Kurs ishi ilmiy rahbar: Professor S. Evatov farg’ona – 2021 nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari mundarija: kirish
BOB. NOMAQBUL OILALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Download 105.51 Kb.
|
NOMAQBUL OILALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
BOB. NOMAQBUL OILALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
1.1.Dunyo miqyosida inson, oila, xalq ma’naviyatini asrab-avaylash tobora dolzarblashib borayotgan davr Dunyo miqyosida inson, oila, xalq ma’naviyatini asrab-avaylash tobora dolzarblashib borayotgan davrda, yurtimizda bu boradagi siyosiy yo‘nalish xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Uning targ‘ib-tashviqotidagi asosiy vosita – matbaachiligimiz xalqaro miqyosdagi turli tanlovlar, ko‘rgazmalarda ishtirok etib, jahon standartlariga tenglashib bormoqda. Respublikamizda, bugungi kunda, matbaa va noshirlik faoliyati bilan shug‘ulanuvchi tashkilotlar safida salkam bir asrlik tarix va tajribaga ega “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi alohida o‘rin tutadi. Korxonada chop etilayotgan yetmishdan ortiq gazeta, yigirmadan ziyod jurnallar, boshqa bosma mahsulotlar o‘zining g‘oyaviy-badiiy pishiqligi, yuksak poligrafiya ijrosi bilan ajralib turadi. Faoliyatimiz mazmun-mohiyatining o‘zi faxrli bo‘lish bilan birga, katta mas’uliyatni talab qiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari aholining moddiy ehtiyojini qondirishi yoki hordiq chiqarishiga emas, bevosita ma’naviyatiga, tafakkuriga ta’sir etishi, uni ma’lum yo‘nalishga burishga xizmat qilishining o‘zi, mas’uliyatning nechog‘liq qamrovga ega ekanligini bildiradi. Darslikliklardan tortib, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy, badiiy adabiyotlarning har biri, avvalo, mazmun jihatdan saralanishi, sinchkov tahlildan o‘tkazilishi lozim. Bu borada, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, uning kengashlari bilan izchil faoliyat yo‘lga qo‘yilganligini ham ta’kidlab o‘tmoqchi edim. Chunki nashriyotimizda davlat buyurtmalari, darsliklardan tashqari har yili ikki yuzga yaqin nomda turli yo‘nalish, sohaga taalluqli kitoblar ham chop etiladi. Ularning aksariyati badiiy ijod namunalaridir. Chop etilayotgan adabiy asarlar o‘z janr xususiyatlariga ko‘ra, Uyushmaning tegishli kengashlarida o‘qib, muhokama qilinadi. Xolis taqriz, tavsiyalar olingach, keyin nashr qilinadi. Shu o‘rinda, hozirgi kengashlarning faolligi, ishchanligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Kitoblarning uyushmada taqdimot marosimlarini o‘tkazish ham izchil va amaliy tus olganligi e’tiborga molik. Chunki bu yangi kitobning targ‘ibotiga, oxir-oqibat uning o‘quvchiga tezroq yetib borishiga, savdosiga ham yaxshi ma’noda ta’sir qiladi. Shu o‘rinda, alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ahil oila sifatida e’tirof etilgan yurtimizda, xususan, “Sharq” nashriyotida darsliklar yettita qardosh tilda chop etiladi. Chetdan qaraganda, bu unchalik murakkabdek tuyulmas, ammo uning tayyorlanish jarayoni ham, ma’naviy, xuquqiy asoslari xam juda chuqur. Buni alohida ta’kidlashimizning boisi shuki, ayrim qo‘shni hududlarda, o‘zbek o‘quvchilari uchun darsliklar chop etilmay, sinflar yopib qo‘yilayotgan bir paytda, bizda yettita qardosh tilda maktablar va ularga darsliklar chop etilishi mamlakatimizdagi barcha millatlarga ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rlikning yaqqol namunasidir. Yil sayin jahon standartlari asosida jihozlanib, shu saviyada matbaa mahsulotlari chop etayotgan korxonaning nufuzi bilan bir qatorda, ish ko‘lami, yutuq va muammolari xam bor. Gap o‘zi badiiy asarlarning, ma’naviyat uchun xizmat qiladigan kitoblarning savdosiga taqalgan ekan, shu xususda ham ayrim mulohazalarni bildirib o‘tmoq joiz. Respublikamizdagi yetakchi nashriyotlarda yaxshi asarlar chop etilmoqda, boringki, ularning ayrimlari haqida tanqidiy fikrlar ham bo‘lishi mumkin. Va, bu tabiiy hol. Lekin, aksariyat, yuksak badiiy saviyadagi kitoblar nashr qilinmoqda. Endi, yaxshi kitob tezroq o‘quvchisini topsa, yaxshi-da. Nashriyotlarning iqtisodi shunga qarab rivojlanadi, umuman, faoliyatining mazmun-mohiyati shu asosga qurilgan. Xuddi shu o‘rinda, qiyinchilik borligini yashirmaslik kerak. Sabab – kitob savdosi ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yilmagan. Kitobning gazetadan farqi – unga obuna bo‘linmaydi (aslida, buni ham joriy etsa bo‘ladi), pochtalonlar uyga olib kelib bermaydi. Hozircha, yagona yo‘l – kitob do‘konlari orqaligina kitob xarid qilish mumkin. Endi o‘ylab ko‘ring, yurtimizda nechta bunday do‘kon bor? “Sharq ziyokori” kitoblar majmuining viloyat markazlaridagina shoxobchalari bor, xolos. Xo‘sh, tumanlardagi kitobxon, qishloqlardagi kitobsevar viloyatlar markaziga borib kitob sotib oladimi? Hali-hanuz butun boshli bir tumanda bitta ham kitob do‘koni yo‘q hududlar bor. Joylardagi hokimlar, ma’naviyat-ma’rifat targ‘ibotchilari nega bu masalaga e’tibor qilishmaydi? Amaldagi kitob savdo tizimi bu jarayondan chetda turgani kishini o‘ylantiradi. Kitob do‘konlarini faqat nashriyotlar o‘zi ochib, o‘zi sotishi qiyin jarayon. Bu boradagi tegishli tashkilotlar, xalq maorifi bo‘limlari bu ishga bosh qo‘shishi kerak. Qolaversa, homiylar, tadbirkorlar, faqat to‘yxona, kafe ochmasdan har tumanda ikki-uchta kitob do‘konlari ochsalar yaxshi bo‘lardi. Bunga esa, joylardagi hokimliklar bosh-qosh bo‘lishi lozim. Bu xayrli tadbir, savobli, ma’naviy jarayondan Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limlari ham chetda qolmasligi kerak. Bo‘limlar qoshida savdo shoxobchalarini ochish, o‘ylab ko‘rishga arziydigan masala. Jumladan, Farg‘ona viloyat Yozuvchilar bo‘limida, bu borada, yaxshigina tajriba bor. Insonning ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyoji hech qachon so‘nmaydi. Uning targ‘iboti turli vositalarda amalga oshirilishi mumkin, biroq, kitobning azaliy o‘rni borki, boshqa vositalar buni bosolmaydi. Badiiy, ilmiy-ommabop asarlarning elektron shakllari ko‘payib borgani bilan, ular kitob vazifasini bajara olmasligini kundalik hayot ko‘rsatib turibdi. Bog‘cha, maktablardan tortib, tizimli ta’lim muassasalarining barchasida kitob birinchi galdagi vosita quroli bo‘lib qolmoqda. Kitob shaklida chop etilgan badiiy yoki ilmiy-ommabop asarlarga, darsliklarga Internetdagi kabi hech kim o‘zgartirish kiritolmaydi. Qolaversa, har qanday kitobni, jumladan, jahon adabiyotining o‘lmas durdona asarlarini kitob shaklida saqlash va foydalanish qulay, ishonchli. Texnik vositalardagi kabi ulardagi yozuvlar, tasmalar, suratlar va hokazolar turli sabablar bilan o‘chib ketmaydi yoki tezda yaroqsiz holatga tushmaydi. Qolaversa, elektron shakldagi adabiyot vositasi bilan kitobni qo‘lga olgandagi taassurot, hissiyot, yana juda ko‘p afzalliklar yaqqol sezilib turadi. Zamon taraqqiyoti bilan adabiyotlarni targ‘ib qilish, aholiga yetkazib berishning yanada yangi shakllari ko‘payishi ham mumkindir, biroq, kitobning o‘rni, yuksak vazifasi saqlanib qolaveradi. Mamlakatimizda, bugungi kunda, noshirlik va matbaa sohasi deyarli hamma yo‘nalishlarni qamrab olgan. Siyosat, ijtimoiy-madaniy hayot, san’at, ta’lim va inson ma’naviyati, tafakkur olami bilan bog‘liq boshqa ko‘plab sohalar ham uning vositasida xalqqa yetkaziladi. Katta ahil oilani tashkil etuvchi mustaqil, mustahkam yurtimizning ravnaqi, xalqimizning ma’naviyati yuksalishiga sobitlik bilan xizmat qilaveradi. Bu yuksalish dunyo uzra bo‘y ko‘rsatib, umuminsoniy tinchlikka hamohang bo‘lishi, shubhasiz. Milliy ma’naviyatimiz tarixida axloq ilmiga oid yaratilgan asarlar va ularning mazmun-mundarijasi, Sharq mutafakkirlari ijodiy faoliyatida axloq va axloqiy tarbiya masalalari, ijtimoiy hayotning ma’naviy-axloqiy negizlari xususidagi qarashlarini ilmiy-nazariy tahlil qilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib ko‘rsatish; Axloqiy fazilatlar va ma’naviy kamolot omillarini tadqiq etishda o‘tmish allomalarimizning xizmatlarini anglab etish va ular erishgan yutuqlarning bugungi kun uchun ahamiyatini, ma’naviy meros namunalaridan jamiyatning ma’naviy-axloqiy negizlarini shakllan-tirishda to‘g’ri foydalanishni o‘rganish; Ma’naviyat, madaniyat va axloqning o‘zaro nisbatlari, axloq va uning fuqarolik jamiyatining shakllanishi va taraqqiyotidagi ahamiyati, ma’naviyat va axloq sohalarining o‘zaro umumiy va farqli jihatlari, ularning ilmiy-qiyosiy ta’riflanishi, shaxs ma’naviyatining asosiy jihatlari va etakchi axloqiy fazilatlar, bosh ma’naviy qadriyatlarning shaxs axloqida o‘ziga xos akslanishi kabi masalalarni batafsil tahlil etish; Download 105.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling