bo`lgan “g” yoki “q” tovushini ajratib, aniqlab, uni bo`sh 
katakchaga yozasiz. Agar siz shu vazifani to`g’ri bajarsangiz rasmni o`zingizga 
olasiz.
O`yin rasmlarni almashtirish orqali davom ettirilishi mumkin. O`yinning bu 
turida ham ko`p rasm yig’ib, topshiriqni to`g’ri bajargan bola g’olib sanaladi.
“Hayvonot bog’i” o`yini  
O`yin uchun “Hayvonot bog’i” deb atalgan maxsus jadval zarur bo`lib, 
jadvalda “qafaslar” to`rt qatorga (1, 2, 3, 4) joylashtiriladi (cho`ntaklar 
yopishtiriladi).
Bundan tashqari, o`yin uchun hayvonlarning rasmlari aks ettirilgan varaqlar 
(birinchi qator uchun: ot, it, qo`y, kit; ikkinchi qator uchun: bo`ri, ayiq, yo`lbars, 
tulki; uchinchi qator uchun: olmaxon, jirafa, kenguru, qo`zichoq; to`rtinchi qatorga: 
tipratikan, kaltakesak va h.k ) ham zarur bo`ladi. O`yin jadvalni doskaga osish va 
hayvonlarning rasmlari ifodalangan varaqlarni bolalarga tarqatish bilan boshlanadi. 
Tarbiyachi bolalarga hayvonat bog’iga keltirilgan hayvonlarni nomlab, ularni 
bo`g’inlarga ajratgan holda ma’lum qatorlardagi qafaslarga joylashtirish kerakligini 
tushuntiradi. Masalan, “ot” – bo`g’indan, demak uni birinchi qatordagi qafasga
“bo`ri”- ikki bo`g’inli, shuning uchun ikkinchi qatordagi qafasga joylashtiriladi va 
hakozo.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling