45
O`yinning qisqacha mazmuni: Logoped oldindan tayyorlab qo`yilgan
o`yinchog’ini
bittadan olib, uni bolalarga ko`rsatadi, ovoziga taqlid qiladi va
bolalardan bu qaysi hayvonning ovozi ekanligini so`raydi. Navbatdagi o`yinchoqni
bolalarga yashirgan joyidan olib ovozini qilib ko`rsatadi
va bolalardan
«Topinglarchi, hozir bizga qaysi (o`yinchoq) hayvon mehmon bo`lib keladi» deb
so`raydi. So`ngra logoped bir bolaga boshqa xonaga o`tib, eshigini qiya (bir oz)
ochib qo`ygan holda biron-bir hayvonning ovoziga taqlid qilishni aytadi,
boshqa
bolalar esa u qaysi hayvonning ovozi ekanligini topadilar. Metodik ko`rsatma.
O`yinni 5-6 marta takrorlash mumkin. Bolalarning diqqat bilan eshitishlarini
kuzatib turish kerak. Hamma bolalarni: savollar berib faollashtirish kerak.
Eshituv diqqatini rivojlantirish
Mavzu: Mustahkam eshituv diqqatini rivojlantirish.
Mashg’ulotning maksadi: Bolalarni narsaning jarangdorligiga qarab aniqlay
olishga urgatish.
Oldindan qilingan ish: Bolalar o`yinchoqlarni
ovoziga qarab bilib olishga
o`rganishgan.
Mashg’ulotga tayyorgarlik: Logoped musiqaviy o`yinchoqlardan: doyra,
garmoshka, buben, pianino va boshqalarni tanlab oladi.
«Men nimani chalyapman, top» o`yini
O`yinning qisqacha mazmuni: Logoped bolalarni musiqali o`yinchoqlar bilan
tanishtiradi. So`ngra bu o`yinchoqlarni parda orqasiga yashiradi. Parda (shirma)
orqasida turib, bironta musiqaviy o`yinchoqni chaladi va bolalardan qaysi musiqali
o`yinchoqni chalganini so`raydi. Kim uni to`g’ri topsa, shu bola parda orqasidan
musiqaviy o`yinchoqni olib, uni chaladi.
Metodik ko`rsatma: Bolalar tinchgina o`tirib, ohangni
diqqat bilan tinglashi
kerak. Bir mashg’ulotda to`rt xildan ko`p musiqali o`yinchoq bo`lmasligi kerak.
O`yinni 5-6 marta takrorlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: