1.3 “Turli muhitlarda diffuziya hodisasi” mavzusidagi kecha
T
/
R
|
Bosqichlar va topshiriqlar
|
Komandalar (guruhlardan) olingan ballar (5 ballikda)
|
1
|
Salomlashish, tanishtiruv
|
|
2
|
“Turli muhitlarda diffuziya
hodisasi”ga oid munozara
|
|
3
|
Sardorlar bellashuvi
|
|
4
|
Sahna ko‘rinishi
|
|
|
Jami:
|
|
1.Salomlashish, tanishtiruv erkin holda amalga oshiriladi.
“Turli muhitlarda diffuziya hodisasi”ga oid munozara
“Turli muhitlarda diffuziya hodisasi” mavzusi bo‘yicha o‘quvchilar ma'lumotlar tayyorlab keladi.
Masalan: Tayyorlanib kelgan o‘quvchi shu mavzuni gapirib tushuntirib beradi. Qo‘lidan kelgancha tajriba ham qilib ko‘rsatadi. U o‘rtoqlariga gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda diffuziya xodisasiga doir misollar, animatsiyalar, xodisalarni izohlash va amalda foydalanish haqida tushuncha beradi. Boshqa o‘quvchi shu mavzuga doir tajriba ko‘rsatadi.
Tajriba, oddiy sovuq suvga margansovka solib diffuziya hodisasini ko‘rsatadi. So‘ngra issiq suvga margansovka solib diffuziya hodisasini yuqori haroratda tez sodir bo‘lishiga o‘rtoqlarining e'tiborini qaratadi. Bunda jismning harorati yuqori bo‘lsa, molekulalarning tezligi katta bo‘ladi va aksincha, degan xulosa chiqadi.
Rivoyat. Bir podsho ulamolariga ko‘p narsa qo‘limdan keladi, deb maqtanadi. Shunda vaziri shoxim unday demang, ba'zi narsalar borki, uni siz qila olmaysiz, deb nasixat qiladi. Baribir podsho o‘z so‘zida turib oladi. O‘sha kuni podshoning besh yosh o‘g‘il nabirasi bobosini oldiga kelib suv so‘raydi. Bobosi suv oldirib kelib nabirasiga beradi. Nabirasi suv ichmayman, sut keltiring deydi. Bobosi sut keltirishni buyuradi. Bola sutni ichib ko‘rib ichmayman, deb xarxasha qiladi. Shunda podsho nima qilsam tinchiysan deydi. Bola suvni sutga qo‘shing, deydi. Podsho noiloj suvga sutni qo‘shadi. Bola bu suyuqlikni ichib ko‘rib to‘polon qila boshlaydi. Bobo buni ham ichmayman, bu suyuqlik bemaza ekan deydi. Bolam nima qilsam sen tinchiysan, deydi podsho. Bola bobo suvdan sutni ajratib bering, deb iltijo qiladi. Afsuski, suvga aralashib ketgan sutni endi ajratib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |