Kurs ishi fan
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olib borilgan tadqiqotlar asosida biz quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik
Psixoterapiya duduqlanishni davolash ko`lamida muhim o`rin egallaydi.
Psixoterapiyaning asosiy vazifasi — duduqlanuvchining ruhini sog’lomlashtirishdan iborat bo`lib, u 1) mukammal shaxsni kamol toptirish; 2) o`z nuqsoni va sosial muhitga nisbatan sog’lom qarashlarni tarbiyalash; 3) kichik sosial muhitga ta’sir ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy psixoterapiyada so`z orqali ta’sir etishning ikkita asosiy turi bor: 1) okilona (Dyubua bo`yicha) yoki tushuntiruvchi (V. M. Bexterev bo`yicha) psixoterapiya; 2) suggestiv terapiya, bunda bedor xolida, 75 uyquda ishontirish (gipnoz) ni va o`z-o`zini ishontirish (autogen mashqi) ni ajratib ko`rsatiladi. Bundan tashqari ota –onalar bilan ishlash, mustag’kam aloqa o`rnatish, logoped tomonidan berilgan topshiriqlarni uyda takrorlanishiga e’tibor qaratish ishlari ham to`g’ri tashkillashtirilishi kerak. Logoped ish faoliyatida didaktik o`yinlar, harakatli o`yinlar, so`z o`yinlaridan unumli foydalanish, xalq og’zaki ijodi namunalarini ish faoliyatimizda unumli qo`llash ham bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida biz quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik: 1. Bolalarda uchrayligan nutq kamchiliklari ustida ishlash jarayonida nutq buzilishlarining diagnostikasi metodlarini ishlab chiqishi muxum ekan. Shuning uchun ta`lim-tarbiya soxasida faoliyat olib borayotgan barcha shaxslar bolalar ta’lim - tarbiyasiga o`z hissalarini qo`shsalar barkomol avlaod taraqqiyotiga hissa qoshgan bo`lar edilar. 2. Nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmlari va tuzilishi, alomatlarini aniqlash, bu masala yuzasidan ota – onalar bilan tushuntirish ishlari olib borilsa foydali natijalar beradi. 3. Nutq buzilishini bartaraf etish prinsiplari, differensiyalashgan metodlarini va vositalarini ishlab chiqish, nutq buzilishlarini oldini olish metodlarini takomillashtirish va aholiga logopedik yordamni to`g’ri tashkillashtirish yuzasidan yordamni tashkil etish muxum va shart. Defektolog – logopedlarning metodik maxorati oshirilsa, yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirilsa aholi o`rtasida uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf qilishda katta yutuqqa erishiladi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak nutq kamchiliklarini bartaraf etishda qulay va samarali usullardan foydalanishning axamiyati katta ekan. Biz bo`lg’usi defektolog – logopedlar sifatida hamda barkamol avlod tarbiyachisi sifatida buni yaxshi bilmog’imiz va tarbiyaviy ish jarayonini va o`qitishni shu asosda tashkil etishni o`rganmog’miz lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling