Kurs ishi ilmiy rahbar: Farg‘ona -2023 reja: Kirish I bob. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni psixologik-pedagogik tashxis qilish vazifalari


Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarini psixologik-pedagogik o‘rganish metodlari


Download 113 Kb.
bet9/13
Sana23.01.2023
Hajmi113 Kb.
#1112795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalarda nutq buzilishining xususiyatlari, psixologik yordam ko\'rsatish yo\'nalishlari

1.2.Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarini psixologik-pedagogik o‘rganish metodlari

Bolalarning xujjatlarini o'rganish. Bolani TPPKda tekshirishdan o'tkazish odatda xujjatlarni (tibbiy karta, tafsifnoma) va faoliyat nishonalarini (daftar, rasmlar va h.q.) o'rganishdan boshlanadi.Vrach-nevropotolog komissiya a’zolarini tibbiy xujjatlar: anamnez, otolaringolog, oftalmolog, pediatr xulasalari, laboratoriya ma’lumotlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi; diqqatni boladagi aqliy rivojlanishdagi, eshitishda yoki ko'rishdagi va h.q. nuqsonlarga qaratadi. Bu holatlarda defektolog oldindan tekshirish uchun tegishli material tayyorlab qo'yishi mumkin.O 'z navbatida defektolog, pedagogik hujjatlar bilan tanishib, komissiya a’zolariga bola bilan aloqa o'rnatishda va tekshirish jarayonida e’tibor qaratilishi kerak bo'lgan muhim xususiyatlar to'g'risida ma’lumot beradi. Masalan, agar bolaga berilgan tavsifnomada o'quv dasturi o'zlashtirish bo'yicha ko'zga ko'rinadigan kamchiliklar ifoda etilgan bo'lsa, tekshirishni osonidan boshlab, o'yin asosidagi vazifalarni yechish sifatida o'tkazish maqsadga muvofiq.


Agar bola maktabda o'qisa, uning daftarlarini diqqat bilan taxlil qilish kerak. Daftarning tashqi ko'rinishi bolaning pokizaligi, maktab talablarini tushunishi, o'qish jarayoniga qiziqishi to'g‘risida sifatlarga guvoh bo'ladi. Yozma ishlarni bajarish xarakteri boladagi kamchiliklarga guvoh bo'ladi; bu o 'z navbatida ularning sabablari to'g'risidagi savollarni uyg'otadi. Yozuvning buzilishiga ham motorikaning buzilishi, ham fazoviy mo'ljal olishdagi kamchiliklar, va oddiygina qo'yilgan talabni tushunmaslik va h.q.lar sabab bo'ladi Yozishdagi xatoliklar (harflarni joyini almashtirib qo'yish, tashlab ketish, so'zlami oxirgacha yozmaslik va h.q.) ham turli sabablarga ega. Bola bu qiyinchiliklarni qanday qilib yenggan, o'qituvchi tomonidan qanday yordam va qaysi miqdorda ko'rsatilganliklami kuzatib borish muximdir. Daftarni birinchi va oxirgi to'ldishlariga nazar tashlab, bola rivojlanishining dinamikasini o'rnatib olish mumkin. Bola haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni u chizgan rasmlardan ko'rish mumkin. Ba’zilarda aynan chizilgan rasm u yoki bu psixik nuqson haqida signal beradi.
Hujjatlarning barcha ma’lumotlari chuqur o'rganilibgina, bevosita bolani tekshirish boshlanadi.
Esda tutish zarur, umumiy psixologiyaning individual-tipologik, shaxsiy -faolliy,tizimli-tashkiliy yondashishlar, bola ishini sifat-miqdoriy baxolash to'g‘risidagi nizomlari oligofrenopsixologiyada ham rivojlanishida turli nuqsoni bo‘lgan bolalarni o'rganishda juda muhim ahamiyatga ega.
Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'rganib, shuni esda tutish lozimki, asosiy narsa - bu biologik sabablar orqali yuzaga kelgan dastlabki nuqsonlar bilan dastlabki nuqsondan kelib chiqqan ikkilamchi, uchlamchi va h.q. nuqsonlar va bola ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar o'rtasida chegara chizishdir. Yuqori darajadagi nuqsonlar qatoriga (ikkilamchi, uchlamchi) L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalarning va xulqning rivojlanmay qolganligini kiritgan. Birlamchi va yuqori darajadagi nuqsonlarning nisbatini, hamda ularning ifoda topgan darajalarini solishtirish juda muhimdir. Bilish faoliyati va shaxsni rivojlanishiga ta’sir etuvchi salbiy nuqsonlarni aniqlash darkor.
Psixologik tekshirish suhbatdan boshlanadi. Suhbat bola bilan hissiy aloqa o'rnatishga, unda taqlid qilinayotgan ishga to'g'ri munosabat o‘rnatishga qaratiladi.Bo'shang, qat’iyatsiz, qo'rqoq bolalarni tetiklashtirish, maqtash, qo'zg'aluvchan bolalarga nisbatan qattiqqo'l, talabchan bo'lish lozim.Suhbat mazmuni bolaning atrof haqidagi tasawurlarining xususiyatlarini aniqlashga qaratilishi kerak. Suhbatda bolaning qiziqishlari, uning sevimli mashg'ulotlari va o'yinlariga berilishi zarur.
Suhbat jonli va erkin kechishi lozim. Suhbatni oddiy savollardan boshlash maqsadga muvofiq. Agarda bola savollarga javob berishdan bosh tortsa, unga birorta rasmni yoki o'yinchoqni ко'rib chiqishni taklif etish mumkin va asta-sekin bola bilan kontakt o ‘rnatib suhbatni kerakli tomonga yo'naltiriladi.
Quyida bolaga beriladigan savollar keltirilgan.
1. Bolaning o‘zi va uning oilasiga taalluqli savollar. Sening isming nima? Yoshing nechada? Onangning ismi nima? Otangning ismi nima? Oilingizda kimlar bor? Oilangizda necha kishi bor? Otang va onang qayerda va kim bo'lib ishlaydilar?
2. Bolaning vaqt va fazoviy tasawurlarini aniqlashga yordam beradigan savollar. Sen qayerda yashaysan? Sen qaysi shaharda yashaysan? Sen qaysi qishloqda yashaysan? Sizning uyingizda nechta xona bor? Sizning uyingizda nechta etaj bor? Sen nechanchi qavatda yashaysan? Sizlardan yuqorida nechta qavat bor? Qanday yil fasllarini bilasan? Hozir qaysi fasl?
Yoz faslidagi oylarni aytib ber. Bir yilda nechta oy bor? Sutka nima? Bir sutkada necha soat bor? Bir soatda necha minut bor?
3. Bolaning dunyoqarashiga yordam beradigan savollar. Bizning mamlakatimizni nomi nima? Sen qanday shaharlarni nomini bilasan? Bizning respublikamizda qanday bayramlar nishonlanadi (bahorda, yozda, kuzda, qishda)? Qanday hayvonlarni bilasan? Ular nima bilan oziqlanadilar? Sen qanday qushlarni bilasan? Ularning qaysilari qishda boshqa issiq o'lkalarga uchib ketadilar? Qaysilari o'lkamizda qishlab qoladilar? Sen yaqinda qaysi kitobni o'qiding? 0 ‘qiganlaringdan nimalar esingda qoldi? Sen yaqinda qaysi filmni ko'rding? U senga nimasi bilan yoqdi?
4. Bolaning qiziqishlariga, o‘yinlariga doir savollar. Sen nima bilan shug'ullanishni yaxshi ko'rasan (kitob o‘qish, o'ynash, teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish va h.k.)? Sen qanday o'yinlarni yoqtirasan? Uyingda qanday o'yinchoqlar bor? Eng yoqimli o'yinchog'ing (o'yin) qaysi? Sen kim bilan o'ynashni yaxshi ko'rasan? Televizorda qaysi ko‘rsatuvlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rasan? Uy ishlariga yordam berasanmi? Sen nima qilishni bilasan? Senga maktabda o'qish yoqadimi?
Suhbat bola xulqining kuzatish ma’lumotlari bilan birgalikda u haqida dastlabki ma’lumotlarni beradi. Вular asosida tekshiruvchi bolaga tekshirishni qanday darajada murakkablikdagi topshiriqlardan boshlash lozimligini aniqlab olishga yordam beradi.
Suhbatni tugatib, eksperimental-psixologik tekshirishga asta-sekin o ‘tish lozim. Bolaga «Endi mening ba’zi topshiriqlarimni bajarasan» yoki yanada soddaroq tarzda:«Qara, menda qanday rasmlar bor (o'yin, shakllar)» deyiladi. Eksperimental-psixologik tekshirishni o'tkazishda bolaning ishga bo'lgan munosabati, qiziqishi borligi yoki yo'qligi, maqtov yoki tanbehga reaksiyasi va hokazolarga e’tibor beriladi. Bu kuzatishlar bola faoliyatini tuzilishini tahlil qilish, patologik xususiyatlarni ochishga imkon yaratadi.

Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling