Kurs ishi ilmiy rahbar: Professor S. Evatov farg’ona – 2021 nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari mundarija: kirish


Oilada axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari


Download 105.51 Kb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi105.51 Kb.
#1476038
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NOMAQBUL OILALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Oilada axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari

Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari, inson va jamiyat hayotida ma’naviyat va axloqning o‘rni, insonning ma’naviy-axloqiy holatiga iqtisodiy va siyosiy omillarning ta’siri, shaxsninig ma’naviy-axloqiy tarbiyasida din va ijtimoiy fanlarning roli, bugungi kunda yosh avlodning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga ta’sir o‘tkazayotgan turli omillar va ularning oqibatlarini o‘rganish;
Yosh avlod ma’naviy-axloqiy tarbiyasida mumtoz milliy san’at va adabiyotimiz, jahon madaniyati va san’atining yuksak namunalaridan unumli foydalanish shakl va usullari, ma’naviy-axloqiy tarbiyada oila va jamiyat munosabatlari, oila, mahalla, ta’lim tizimining millat ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyatiga oid eng dolzarb masalalarni tadqiq etish va tavsiyalar berish.
“Axloqshunoslik” bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Evropada esa “Etika” nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. Bu termin dastlab “manzildoshlik”, “yashash joyi”, keyinchalik esa “odat”, “fe’l”, “fikrlash tarzi” singari ma’nolarni anglatgan yunoncha “ethos” so‘zidan olingan bo‘lib, tarixda birinchi marta Aristotel tomonidan alohida fan nomi sifatida ishlatilgan.
O‘zbek tilida biz ishlatadigan “axloq” so‘zi lug’aviy kelib chiqishiga ko‘ra arab tilidagi “xulq” so‘zining ko‘plik shaklini anglatadi.
Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) - yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda - mil. av. 14- 12-asrlardan mil. 1 -4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili).
Arab tili - Somiy tillar guruhining jan. tarmog‘iga mansub til. Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tili da 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997).
“Xalaqa” – arab tilida “yaratmoq”, “paydo qilmoq” ma’nosidagi fe’l bo‘lib, shu ma’noda Alloh taolo “Xalloqi olam” ya’ni butun borliqning yaratuvchisi hisoblanadi. Arab tilida “xoliq” – “yaratuvchi”, “maxluq” – “yaratilgan” (ya’ni Alloh taolo tomonidan yaratilgan barcha mavjudotlar, jumladan, inson ham) ma’nolarini bildiradi. “Xulq” esa ana shu yaratilgan mavjudotlardan har birining o‘ziga xos tabiatini (tabiiy xususiyatlarini) bildiradi. Islom mintaqa madaniyatida axloq ilmi insonlarning tabiiy xislatlarini yaxshi tomonga o‘zgartirib, axloqiy fazilatlarga aylantirish masalasini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
Ma’lumki, inson va jamiyat hayoti uch asosiy soha – iqtisod, siyosat va ma’naviyat yo‘nalishlarining murakkab chatishuvidan tashkil topadi. Shu paytgacha jahon ilmida iqtisod va siyosat yo‘nalishlari chuqur o‘rganilgani holda ma’naviyat sohasi alohida yaxlit voqelik sifatida etarlicha tadqiq etilmadi va alohida fan sifatida shakllanmadi. Bu sohaning muammolari odatda o‘zaro bog’lanmagan, chala-yarim holda “Falsafa”, “Ruxshunoslik”, “Jamiyatshunoslik”, “Tarbiyashunoslik”, “Dinshunoslik” kabi qator fanlar doirasida tilga olindi. Ushbu fanlarning barchasi bilan Evropa ilmida uzoq vaqt ko‘proq faylasuflar shug’ullangani va turli faylasuflar tomonidan Borliq haqiqati turlicha talqin qilingani tufayli bu fanlarning har biri aslida ma’naviyatga oid muammolarga o‘z asosiy mavzulari nuqtai nazaridan yondoshib, noto‘kis xulosalar bilan cheklanishga majbur bo‘lishgan1.

Download 105.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling