Kurs ishi mavzu: ’’ tabiatni seving va asrang’’


II BOB. BIZ SENI ASRAYMIZ, ONA TABIAT


Download 310.17 Kb.
bet6/8
Sana04.02.2023
Hajmi310.17 Kb.
#1158688
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
marjona

II BOB. BIZ SENI ASRAYMIZ, ONA TABIAT
2.1. Tabiatni asrash hayotni asrash


Nima uchun Vatan, Yer va tabiatga nisbatan
Ona so`zini qo`shib aytamiz?
Bolam, Ona Yer, Ona Vatan, Ona Tabiat
Onalarimiz kabi mo`tabar va muqaddasdir!
Uni asrab-avaylash, e’zozlash
Har birimiz uchun ham qarz, ham farz!

Sen bilan hamnafas, uyg`unmiz har dam,
Osmono`par tog`laring to`kadi savlat.
Bag`ringda buloqlar jo`sh urar har dam,
Ulug`imsan Vatandek, ona tabiat! {x2}

Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.

O`n sakkiz ming olamning ko`rki odamzod,
Ba’zan qilmishlari ozorli, hayhot.
Bu yo`ldan qaytamiz, inson ulug` zot,
Joningga jon bo`laylik, ona tabiat.

Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.

Farzandlari asl yurtning joni tabiat,
Fidoyisi, darmoni ham shoni tabiat.
Gar sen sog`lom bo`lsang, avlodlar sog`lom,
Jannatmonand, muqaddassan ona tabiat, ona tabiat.

Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Tabiatni asrash - hayotni asrash” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda atrof-muhitni muhofaza qilishda boshqarmaning vazifalari, shuningdek, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olishda «Toza hudud» unitar korxonasi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi. Tadbirda partiya deputatlari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ko‘pincha bahor va yoz fasllarida tabiat qo‘ynida dam oluvchilar yanayam ko‘payadi. Bu yaxshiyu, biroq ko‘p hollarda fuqarolarning atrof-muhitga turli chiqindilarni tashlab, ifloslantirishiga duch kelinmoqda. Ushbu holatlarga nisbatan ma’muriy, kerak bo‘lsa, jinoiy javobgarlik choralari ham qo‘llanilayapti. Biroq ahvol bungacha bormasligi, odamlarda tabiatni asrab-avaylash, kelgusi avlodga yetkazishdek mas’uliyatni shakllantirishimiz kerakligi ta’kidlandi.
Bu borada davlat rahbarining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yangi vazifalari belgilandi. Bundan tashqari, “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning VI yo‘nalishdagi 79-80 maqsadlarida ham bir qancha vazifalar berilgan. Ochiq muloqotda mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlashda tegishli idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari va deputatlarimiz tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.


Download 310.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling