Kurs ishi ilmiy rahbar: Farg‘ona -2023 reja: Kirish I bob. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni psixologik-pedagogik tashxis qilish vazifalari


Download 113 Kb.
bet12/13
Sana23.01.2023
Hajmi113 Kb.
#1112795
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalarda nutq buzilishining xususiyatlari, psixologik yordam ko\'rsatish yo\'nalishlari

Tavsiyalar
Men shu sohada faoliyat olib borayotgan pedagoglar,psixologlar, tarbiyachilar,logapedlar hamda ota-onalarga shuni tavsiya qila olamanki, bu soha juda mas`ulyatli bo`lganligi uchun, biz juda ko`p tajribalar va bilimlarni o`zlashtirishga xarakat qilishimiz kerak. Bu soha vakillari bo`lgan keksa yoshdagi ilmlilarimizni tajribalarini katta tezlik bilan o`zimizga olishimiz kerak, chunki bu sohada vaholanki barcha sohada ham yangilik, kashfiyot qilmoqchi bo`lsangiz o`zingizdan avvalgi ilmlarni puxta bilishingiz talab etiladi.
Nutqida nuqsoni bo'lgan hamda aqli zaif bolalarning diqqati ixtiyorsiz, tarqoq bo‘lganligi sababli mashg‘ulot vaqtida bolalarning ko‘zi ostida faqatgina ushbu mashg‘ulot uchun lozim bo‘lgan predmetlargina bo‘lishi lozim. Ortiqchalari ularning diqqatini tarqatadi. Eng yaxshisi, bolalarning diqqati 1-2 tagina predmetlarga qaratilishi lozim. Shuni aytib o‘tish kerakki, Ushbu predmetlar yirik, rangli bo‘lishi talab etiladi.
O‘qitishning 1- yilida ko‘rgazma materiali sifatida rasmlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki nutqida nuqsoni bo'lgan aqli zaif bolalar ko‘pincha predmetlarni tasvirda taniy olmaydilar, ayniqsa qanday harakatlar tasvirlanganligini tushunmaydilar, rasmdagi yuz ifodasini va ishoralarni esa umuman tushunmaydilar. Nutqida nuqsoni bo'lgan aqli zaif bolalarni o‘qitishdagi dastlabki davrda amaliy metodlardan foydalanish bolalarning faoliyatini va bolalar tajribasini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Amaliy metodlarni qo‘llashning namunasi sifatida yuqorida yoritib o‘tilgan «katta kichiklik” haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni keltirish mumkin. Ta’limning tashkil qilishda bolaga ijtimoiy tajribani berish usullarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Bunday usullar, og‘zaki tasvirlash yoki so‘z ko‘rsatmasi, ko‘rsatish (taqlid) namuna, ishorali ko‘rsatma, bolani katta odam bilan birgalikdagi harakatlaridir. Bolaga ijtimoiy tajribani o‘rgatish usullari o‘rtasidagi munosabatlar faol bo‘lib, ular doimo bir – birini o‘rnini olib turishi lozim. Masalan, namuna bo‘yicha harakat qila oladigan bolani taqlid qilishda, mustaqil harakat qila oladigan bolani namunada ushlab o‘tirish kerak emas. Shu bilan birga bola harakatni so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha bajara olmasa namuna bo‘yicha, zarur bo‘lganda, taqlid qilishga o‘tish mumkin va hokazo.
Aqliy rivojlanishida hamda nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarni ishlash va tarbiyalash bo'yicha ota-onalar va pedagoglar uchun tavsiyalar.
1.Ota-onalar va pedagoglar uchun tavsiyalar sifatida musiqiy folklordan foydalanishni tavsiya etish mumkin. Musiqiy folklor hissiy buzilishlarni tuzatish vositasi sifatida qaraladi, ijtimoiy reabilitatsiyaga hissa qo'shadi, aqliy rivojlanishida hamda nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning sog'lom muhit bilan hissiy o'zaro ta'sirini yanada ochiq va oshkor qilish, psixikaning kompensatsion imkoniyatlarini yangilash uchun sharoit yaratish uchun mo'ljallangan, u affektiv tarkibiy qismlari bilan bog'liq.
2.Aqliy rivojlanishida hamda nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan og’rigan bolalarda tajribada aniqlangan o'ziga xos hissiy buzilishlarga muvofiq, shakllantiruvchi eksperimentning maqsadi aniqlandi: musiqiy folklor yordamida ushbu toifadagi bolalarda xatti-harakatlardagi hissiy buzilishlarni tuzatish va rivojlantirish dasturini yaratish mumkin.


Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling