Kurs ishi ilmiy rahbar: R. Usmonov


Download 103.11 Kb.
bet8/13
Sana28.01.2023
Hajmi103.11 Kb.
#1136774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
tibbiyot kurs ishi 1

Biotibbiy model — organik buzilishlar va nosog’lomlikning sub’yektiv hissiyotlari yo’qligi.

  • Bioijtimoiy (biosotsial) model — ijtimoiy belgilar birinchi o’ringa qo’yiladigan tibbiy va ijtimoiy belgilar birgalikda qaralishi qo’shiladi.

  • Qiymat-ijtimoiy model — qiymat sifatida insonning salomatligi qaraladi; JSSTning ta’rifi aynan shu modelga to’g’ri keladi.

    Ruhiy (psixik) salomatlik — insonning murakkab hayotiy sharoitlarini yengish, shu bilan birga eng optimal hissiy fonni va xatti-harakatlarning adekvatligini saqlab qolish qobiliyatidir. Ruhiy salomatlik tushunchasi, euthumiya («ruhiyatning yaxshi holati») Demokrit tomonidan tasvirlangan, Suqrotning hayoti va o’limiga tegishli bo’lgan ichki garmoniyaga erishgan insonning obrazi Platonning dialoglarida qayd qilingan. Turli tadqiqotlarda ruhiy azob-uqubatlarning manbai ko’pincha madaniyat deb ataladi (Zigmund Freyd , Alfred Adler, Karen Horney, Erix Fromm ishlarida). Viktor Frankl ruhiy sog’lomlikning muhim omilini insonda qadriyatlar tizimining mavjudligi deb ataydi.
    2.2. O’smirlik davridagi ruxiy salomatlikni qiyosiy empirik o’rganish

    O’smirlardagi ruhiy salomatlik ya’ni giperakivlik, hissiy muammolar shahar hududida istiqomat qiluvchi o’smirlarda qishloq hududida istiqomat qiluvchi o’smirlarga nisbatan yuqoriroq bo’lishi faraz qilingan. Tadqiqotning metodi sifatida London universiteti professori R.Gurman tomonidan tuzilgan, rus professori E.R.Sloboskiy tomonidan rus tiliga moslashtirilgan va approbatsiya qilingan 25ta savoldan iborat bo’lgan O’smirlarning “Kuchli va qiyin tomonlari” so’rovnomasi olindi. Tadqiqotga ebyekt sifatida Farg’ona viloyati Beshariq tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabning 50 nafar 8-sinf o’quvchilari shuningdek, Farg’ona shahri xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabining 50 nafar 8-sinf o’quvchilari jami 100 nafar respondent olindi.


    Quyidagi jadvalda (1-jadval) Beshariq tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabning 50 nafar 8-sinf o’quvchilarida va Farg’ona shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabning 50 nafar 8-sinf o’quvchilarida o’tkazilgan O’smirlarning “Kuchli va qiyin tomonlari” so’rovnomasining har bir o’quvchidan olingan natijalari umumiylashtirilib, o’quvchilar soniga bo’linganida olingan umumiy o’rtacha natijasi keltirilgan.
    1-jadval


    Download 103.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling