Kurs ishi mavzu : Go’sht va baliq mahsulotlari. Go’sht va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati. Birinchi ishlov berish va bo’laklarga bo’lish texnologiyasi. Go’sht va baliq mahsulotlariga ishlov berishda foydalaniladigan oshxona


Texnologiya ta’lim mashg’ulotlarida Pazandachilik asoslari bo’limga mavzularning o’ziga xos ususiyatlari


Download 0.57 Mb.
bet4/17
Sana06.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1172122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
metodika kurs ishi

Texnologiya ta’lim mashg’ulotlarida Pazandachilik asoslari bo’limga mavzularning o’ziga xos ususiyatlari.
Umum ta’lim maktablarining 7-sinflarga Pazandachilik asoslari bo’limini o’qitishdan maqsad oziq-ovqat texnologiyasi va uni tayyorlash jarayonini tashkil etish yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Umum ta’lim maktablarida Texnologiya ta’limi uchta yo’nalishga bo’lib o’qitiladi. Bundan maqsad shaharda joylashgan yon atrofida servis xizmati yaxshi yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish korxonalari rivojlangan. Bunday maktablarda servis xizmati yo’nalishini o’qitish maqsadga muvofiqdir.
Pazandachilik- xom oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan xilma-xil taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash mahorati. Ovqatlanishni tartibga solish, taomlar xilma-xilligini taʼminlash, lazzatli taomlar tayyorlash va did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Turli xalqlarning milliy pazandachilikda shu millat xalqiga xos muayyan milliy pazandachilik taom turi boʻladi. Masalan, oʻzbeklarda palov, rus pazandaligida shchi, bilini; ukrainlarda borshch, vareniki; qozoqlarda beshbarmoq shunday taomlardir. O’zbek pazandachilikda koʻproq qoʻy, mol goʻshtlari ishlatiladi; ot, tovuq, oʻrdak goʻshtlari oʻrtacha meʼyorda; ilvasin va baliq goʻshtlaridan kamroq foydalaniladi; xamir taomlar ham koʻp tayyorlanadi (har xil tandir nonlar, somsalar, suyuq-quyuq hamir ovqatlar).
Go'sht va go'sht mahsulotlari inson ratsionining asosiy qismini tashkil qiladi. Faqat bir nechtasi go'sht iste'mol qilmaslik va faqat vegetarian taomlarini iste'mol qilish. Bir necha ming yillar davomida odam go'sht iste'mol qilganiga qaramay, ushbu mahsulotning foydasi va zarari haqidagi munozaralar susaymaydi. Go'sht iste'mol qilish tarafdorlari faqatgina ushbu mahsulot inson tanasini zarur va almashtirib bo'lmaydigan oqsillar bilan ta'minlashga qodir ekanligini ta'kidlaydilar. Vegeteryanlar go'shtni zararli deb da'vo qilishsa-da, aynan shu kasallik turli xil kasalliklarni qo'zg'atuvchilaridir. Go'shtning foydasi va zarari haqida gapirganda, ko'p narsa go'sht turiga bog'liqligini aytish kerak. Bugungi kunda odamlarning ovqatlanishiga qoramol (go'sht, buzoq go'shti), mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlar (echki, qo'zichoq), cho'chqa go'shti va parranda go'shti (tovuq, kurka, g'oz, o'rdak, bedana) kiradi. Shuningdek, ot go'shti, quyon go'shti va ov ( har qanday yovvoyi hayvonlarning go'shtini o'z ichiga oladi: quyon, yovvoyi cho'chqa, kiyik, ayiq va boshqalar). Ba'zi mamlakatlarda itlar, mushuklar va boshqa hayvonlarning go'shtlari (tuya, bufalo, xachir, eshak) iste'mol qilinadi. Go'shtning har bir turi o'ziga xos lazzat va foydali xususiyatlarga ega.
Goʻsht — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Go'sht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. Go'shtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki go'shti sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi. Go'sht mushak toʻqimalarining kimyoviy tarkibi (%): suv 72—75, oqsil 18—22, yogʻ va yogʻsimon moddalar 0,5—3,5, azotli ekstrativ moddalar 1 — 1,7, uglevodlar 0,7—1,4, mineral moddalar 0,8—1,8. Go’shtning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak toʻqimalari hisoblanadi. Go’shtda uning miqdori 40—70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislotalar bor. Mushak tolalaridagi mioglobin oqsili go’shtga qizil tus beradi. Go’shtning isteʼmol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180—230, kaliy 200— 300, kalsiy 7—15, magniy 17—25, temir 1,5—3,0 va boshqa go’sht tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V,, V2, Ye va boshqalar) boʻladi. Go’shtning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi
Pazandachilik asoslari bo’limini o’qitishda asosan oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibi, ishlatilinish o’rni, ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladigan jarayonlar haqida o’quvchilarga bilimlar beriladi. Bu bo’limni o’qitishda ishlab chiqarish korxonasi qaysi mahsulot ishlab chiqarishga qarab ushbu korxonada qanday texnologik jarayonlar qamalga oshiriladi va buning uchun qanday ish o’rni hamda ish qurollari zarur bo’lishi kerakligi haqida bilimlar beriladi. Hozirgi kunda qaysiki sohaga qaramang ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish orqali mehnat faoliyati tashkil etilgan. Bu esa o’quvchilarni kelgusi hayotida aynan shu yoki shunga o’xshash mehnat faoliyati kutib turganini anglatadi. Shu boisdan Ishlab chiqarish asoslari bo’limini o’qitish zarurati tug’ilgan deyish mumkin. Bugungi kunda har bir davlatning mustaqil rivojlanganlik darajasini ham aynan ishlab chiqarish sanoati qay darajada yuksalganligi belgilab beradi. O’quvchilarga Pazandachilik asoslarini o’qitishda ularga O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarining qanday turlari mavjudligi va ularning bir-biriga bog’liqligi O`zbekiston xalq xo`jaligida, sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi to’g’risida bilimlar beriladi. Ishlab chiqarish jarayonida tashkil etiladigan tex­nologik jarayon haqida asosiy tushunchalar beriladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va jahon mamlakatlari maxsulotlari bilan raqobatlasha oladigan mahsulotlar yaratishda yangi texnika va ilg`or texnologiyalarni qo’llanilishi to’grisida bilim hamda ko’nikmalar beriladi. Ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnika va ilg`or texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati va usullari tushintiriladi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar to’g’risida bilimlar beriladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining ikki katta sohasini – ishlab chiqarish (moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o’z ichiga oladi. Ana shu sohalarning tarkibi, o’zaro munosabati va bir – biriga bog’liqligi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasini tashkil etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining noishlab chiqarish sohasiga aholiga tibbiyot, madaniy – maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish, rejalashtirish va boshqa ijtimoiy zarur vazifalarni amalga oshiradigan tarmoqlar kiradi. Bu soha kishilarning mehnat sharoitini, turmushini yaxshilashga xalqning farovonligini yuksaltirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining asosi og’ir sanoat bo’lib, u ishlab chiqarish vositalarining (materiallar, mashinalar, asbob – uskunalar, jihozlarning) ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Aholi uchun madaniy – maishiy va xo’jalikka mo’ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot chiqarishdan tashqari sanoatning istisnosiz barcha tarmoqlari shug’ullanadi.
Bu holda o`quvchilar mehnat (kasb o`rgatish) ta’limi jarayonidagi unumli mehnat bilan bir qatorda ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilinadilar, bunday mehnatga o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish, qariyalarga qarashish, xiyobon va parklarni tozalash va shu kabilar kiradi.
Avval aytib o`tilganidek, unumli mehnat pedagogik jihatdan asoslangan rahbarlik bilan ta’minlanishi va maktabning ta’lim-tarbiyaviy maqsadlariga bo`ysindirilishi kerak. U qo`llanmaning birinchi qismida ko`rib chiqilgan mehnat ta’limining prinsiplari, formalari va metodlariga muvofiq ravishda tashkil qilinadi. Unumli mehnat jarayonida maktabning, otaliqqa olgan korxonaning ehtiyojlari uchun yordam tariqasida buyumlar tayyorlanadigan bo`lsagina, bunday fikr so`zsiz haqqoniy bo`ladi. Maktablar, korxonalarning buyurtmalarini bajaradigan va shu asosda ular bilan iqtisodiy aloqalarga kirishadigan hollarda esa ba’zi xususiyatlar paydo bo`ladiki, ular ta’lim-tarbiya jarayoniga va uni tashkil qilish shart-sharoitlariga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Bu xususiyatlar shu bilan bog’liqki, maktab korxona buyurtmalarini bajarar ekan, o`z zimmasiga muayyan majburiyatlar oladi: mahsulot belgilangan muddatda tayyorlanishi va berilgan texnik shartlarga javob berishi, birinchi navbatda, muayyan, aniqlikda chiqishi shart. Gap 8-sinf o`quvchilari haqida borganda, ularning texnikaga oid bilimlari hajmi katta emasligini va amaliy uquvlari saviyasi juda pastligini nazarda tutish zarur. Buyumlarning hatto nisbatan uncha katta bo`lmagan aniqligi ta’minlanishi uchun texnologik prosess mehnat operasiyalarini bajarishni osonlashtiradigan va mehnat unumdorligini oshiradigan moslamalar bilan ta’minlanishi zarur. Shu sababli moslamalarni loyihalash va tayyorlash 8-sinf o`quvchilari mehnatining xarakterli xususiyatiga aylanmoqda. Bunda, odatda, bu ishga yuqori sinf o`quvchilari ham qo`shilishyapti. Shu asosda ular bilan o`rta bo`g’in o`quvchilari orasida ishlab chiqarish aloqalari yuzaga kelmoqdaki, ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish mumkin. Ishlab chiqarish aloqalari unumli mexnat jarayonida 8-sinf o`quvchilarining o`zlari orasida ham o`rnatilishi mumkin. Bunga keng qo`llanilayotan mehnat taqsimoti yordam beradi.
Baza korxonalar ko`pincha buyumlarning katta partiyalar tarzida ishlab chiqarilishidan manfaatdor bo`ladi. Shu munosabat bilan ularning o`zlari maktablar uchun texnologik prosessning zamonaviy jihozlarini loyihalaydi va tayyorlab beradi. Bunday yordam maktablar uchun juda foydalidir, lekin u mehnat ta’limi davomida loyihalashga bo`lgan e’tiborning susayishiga olib kelmasligi lozim.
Bazi korxonaning buyurtmasiga muvofiq tashkil qilingan unumli mehnat uchun unga to`lanadigan haq xarakterlidir chunki u o`quvchilarning mehnat va iqtisodiy tarbiyasida muhim rol o`ynaydi. O`quvchilar mehnatiga haq amalda bajargan ishiga qarab to`lanadi. Ishlab topilgan pulning bir qismi o`quvchilarning qaroriga muvofiq maktab ixtiyoriga o`tkazilishi mumkin.
Korxonaning buyurtmasi bilan tashkil qilinadigan mehnat bevosita korxonada o`tkazilsa, uning xususiyatlari yaqqol namoyon bo`ladi. Buning sababi shundaki, o`quvchilar ishini tashkil qilish formalari turli-tuman bo`lishi mumkin: o`quvchilar mehnat qilib mustaqil topshiriqlarni bajarishadi yoki ishchi brigadalari sostavida ishlashadi. Korxonada mehnat qilish jarayonida o`kuvchilar tayyorlaydigan buyumlar nomenklaturasi, odatda maktabda ishlagandagidan torroq bo`ladi. Ishlab chiqarish manfaatlari nuqtai nazaridan buni batamom oqlash mumkin, chunki shu tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotning seriyaliligi ortadi va mehnat unumdorligi o`sishi uchun sharoit yaratiladi. Ammo o`qituvchi o`quvchilarning ishi haddan tashqari zerikarli bo`lib qolmasligi va o`quv dasturining bajarilishi haqida g’amxo`rlik qilishi kerak bo`ladi.
Hozirgi kunda Texnologiya ta’limi fanlarini umum ta’lim maktablarida o’qitishda o’qituvchilar birqancha muammo va qiyinchiliklarga duch kelishlari hech kimga sir emas. Bu muammolar umum ta’lim maktablarida Texnologiya ta’limi darslarini o’qitishda doimiy ravishda amaliy mashg’ulotlar olib borish bilan bog’liqdir. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun esa o’quv ustaxonalari va asbob uskunalar yetarlicha bo’lishi zarur. Lekin bugungi kunda bunday sharoitlarga ega yaxshi jihozlangan o’quvustaxonasiga ega bo’lgan maktablar kamchilikni tashkil etadi. Ana shunday muammolarini oldini olish maqsadida o’quvchilarni ishlab chiqarish korxonalariga sayohatga olib chiqish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar ishlab chiqarish korxonalarida nazariy bilimlarni amaliy sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar va shu bilan birgalikda mavzu yuzasidan olingan bilim, ko’nikmalar mustahkamlanadi.
Bundan tashqari Davlat ta’lim standartida Pazandachilik asoslarini o’qitishda belgilab qo’yilgan mavzular va amaliy mashg’ulotlar soatlari belgilangan bo’lib bularni har bir o’qituvchi yaxshi bilishi va ta’lim jarayonini shunga tayangan holda olib boorish zarur.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling