Kurs ishi ilmiy rahbar: R. Usmonov


Qishloq hududidagi 50 nafar respondent


Download 103.11 Kb.
bet10/13
Sana28.01.2023
Hajmi103.11 Kb.
#1136774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
tibbiyot kurs ishi 1

Qishloq hududidagi 50 nafar respondent

Shkalalar

Dastlabki umumiy ball

Treningdan keyingi

Ijtimoiy shkala

3,5

2,5

Giperaktivlik shkalasi

3

2

Hissiy simptomlar shkalasi

2

1,5

Xulq-atvor muammolari shkalasi

2

1,5

Tengdoshlar bilan bog’liq muammolar shkalasi

5,5

4

Yuqoridagi jadvaldagi natijalar diagrammaga solinganida quyidagicha ko’rinishga ega bo’ldi (6-diagramma).


6-diagramma

Yuqoridagi diagrammada ko’rinib turibdiki qishoq hududidagi o’smirlar bilan olib borilgan trening mash’ulotlarida so’ng ijtimoiy shkala dastlabki 3,5 ko’rsatkichdan 2,5 ko’rsatkichga o’zgardi. Giperaktivlik shkalasi bo’yicha olingan dastlabki 3 ko’rsatkich 2 ga o’zgardi. Hissiy simptomlar shkalasi bo’yicha olingan dastlabki 2 ko’rsatkich 1 ko’rsatkichiga o’zgardi. Xulq-atvor muammolari shkalasi bo’yicha olingan dastlabki 2 ko’rsatkich 1,5 ko’rsatkichiga o’zgardi. Tengdoshlar bilan bo’g’liq muammolar shkalasidagi 5,5 ko’rsatkich esa 4 ko’rsatkichga o’zgardi.
II BOB YUZASIDAN XULOSA

O’smirlardagi ruhiy salomatlik ya’ni giperakivlik, hissiy muammolar shahar hududida istiqomat qiluvchi o’smirlarda qishloq hududida istiqomat qiluvchi o’smirlarga nisbatan yuqoriroq bo’lishi faraz qilingan. Tadqiqotning metodi sifatida London universiteti professori R.Gurman tomonidan tuzilgan, rus professori E.R.Sloboskiy tomonidan rus tiliga moslashtirilgan va approbatsiya qilingan 25ta savoldan iborat bo’lgan O’smirlarning “Kuchli va qiyin tomonlari” so’rovnomasi olindi. Tadqiqotga ebyekt sifatida Farg’ona viloyati Qo’qon shahri Beshariq tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabning 50 nafar 8-sinf o’quvchilari shuningdek, Farg’ona shahri xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabining 50 nafar 8-sinf o’quvchilari jami 100 nafar respondent olindi. Beshariq tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabning 50 nafar 8-sinf o’quvchilari va Farg’ona shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabning 50 nafar 8-sinf o’quvchilari orasida o’tkazilgan London universiteti professori R.Gurman tomonidan tuzilgan, rus professori E.R.Sloboskiy tomonidan rus tiliga moslashtirilgan va approbatsiya qilingan 25ta savoldan iborat bo’lgan O’smirlarning “Kuchli va qiyin tomonlari” so’rovnomasining har bir o’quvchidan olingan natijalari umumiylashtirilib, o’quvchilar soniga bo’linganida olingan umumiy o’rtacha natijasi ko’rsatilgan diagrammalar (1-va 2-diagrammalar) umumiylashtirilganida quyidagicha ko’rinishga ega bo’ldi (3-diagramma) Olingan natijalardan shunday xulosaga kelish mumkinki , shaxar va qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan o’smirlik yoshidagi o’g’il qizlardagi “Kuchlit va qiyin tomonlari ” ni aniqlovchi metodikadan shaxar hududida yashovchi o’smirlarda xissiy simptomlar shkalasi va gipperaktivlik ancha yuqori natijada chiqdi, bundan shunday xulosa qilish mumkin shaxarda zich hududda yashayotganliklari ularning xissiy emotsional soxasiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi . Buni oldini olish uchun esa turli xil treninglar va amaliy ishlarni o’tkazish maqsadga muofiqdir.




XULOSA
Inson va uning salomatligi bu eng qadrli ne’matlardan biri sanaladi.Sababi shaxslar jamiyatning to’laqonli a’zosi bo’lishlari uchun ularga birinchi navbarda psixologik salomatlik juda muhim bo’lib,o’zining hayoti va mehnat faoliyatida arzirli yutuqlarga erishishida, komil inson bo’lib shakillanishida, ijtimoiylashuv jarayonida, shaxslararo munosabatlarda Xususan barcha barchasida psixologik salomatlik juda zarur.Biz buni ishimizning ikkinchi bobida bayon etib o’tdik.
Ruhiy salomatlik orqali jismoniy salomatlikni ham saqlash va boshqarish mumkinligi g’oyasi yangi bo’lmay, u XX asr boshlaridayoq psixolog va psixiatr mutaxassislar diqqatini o’ziga tortgan. Bu esa o’z navbatida buning nechog’li muhim ekanligini, shaxslardagi salomatlik ruhan salomatlik turli hil vaziyatlardan oson chiqib ketaolishlarini, yod g’oyalarga berilmaslikni o’zining mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishini taminlaydi. Har qanday og’ir vaziyatlarda ham o’zini qo’lga olish aql bilan fikr yuritish lozimligini ruhan sog’lom insonlarning hayot tajribasidan bilishimiz mumkin.Demak, atrof muhit bilan, insonlar bilan bo’ladigan ijobiy, samimiy munosabatlar shaxsning salomatligi borasidagi immunitetini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun ham odam ruhiy salomatligining ijtimoiy bosqichini ta’minlash jamiyatdan, odamlarning o’zidan ular ruhitiyaga salbiy ta’sir etuvchi bid’atlar, an’analardan o’z vaqtida voz kechish, yaxshilarini saqlab qolish, ta’lim va tarbiya jarayonlaridagi murosasizliklarni bartaraf etish, professional malakalarni muttasil oshirib borish, to’g’ri ovqatlanish, oqilona dam olishni tashkil etishni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, ruxiy salomatlik borasidagi ilmiy ishlar ko’pligi bu borada rus psixolog olimlari samarali ilmiy izlanishlarni amalga oshirganligini ko’rishimiz mumkin. F. Perls ruhiy salomatlik shaxsning kamoloti bilan bog'liq, deb hisoblab, odamni bir butun sifatida ko'rib chiqadi, u o'z ehtiyojlarini qondirish qobiliyati, konstruktiv xulq -atvori, sog'lom moslashuvchanligi va o'zi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Salomatlik haqida so’z borar ekan, uning eng avvalo inson tani va vujudining betob bo’lmagan paytdagi holati hamda xastaliklar ro’y berganda kuzatiladigan ayrim og’riqlar, dard bilan bog’liq tarzda tasavvur qilishga o’rganib qolganmiz. Bu atama, eng avvalo, sog’liqni saqlash xodimlari faoliyati bilan bog’liq tarzda tushuntiriladi. Lekin tan va vujud, aql hamda idrok bevosita odamniki, unga bog’liq bo’lgani uchun ham inson ruhiyati qonuniyatlari va sirlarini o’rganuvchi fan bo’lmish psixologiyaning unga aloqasi bor. Psixologiya fanida salomatlik psixologiyasi bo’limi mavjudki, u salomatlikka eng avvalo, inson ongi va tafakkurining in’ikosi sifatida qaraydi. Demak, har birimiz uchun suv va havodek zarur bo’lgan sog’lig’imiz nafaqat tibbiyot fanining, balki psixologiyaning ham izlanish predmetini tashkil etadi. O'smirlik-bu ruhiy farovonlik uchun muhim bo'lgan ijtimoiy va hissiy odatlarni rivojlantirish va saqlashning hal qiluvchi davri. Bularga sog'lom uyqu rejimini qabul qilish kiradi; muntazam jismoniy mashqlar bajarish; muammolarni hal qilish, odamlar bilan muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish; va his -tuyg'ularni boshqarishni o'rganish. Oilada, maktabda va keng jamoada qo'llab -quvvatlanadigan muhit ham muhim ahamiyatga ega. Taxminan 10-20% o'smirlar butun dunyoda ruhiy kasalliklarga duch kelishadi, ammo ular etarlicha tashxis qo'yilmagan va davolanmagan . O’smirlardagi ruhiy salomatlik muammolari odamlar o’ylagandan ko’ra tez -tez uchraydi – xayriyatki, ularning aksariyati juda davolanadi! Taxminan 10-20% o’smirlar dunyoda ruhiy kasalliklarga duch kelishadi, lekin ularning aksariyatiga etarlicha tashxis qo’yilmagan va davolanmagan.O’spirinning ruhiy salomatligi bilan bog’liq muammolarni hal qilmaslik keyingi hayotga ta’sir qiladi, jismoniy va ruhiy salomatlikka zarar etkazadi va kattalar kabi hayot kechirish imkoniyatlarini cheklaydi. Ruhiy salomatlik bilan bog’liq muammolarning alomatlarini anglash va sizga yoki yaqiningizga to’g’ri keladigan qadamlarni tashlash doimiy ijobiy o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shubhasiz, ruhiy salomatlik muammolari o’smirlar uchun favqulodda ehtiyoj sohasidir. Bu muammolarning ko’pchiligi o’smirlik davrida ham xuddi o’smirlik davridagi kabi ko’rinadi. Depression va tashvish bu ruhiy salomatlik bilan bog’liq ikkita muammo bo’lib, ular o’smirlar va kattalar o’rtasida mos keladi.
O’smirlik davri yosh davrlar psixologiyasidan ma’lumki o’gir davr yoki kirizis davri deb ataladi bu paytda o’g’il va qiz boalarda xam psixologik ham fiziologik tub o’zgarishlar sodir bo’ladi , buning ta’sirida ularning psixikasida turli xil muammolar paydo bo’lishi mumkin , bizning tadqiqot ishimizning mavzusi aynan o’smirlik davrida ruxiy salomatlik va uning ijtimoiy psixologik omillarga bog’liqligi bo’lib bu bosqichdagi yigit va qizlarda ruxiy salomatlik darajasi biroz past bo’lishini qishloq va shaxar hududlarida istiqomat qiluvchi respondentlar orqali aniqladik , olingan natijalardan shunday xulosa qilish mumkinki , shaxar va qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan o’smirlik yoshidagi o’g’il qizlardagi “Kuchli va qiyin tomonlari ” ni aniqlovchi metodikadan shaxar hududida yashovchi o’smirlarda xissiy simptomlar shkalasi va gipperaktivlik ancha yuqori natijada chiqdi, bundan shunday xulosa qilish mumkin shaxarda zich hududda yashayotganliklari ularning xissiy emotsional soxasiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi . Buni oldini olish uchun esa turli xil treninglar va amaliy ishlarni o’tkazish maqsadga muofiqdir. Biz tadqiqot ishimizni ikki bosqicha amalga oshirdik birinchi bosqichida test hududlar bo’yicha olindi ya’ni Farg’ona shaxar va Beshariq tumanida narijalar solishtirildi unga ko’ra qishloqda istiqomat qiluvchi o’smirlarda ruxiy salomatlik muammolari deyarli ko’zga tashlanmadi , shaxar hududida yashovchi o’smirlarda esa biroz bo’lsada hissiy simptomlar shkalasi baland natijani qayd etdi , ikkinchi bosqichda biz shaxar va qishloqlardagi o’smirlar bilan turli hil treninglar va amaliy ishlar olib bordik va undan so’ng Gurmanning “ O’smirlarda kuchli va qiyin tomonlarni aniqlovchi ” metodikasini qayta o’tkazdik unga ko’ra treninglardan so’ng o’smirlarda hissiy emotsional simptomlari past natijani qayd etdi . Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishimizdan shunday xulosaga kelindiki , o’smirlar o’rtasida turli hil treninglarni tashkil etish , psixologning amaliy ishlashi , ularni tushuna olishi alturizmni targ’ib qilishi orqali ularning ruxiy salomatligiga ijobiy ta’sir qilish mumkin.

Download 103.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling