Taqdimot qoidasi
• Chiqish reglamentiga rioya qilish
• Chiqish navbatiga rioya qilish
• guruh a`zolari o`rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va ular xatti-
harakatida kelishuvga erishish
• ma`lumotlar grafik ko`rinishida (sxema, jadval, grafik) taqdim
etilishi lozim bo`ladi;
• har qanday grafik ko`rinishidagi ma`lumot sharhlanishi talab etiladi.
Taqdimotda nimaga yo`l qo`yilmaydi:
• holatni tasvirlash va uni qayta so`zlab berishga;
• ishtirokchilarning so`zga chiqishlaridagi qarama-qarshiliklarga;
• tushunarsiz, noaniq, o`rinsiz iboralarga.
O`ylab ko`ring va guruhda taqdimotni baholash ko`rsatkichlari va mezonlarini muhokama qiling.
Tajriba sinov tashkil etish va ularning natijalari
Tadqiqot ishlarini olib borishda asosiy e`tiborni o`rganilayotgan muammoning zarurligiga qaratiladi.
Bunday muammo doirasida tashkil etilayotgan tajriba ishlarining puxta ishlab chiqilgan dastur asosida olib borilishi, avvalo, ushbu muammoni ijobiy echimga ega bo`lishini, bu boradagi nazariy g`oyalarning ilmiy jihatdan asoslanishini, shuningdek, ularning haqqoniy bo`lishini ta`minlaydi.
Tadqiqot ishlarini tashkil etishda:
1. Talabalarga asosiy buyum andazalarini chiqarish, tayyorlangan chizma va andozalarni tahlil qilish texnologiyalari asosidagi ko`nikmasini shakllantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish;
2. Talabalarga asosiy buyum andazalarini chiqarish, tayyorlangan chizma va andozalarni tahlil qilish asosi haqida nazariy tushunchalarni berish;
3. Talabalarda mavzu yuzasidan bilimlarni o`zlashtirishga doir ko`nikmalarni shakllanishiga erishish;
4. Har bir mavzuni o`zlashtirish maqsadida uni tahlil qilish;
5. Mashg`ulotni tashkil etishda o`qituvchi rahbar emas, balki rahbar o`qituvchi bo`lib qatnashish;
6. Matematik-statistik metodi yordamida tahlil etish vazifalarini oldimizga maqsad qilib qo`ydik.
Talabalarga asosiy buyum andozalarini chiqarish, tayyorlangan chizma va andozalarni tahlil qilishni nazariy hamda amaliy mashg`ulotlarini tashkil etishda, birinchi navbatda talabalar bilimini quyidagicha tartibda baholash me`yorlariga qaratildi.
Talabalarning bilimini baholash me`yorlarini turli toifalarga ajratib baholashga harakat qilindi.
Turli shakldagi bilimni hisobga olish quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim:
1. Asosiy buyum andazalarini chiqarish, tayyorlangan chizma va andozalarni tahlil qilishni bilish hamda hodisalarni tasvirlay olishni;
2. Chizma va andozalarga oid qonun – qoidalarni bilish va ularni qo`llay olishni;
3. Og`zaki nutq va yozma ishlarini rasmiylashtirish (yozish, hisoblash, chizma chizish);
4. Kitob bilan ishlash malakasini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |