Kurs ishi fan


Shpatel yordamida “K” tovushini nutqqa kiritish usuli


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/43
Sana20.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1788941
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Shpatel yordamida “K” tovushini nutqqa kiritish usuli
Bunda til orqa tomonga surilgan sari “ka-ka-ka” bo`g’ini eshitiladi. “K” 
tovushi artikulyatsiyasi aniq hosil bo`lgandan so`ng mexanik vositalar yordamisiz 
“K” tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo`g’in, so`z, gaplar va she’rlar 
ayttirish yordamida mustahkamlab boriladi. “K” tovushining aniq va to`g’ri talaffuzi 
hosil bo`lganidan so`ng “K” tovushi ishtirok etgan bo`g’inlar talaffuz ettiriladi.
“K” tovushi ishtirok etgan so`zlarni to`g’ri talaffuz etishga o`rgatish
Kir karam kamalak  
Ko`z ko-la ka-ma-lak
Ko`r ko`rik kapalak
ka-pa-lak  
 
Ko`za, kurtka, karam, maktab, choynak, kurtak, kapkir, ipak, kuchuk va hokazo.
Quyidagi savollarga javob bering:  


78
1. Qaysi qizning ismida “K” tovushi bor?
2. Qaysi parrandaning nomida “K” tovushi bor?    
3. Qaysi hayvon nomida “K” tovushi bor?
4. Qaysi idishning nomida “K” tovushi bor?
5. Qaysi kiyimning nomida “K” tovushi bor?
6. Qaysi sabzavotning nomida “K” tovushi bor? Tikuvchi nima tikadi?
Darsga kirish uchun nima chalinadi?
Un nimada elanadi?
Tez aytish  
Ariq labida besh terak,
Besh terakka suv kerak.
To`p-to`p ko`k koptok, Har 
to`p ko`k koptokda
Bittadan katta ko`k koptok.
“K” tovushi ishtirok etgan gaplarni to`g’ri takrorlash orqali mustahkamlash  
Kungaboqar ajoyib o`simlik.
Kunga boqar quyosh harakati bo`ylab harakat qiladi. Shuning uchun uni 
kungaboqar, kungaboqar, kun bo`lmasa kimga boqar, deyishadi.
“Nima qanday qichqiradi?”  
degan
hikoya orqali “K” tovushining to`g’ri talaffuzini aniqlash.
Bu
mashg’ulotning maqsadi – tovushlarga taqlid qilish orqali “K” tovushini aniq va 
to`g’ri talaffuz etish.
Mashg’ulotga ovoz chiqaradigan o`yinchoqlarni (tovuq, xo`roz, kakku, qurbaqa) 
va boshqa o`yinchoqlar tayyorlab qo`yiladi. Bunda bolalarga qarata shunday 
deyiladi.


79
Bolalar, esingizdami, biz sizlar bilan hayvonot bog’iga sayrga borgan edik. Yo`lda 
borayotganimizda, katta poliz yonidan chiqib qoldik. Sizlar chumchuqlarni qanday 
haydab yuborgan edingizlar? (“Kish-kish”).
Biz hayvonot bog’iga etib bordik. U er juda ham chiroyli edi. Birdaniga kakku 
sayray boshladi: “Ku-ku, ku-ku, ku-ku”.
Kakku qanday sayraydi? (“Ku-ku, ku-ku, ku-ku”).
Biz hayvonot bog’ida uy va yovvoyi hayvonlar bilan tanishdik. Qaytishda anhor 
bo`yidan o`tdik u erda qurbaqaning “kva-kva-kva” degan ovozini eshitdik.
Qurbaqa qanday qurillar ekan? (“Kva-kva ”).
So`ngra bolalardan predmetli rasmlar orasidan kakku va qurbaqa rasmini topib 
ko`rsatishlari so`raladi.
Shuni unutmaslik lozimki, agar bog’cha yoshdagi bola bilan 1-2 yil muntazam 
ravishda individual va frontal (chuqur) ish olib borilsa, ammo uning nutqida hech 
qanday o`zgarish bo`lmasa, tovushlarni noto`g’ri talaffuz etsa, unda buning 
sabablarini aniqlash uchun logoped (mutaxassis)ga murojaat etish lozim.
 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling