Kurs ishi ilmiy rahbar: Professor S. Evatov farg’ona – 2021 nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari mundarija: kirish


Download 105.51 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi105.51 Kb.
#1476038
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NOMAQBUL OILALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI


O’ZBEKISTONRESPUBLIKASI
OLIYVAO’RTAMAXSUSTA’LIMVAZIRLIGI
FARG’ONADAVLATUNIVERSITETI

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYAFAKULTETI


PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYAYO’NALISHI


19.24-guruhtalabasiSobirovaMuqaddasning


“Nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari”


Mavzusidagi




KURS ISHI

Ilmiy rahbar: Professor S. Evatov


FARG’ONA – 2021


NOMAQBUL OILALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Mundarija:
KIRISH
I.BOB. NOMAQBUL OILALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
1.1.Dunyo miqyosida inson, oila, xalq ma’naviyatini asrab-avaylash tobora dolzarblashib borayotgan davr
1.2 Oilada axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari
II. BOB.OILANING UZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
2.1.Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyetini jadallashtirish sharoitida inson omilini vujudga keltirish
2.2.Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi
Xulosa
Adabiyotlar.
Kirish
Insoniyat tarixidagi jamiki moddiy va ma’naviy omillar uning tafakkuri ila bunyod etiladi va sodir bo‘ladi. Alisher Navoiy: “Ki har ishniki qildi odamizod, tafakkur birla bildi odamizod”, deya ta’kidlab o‘tgan edi. Bunda, alloma “odamizod”ning barcha yaxshi-yomon amallari, uning tafakkuri mahsuli ekanligiga ishora qiladi.
Insoniyat tafakkuri, ma’naviyati esa, dastlab, xalq og‘zaki ijodi tarzida, so‘ng, yozma shaklda hamma zamonlarda targ‘ib-tashviq qilingan. Zero, uning tinchligi, farovonligi, avvalo, ma’naviyatining, tafakkurining bo‘yiga qarab belgilangan. Shu ma’noda: shaxs, oila, demakki, mamlakat ma’naviyati va uni yuksaltirish vositalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Oila, dastlab, ikki shaxsdan barpo bo‘ladi, so‘ng esa, irmoqlar yig‘ilib daryoni tashkil qilgani kabi, ular ham bir yurtni, dunyoni tashkil etadi.
Vatan, el-yurt ravnaqi, umuminsoniy birodarlik, bashariy tinchlikni saqlab qolish sirasi insoniyat tarixining azaliy dolzarb masalasi bo‘lib kelgan. Bugun atom asri, axborot asri, deb ta’riflanayotgan zamonda, u tom ma’noda, o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etdi. Bu muammoni hal etishning boshlang‘ich vazifalaridan biri sifatida esa, oila mustahkamligi tarzi yana butun dunyo hamjamiyati e’tiborida.
Chunki, oila mustahkamligi bir xonadonning, bir yurtninggina emas, umuminsoniyatning katta siyosatiga aylanib bo‘ldi. Har bir mamlakatning o‘zi – tinchlikni saqlab qolishga, farovonlikka erishishga intilayotgan katta oila. Mavzuga falsafiy nuqtai nazardan yondoshadigan bo‘lsak, bashariyatning tinchligi, davomiyligi oiladan boshlanishini dunyo olimlari qayta-qayta ta’kidlab o‘tmoqda. Oilaning muqaddas vazifasi esa – avlodlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan keyingi avlodi bilan bog‘lash ekanligi bugungi gap emas. Hamma millat, davlatlar zimmasidagi bu sharafli vazifani bajarish ma’naviyat, ma’rifat mavzusiga borib taqaladi.
Bugungi yosh oilalarning mustahkamligiga e’tibor, ertaga jamiyatning mustahkamligiga e’tibordir. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2012 yilning “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi ham mana shu jarayonga, shubhasiz, bebaho, ulkan omil bo‘ldi.
Oilaning muqqaddas qo‘rg‘on ekanligi, uning shaxs kamolati, xayotidagi o‘rni beqiyos ekanligini hayotiy misollarda ko‘p uchratish, ko‘rish mumkin.
Bir hamkasbimizni yaqinda nafaqaga kuzatdik. U shukrona ko‘zyoshi bilan, oilaga davlat tomonidan berilayotgan katta e’tibor haqida gapirib: “Qani endi yosh bo‘lib qolsag-u, kennoyinglar bilan qaytadan turmush qursak. Qanchalik imkoniyat, g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotibdi. Biz o‘sha davrda uzoq vaqt – to‘rt bolalik bo‘lguncha ham qozon-tovog‘imiz but bo‘lmagandi, stol-stullarimiz yo‘q edi. Hozirgi yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, imtiyozlar, kreditlarni u zamonlarda, hatto orzu qilib ham bo‘lmasdi”, degani hammani to‘lqinlantirib yubordi.
Ma’naviyat va ma’rifatsiz oilaviy farovonlik ham, taraqqiyot yo‘li ham boshqa o‘zanga burilib ketishini tarixda ko‘p misollarda ko‘rish mumkin. Insoniyat ilm-fanda, texnika, iqtisod, tibbiyot kabi eng muhim sohalarda qanchalik taraqqiyotga erishmasin, olamshumul kashfiyotlarni qo‘lga kiritmasin, ulardan qanday maqsadlarda foydalanish ham hushyorlikka undaydigan masala. Kimyogar va sanoatchi Alfred Bernxard ilk bor (1866 yil) dinamit va boshqa portlovchi moddalarni kashf etgach, keyinchalik, undan qanday yomon maqsadlarda foydalanish mumkinligini o‘ylab, afsus chekkan. Uning ilm-fandagi kashfiyotlar uchun o‘z nomida xalqaro Nobel mukofotiga asos solishiga ham (1901 yil) ma’lum ma’noda taassufi sabab bo‘lgandir. O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning “Inson” qasidasida shunday satrlar bor:
Insoniyat o‘z farovonligi, tinchligi uchun xizmat qiladigan yangilik, kashfiyotlarni faqat ezgu maqsadlarga yo‘naltirishida uning ma’naviyati, tafakkuri masalasi so‘zsiz birinchi o‘rinda turadi. Albatta, inson barkamolligi esa o‘lmas milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, dunyoviy bilimlar asosida shakllanadi va yuksaladi. Ammo, qadriyatlar zamonlar silsilasida o‘zgarib turadi. Ya’ni, insoniylik, hurmat-e’tibor, tinchlik-xotirjamlik, bilim egallash, el-yurtga xizmat qilish kabi azaliy qadriyatlar o‘rnini o‘tkinchi, hoyu-havas, be’mani huzur-halovat kabi puch narsalar, hatto yovuz niyatlar egallashi mumkin. Bu esa, insonni shaxs sifatida tanazzulga olib borayotganidan darak beruvchi holat belgisi sanaladi.
Insoniyat tarixiga razm soladigan bo‘lsak, eng kam nizolar, urushlar aynan ma’naviyat, madaniyat rivojlanishiga imkoniyat yaratilgan davrga to‘g‘ri kelar ekan. Bu tarixda Uyg‘onish davri deya alohida atama bilan ta’kidlanadi. Sharq va G‘arb mamlakatlari ana shu davrda gullab-yashnagan, rivojlangan, ma’naviy yuksaklikka intilgan. Bu yo‘lda esa qo‘lyozmalar, kitob chop etish kashf etilgach, matbaachilik zinapoya vositasi vazifasini o‘tab kelgan.
Hozirda, bu borada, so‘z yuritganda, albatta, noshirlik va matbaa sohasi chetda qolmaydi. Xususan, yurtimizning qadimiy va boy tarixi, xalqimizning ulkan ma’naviy boyligi dunyo ilm-fani rivojiga, demakki, ma’naviyatiga o‘z ulushini qo‘shib kelgan. Bugungi kunda, mazkur jarayonda, ya’ni, shaxs, oila va mamlakat ma’naviyatini yuksaltirishda, matbaachilik va matbuot vositalari asosiy vazifani bajarishga harakat qilmoqda.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq, yurtimizda ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotining asosiy ko‘makchisi matbaa va noshirchilik faoliyatiga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratib kelinayotir. Ma’naviyatga taalluqli, ommaviy axborot vositalari, noshirchilikni rivojlantirishga doir qator qarorlar, qonunchilik hujjatlari mazkur faoliyatning yanada keng ko‘lamda rivojlanishi uchun yo‘l ochdi. Bu borada, joriy yilda e’lon qilingan qarorga asosan, mamlakatimizdagi noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va korxonalarga yanada katta imtiyozlar berildi. Bu imtiyozlar, keng imkoniyatlar, birinchi galda, xalqimiz ma’naviyatini, ma’rifatini yanada yuksaltirishga, bahamjihatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlardir.



  1. Download 105.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling