Kurs ishi ilmiy rahbar: R. Usmonov
Download 103.11 Kb.
|
tibbiyot kurs ishi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy rahbar: R.Usmonov
- I Bob yuzasidan hulosa …………………………………………………………. II BOB O’SMIRLAR RUXIY SALOMATLIGINI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARINI NAMOYON BO’LISH XUSUSIYATLARINI O’RGANISHNING EMPIRIK TADQIQ QILISH
- II Bob yuzasidan xulosa ………………………………………………........ Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………
- Ilova ………………………………………………………………………… Kirish Mavzuning dolzarbligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 18.61- guruh talabasi Alijonova Mohlaroyning “ Inson salomatligiga, ruhiy salomatlikka ta’sir etuvchi omillar tasnifi” mavzusida Tibbiyot psixologiyasi fanidan KURS ISHI Ilmiy rahbar: R.Usmonov Farg’ona – 2022 MUNDARIJA KIRISH............................................................................................. I BOB RUXIY SALOMATLIGINI O’RGANISH IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA 1.1.Ruxiy salomatlik tushunchasining mazmun mohiyati va fanga kirib kelishi …………………………………………………………………………….. 1.2. Ruxiy salomatlikning ilmiy-nazariy o’rganilishi………………………. I Bob yuzasidan hulosa …………………………………………………………. II BOB O’SMIRLAR RUXIY SALOMATLIGINI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARINI NAMOYON BO’LISH XUSUSIYATLARINI O’RGANISHNING EMPIRIK TADQIQ QILISH 2.1. O’smirlik davrida ruxiy salomatlikni tadqiq etish …………………….. 2.2. O’smirlik davridagi ruxiy salomatlikni qiyosiy empirik o’rganish …….. II Bob yuzasidan xulosa ………………………………………………........ Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………… Ilova ………………………………………………………………………… Kirish Mavzuning dolzarbligi Jamiyatda insonning salomatligi bu eng qadrli ne’matlardan biri sanaladi, sababi inson jamiyat a’zolari oldida o’zini nomoyon qilishi o’z-o’zidan qoniqishi uning jamiyatdagi o’rnini oshirishda inson salomatligini uya’ni ruhiy salomatlikni axamiyati juda beqiyos ekanligini takidlash zarur. Yosh davrlar psixologiyasidan bizga ma’lumki o’smirlik yoshi eng qiyin , inqirozli davr hisoblanadi. O’smirlarda ruxiy salomatlik masalalari esa juda ham katta axamiyat kasb etadiki , aynan ushbu yoshda o’z –o’zini to’laqonli anglashga urinish , jamiyatda o’rniga ega bo’lish , kasb hunarli bo’lish kabi bosqichlarni boshdan kechirish , o’zidagi psixologik – fiziologik o’zgarishlarni to’g’ri qabul qila olish kabi masalalarni ijobiy hal etaolishlari uchun ruxan sog’lom teran fikr egasi bo’lish talab etiladi , shu sababli ham ruxiy salomatlik muammosi o’smirlik davrining o’ziga xos muammolaridan biriga aylanib ulgurgan desak mubolag’a bo’lmaydi, bu yoshda o’zmir bola bo’lib bola emas katta bo’lib katta emasligi uni jamiyatda ajralib qolgandek xis qilishiga zamin yaratadi , u endi ruxiy siqilishi salomatligida muammolar paydo bo’lishi mumkin , bu kabi omillarni oldini olish borasida aynan o’smirlarda ruxiy salomatligini o’rganish zamon talabidir . Ruxiy salomatlik umuman inson salomatligi masalasi mamlaktimizda doimo birinchi hal etiladigan va katta etibor qaratiladigan soxalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham yurtimizda bu soxada bir nechta qaror va farmonlarning qabul qilinganligi bejizga emas . Xususan , 2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi axolisining ruhiy salomatligini muxofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida 13.09.2019 yil PQ-4190 sonli qaror qabul qilingan . Aholida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va davolashning ilg‘or tajribasini joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6035-son Farmonining qabul qilinishi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4847-son qarorining 1 ilovasida “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi” bloki tashkil etilishi belgilab qo’yilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilishni taklif qildi. “ Umuman olganda, har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagi bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishi o‘ynaydi. Shuning uchun islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan g‘ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarimizni o‘zimizga tayanch deb bilamiz”,1 dedi davlat Shavkat Mirziyoyev . Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirzioyev Miromonovich o’zining 2016-yildagi ijtimoiy-qitisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Va’zirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida Ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi zamonaviy usullarini joriy etish sohasidagi ishlarni tanqidiy tahlil etildi.2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3606-son qaroriga3 muvofiq aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek axolining ruxiy salomatligi masalalari va respublika psixiatriya muassasalari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bajarilmoqda. 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini 2019-2020-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda bu qarorlarning qabul qilinishi ham mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi . Psixologik bilimlarni inson tomonidan o’rganilishi shuning uchun ham muhimki odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob‘ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta‘sir ko’rsatishning usul va vositalarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga bo’layotgan axborot xurujining ko’pligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning taranglashishi juda ko’p insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. Shu nuqtai nazardan bizning tanlagan mavzuimiz o’smirlik yoshi davridagi ruxiy salomatlik omillari nazariy va amaliy yoritishga asoslanganligi bilan axamiyatga egadir. Download 103.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling