Kurs ishi ilmiy rahbar: R. Usmonov
Download 103.11 Kb.
|
tibbiyot kurs ishi 1
I Bob yuzasidan hulosa
Oilada ota-ona o’z farzandlarining har birining xulq-atvorining turlicha bo’lishidan kelib chiqib, aynan axloqiy sifatlariga qarab muomala qiladi va u yoki bu yumushlarni taqsimlashda ham aynan shu tamoyillarga e’tibor beradi. Shasx axloqiy pokligi va salomatligi uning hayotdagi turli vaziyatlardan oson chiqib ketishi va zimmasiga yuklatilgan har qanday mas’uliyatni vijdonan bajarish orqali o’zi uchun ham ma’naviy ozuqa olishini ta’minlaydi. Lekin turmush va uning ziddiyatlari mavjud bo’lgani uchun biz har doimo ham bir xil bo’lolmaymiz, axloqan salomat insonning boshqalardan farqi ham shundaki, u nima bo’lganda ham o’zidagi axloq normalaridan chekinmaydi, turli g’alamis fikrlarga chalg’imaydi, zararli g’oyalarga, chaqiriqlarga yon bermaydi, turli oqimlarga kirib ketmaydi, o’z e’tiqodiga sodiq bo’ladi. Axloqsizlik bilan kelisholmaslik ma’naviyati sog’lom insonning asosiy fazilatidir. Shu tufayli ham odamlar, jamoa a’zolari, maktabdagi sinfdoshlar va pedagoglar axloqan sog’ bolani, shaxsni doimo e’tirof etib, uning shu qobiliyati uchun hurmat qiladilar. Axloqan sog’ bolaning jismoniy salomatligi uchun qayg’urish, yoki ta’limini yuksaltirish boshqalarning emas, balki o’sha odamning o’z shaxsiy ishiga aylanadi. Pedagoglar ta’kidlaganlaridek, “tarbiyali bola o’zi ta’lim oladi, yaxshi o’qiydi”. Bundan tashqari, aqllilik, axloqiylik va ruhiy salomatlik xususida “Otalar so’zi” ham bor: “Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim. Odob aqlga bog’liq narsa. Aql ustiga odob ham qo’shilsa, nur ustiga nur bo’ladi. Ulug’lik aqlu odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi”. Hozirgi bozor iqtisodiyotidagi insoniy munosabatlarda rahbarlar ham menejerlar ham xodimlarning, mutaxasisislarning eng birinchi navbatda ma’naviy qiyofasi va axloqiy normalarga vijdonan bo’ysunishiga qarab baholamoqdalar. Zero, bunday odam birovning haqqiga ko’z olaytirmaydi, jamoadagi ma’naviy muhitni buzmaydi, o’ziga yuklatilgan mas’uliyatni o’z iqtidori doirasida teran baholab, ishni qiyomiga yetkazib bajaradi. Klassik iqtisodiyotning namoyondasi bo’lgan Adam Smit ham o’zining “Axloqiy hissiyotlar nazariyasi” kitobida odamning axloqiy mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’lishi to’g’risida shunday yozgan edi: “..o’zgalar dardiga befarq bo’lmagan” – yoqimtoy va “faqat o’z manfaatini o’ylaydigan” - egoist, xudbin odam. Uning fikricha, odamlar nazarida yoqimtoy va kerakli inson eng avvalo ahloqiy hislar sohibiki, u ishlab chiqarish manfaatlari bilan o’z manfaatlarini, kasbdoshlari manfaatlari bilan uyg’un tasavvur eta oladi va hyech kimga ziyon yetkazmaydi, xudbinlik chegarasiga yaqinlashmaydi”.43 Bu fikrlar bizning globallashuv va bozor qonunlari to’la qaror topgan davrimizda ham o’z dolzarbligini kamaytirgani yo’q. Inson o’z ruhiy holatlari, kechinmalarini muayyan tarzda boshqarish qobiliyatiga egadir. Shu tufayli biz shaxsning faolligi, ongliligi va maqsadga intiluvchanligi to’g’risida gapirishimiz mumkin. Bunday layoqat uning o’z salomatligini boshqarish qobiliyatiga ham taalluqlidir. Ya’ni, biz o’z salomatligimizni himoya qila olishimiz, o’z irodamiz, xohish va sabr-qanoat bilan boshqarishimiz mumkin. Download 103.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling