Kurs ishi mavzu: ’’ tabiatni seving va asrang’’


Tabiatni asrash insoniylik burchimiz


Download 310.17 Kb.
bet8/8
Sana04.02.2023
Hajmi310.17 Kb.
#1158688
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
marjona

2.3. Tabiatni asrash insoniylik burchimiz

Biz har doim tabiat so‘ziga ona iborasini qushib aytamiz. Chunki bola ona bag‘rida erkin o‘sib ulg‘aygani kabi insoniyat hayoti ham tevarak atrofimizni o‘rab turgan mana shu borliq, tabiat quynida kechadi. Shu bois tabiatga onaga kabi e'zozli munosabatda bo‘lish talab etiladi. Alloh taolo ust boshimiz, oziq- ovqatimiz uchun kerak bo‘ladigan barcha ne'matlarni tabiat bag‘riga joylagan.


Qur'oni karimda bunday marhamat qilinadi:
U yerni sizlar uchun beshik (qarorgoh) qilib qo‘ydi va unda yo‘llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg‘ir, qor) yog‘dirdi. Bas, u (suv) bilan turli o‘simliklar navlarini undirib chiqardik” (Toha, 53).
Yerning usti ham, osti ham bizga berilgan. Tiriklikda yer ustida bo‘lsak, vafot etganimizdan keyin uning bag‘riga singamiz. Shunday ekan, ona yerni obod qilib yashab turgan joylarimizni pok tutsak, o‘zimiz va barcha insonlar uchun qayg‘urgan bo‘lamiz.
Alloh taolo bizga ato etgan ulug‘ ne'matlardan biri suvdir. Yer yuzi tabiati uchun oqar suvlar go‘yo inson tanasidagi qon kabi muhimdir.
Olimlar ta'kidlashicha, jismning asosiy qismini, ya'ni, yetmish ikki foizini suv tashkil etar ekan. Ammo bugun toza oqar suvlarning qadriga yetayapmizmi? Ilgarilari ariqlardan bemalol suv ichar edik. Endi buning iloji yo‘q. Chunki ularga har xil chiqindilar tashlanadi. Ba'zan ariqlarda yelim idishlar, mevayu qovun tarvuz po‘choqlarini ko‘rib hayron qolasiz.
Tevarak atrofdagi dov daraxtlarni oling. Alloh taolo nafas olishimizni unga bog‘liq qildi. Daraxtlar bizga havoni tozalab beradi. Bugun qancha daraxt ekayapmizu qanchasini kesayapmiz?,
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim daraxt eksa va uni avaylab asrasa, meva bergunicha parvarishlasa, mevasidan odamlarga yetgan har bir foyda uchun Alloh taoloning huzurida unga ajr savoblar bo‘ladi”, deb marhamat qilganlar.
Demak, ekkan daraxtingiz mevasidan, soya salqinidan odam bolasi yoki qushlar foydalanadimi, savobi sizga yozilaveradi.
Dinimiz daraxtlarni parvarish qilmay, quritish yoki sababsiz kesishdan qaytargan. Islom dinida tabiatni asrash vojib amallardan sanaladi buni har bir musulmon yaxshi bilmog‘i kerak.
Shu o‘rinda aytish joiz, agar bahorda har birimiz hovlimizga, ko‘chalarimizga uch tubdan nihol eksak, bu ishimiz bilan tabiatdagi muvozanatni saqlashga va yurtimizni obod etishga hissa qo‘shgan bo‘lar edik.
Bu dunyoda yashayotgan barcha insonlar xuddi bir kemaga chiqqan yo‘lovchilar kabi. Agar kemaning bir joyi darz ketsa, barchaga zarari tegadi. Xullas, hayotimizga kerakli ona tabiatni asrashga barchamiz mas'ulmiz.
Toshkent davlat agrar universitetida “Ekohaftalik – 2016” doirasida “Tabiatni muhofaza qilish sohasida erishilgan yutuqlar. Muammolar, yechimlar va soha rivojlanishining istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tabirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat hududiy bo‘limi xodimlari, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanishni ta’minlash, ekologik madaniyat va ta’limni yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
– Har yili Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekohaftalik o‘tkazish an’anaga aylangan, – deydi Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi A.Xolmurodov. – Joriy yil mazkur haftalik dunyoda “Yovvoyi tabiatni asrash – hayotni asrash demakdir!” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ekologik to‘garaklar yoshlarning sohaga qiziqishini yanada oshirish, ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Haftalik doirasida ushbu to‘garaklarga tabiatni muhofaza qilish sohasidagi zarur adabiyotlar, bannerlar, qushlar uchun sun’iy uyalar tarqatildi.
Ekohaftalik doirasida viloyatda yoshlar o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari, “Sog‘lom atrof-muhit – sog‘lom avlod garovi” shiori ostida ekologik aksiyalar, “Tabiat va biz” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda kasb-hunar kollejlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda viloyatdagi ekologik haftalikning faol ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘quvchilarining tabiat mavzusiga bag‘ishlangan ijodiy ishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Yaxshi eslayman, o'tgan asrning 50-60 yillarida bir tup pomidor kuzgacha 20-30 kilogramm hosil berardi. Ariqlarda baliqchalar suzib yurardi.

Bizning davrimizda qovun-tarvuzlar shu darajada shirin ediki, suv bilan yuvmasak labimiz labimizga, barmoqlarimiz bir-biriga yopishib qolardi. 
Bugun negadir daryolarda nafaqat baliqlar, balki qurbaqlar ham kamyob bo'lib bormoqda.
Orol dengizining qurishi, qurg'oqchilik va boshqa global ekologik muammolar bugun insoniyatni tashvishga solmoqda. Bu kabi ekologik muammolar bugungi kunda insoniyatdan tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni, tabiiy resurslardan unumli va tejamkor tarzda foydalanishni taqozo etmoqda.
Buning uchun odamlar oddiy ekologik qoidalarga rioya qilishsa kifoya. Misol uchun, aholi vakillari o'z tomorqalaridan foydalanayotganda mineral o'g'itdan foylamanmaganlari ma'qul. Uning o'rniga begona tuproq, qum, parranda, chorva chiqindisidan foydalanilsa, tuproq unumdorligi oshib, ekologiyaga zararning oldi olinadi.
Ag'darma chopiq qilib, yovvoyi o'tning tugunagi bilan terib olib, yondirish zarur, donini donlatishdan ehtiyot bo'lgan maqsadga muvofiq. Bu orqali yer degradatsiyasi, qolaversa turli kasalliklar yuzaga kelishining oldi olinadi.
Ona Yer, zilol suv, musaffo havo, go'zal tabiatni asrashga, ulardan oqilon foydalanishga har bir birimiz mas'ulmiz. Chunki ularga kelajak avlodning ham haqqi bor. Shuni unutmasak bo'lgani.


XULOSA
Biz har doim tabiat so'ziga ona iborasini qushib aytamiz. Chunki bola ona bag'rida erkin o'sib ulg'aygani kabi insoniyat hayoti ham tevarak atrofimizni o'rab turgan mana shu borliq, tabiat quynida kechadi. Shu bois tabiatga onaga kabi e'zozli munosabatda bo'lish talab qiladi. Alloh taolo ust boshimiz, oziq-ovqatimiz uchun kerak bo'ladigan barcha ne'matlarni tabiat bag'riga joylagan. Dinimizni saqlashni saqlash, qutqarish yoki sababsiz olib tashlashdan qaytargan. Islom dinida tabiatni asrash vojib amallardan sanaladi buni har bir musulmon yaxshi bilmog'i kerak. Shu o'rinda aytish joiz, agar bahorda har birimiz hovlimizga, ko'chalarimizga uch tubdan nihol eksak, bu ishimiz bilan tabiatdagi muvozanatni saqlashga va yurtimizni obod hissa qo'shgan bo'ladi. Bu dunyoda yashayotgan barcha insonlar kabi bir kemaga chiqqan yo'lovchilar kabi. Agar kemaning bir joyi darz ketsa, barchaga zarari tegadi. Xullas, hayotimizga kerakli tabiatni asrashga barchamiz mas'ulmiz


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
.
Download 310.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling