Kurs ishi mavzu: A. S. Pushkin nomidagi samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bajardi: 05-20 guruh o’quvchisi Solihova Nazokat. Tekshirdi: Mamtaliyeva G. G’. Samarqand 2023 reja


Yig’ma elektron katalog sektori bo'limi


Download 289.41 Kb.
bet7/21
Sana18.06.2023
Hajmi289.41 Kb.
#1593679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
samarqand kutubxonasi.KURS ISHI

Yig’ma elektron katalog sektori bo'limi
Asosiy vazifalari

  • Xizmat axborot-kutubxona fondining tarkibi va mazmunini ochib beruvchi, ma’lumot-bibliografik apparati bo‘lgan barcha ko‘rinishdagi kartochkali va elektron kataloglari ishini yaratadi va tashkillashtiradi.

  • Xizmat AKMning axborot-kutubxona resurslarini saqlash, foydalanuvchilarning talablariga asosan berish, shuningdek, kataloglar bo‘yicha bibliografik qidiruvni amalga oshirish uchun axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish kompleks jarayonlarini amalga oshiradi.

Xizmatning asosiy funksiyalari

  • Axborot, kutubxona va nashriyotchilik ishi bo‘yicha standartlar tizimi, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, xalqaro standartlar, xizmat ishlari jarayonlarini boshqaruvchi tasdiqlangan yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlar asosida ishlaydi va tahrirlaydi, AKMning barcha turdagi kartochkali va elektron katalogini to‘g‘ri shakllantirish yo‘li bilan tashkillashtiradi.

  • Xizmat axborot-kutubxona resurslarini saqlashga, foydalanishga hamda ular haqida bosma va elektron katalog ma’lumotlar bazasidan axborotlarni taqdim etish uchun ishlov beradi.

  • Bibliografik yozuvlarni yaratish, indekslash, axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni AKM kataloglarida aks ettirish va bibliografik qidiruv uchun predmetlashtirishni amalga oshiradi.

  • Axborot-kutubxona resurslariga texnik ishlov berish jarayonlarini amalga oshiradi.

  • Raqamlashtirilgan resursni serverga yuklash yo‘li bilan AKM elektron katalogining to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va elektron katalog ma’lumotlar bazasida bibliografik yozuv bilan bog‘lanishni tashkillashtiradi.

  • AKM va viloyat axborot-kutubxona muassasalari bibliografik yozuvlarini muntazam rejali taqdim etishni tashkillashtirish yo‘li bilan viloyat yig‘ma elektron katalogini yaratishda qatnashadi.

  • Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish bo‘yicha viloyat axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirish uchun metodik yordam ko‘rsatadi.

  • Mahalliy va xorijiy mamlakatlarning etakchi axborot-kutubxona muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganadi va o‘z faoliyatida amaliyotga joriy etadi.

  • Xizmatning barcha ko‘rinishdagi ish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va yillik reja, hisobotlarini tuzadi.

  • O‘rnatilgan namunadagi hujjatlarda qabul qilingan kutubxona ko‘rsatkichlari va hisoblash birliklarida bajarilgan ishlarni qayd etadi.

  • Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish bo‘yicha majlislar, maslahatlar, seminar va konferensiyalarni o‘tkazadi, kadrlar malakasini oshiradi.

Xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro konferensiya, seminarlarda qatnashadiНачало формы.Конец формыНачало формыКонец формыkataloglashtirish va axborot kutubxona fondalriga ishlov berish xizmatining tarkibiga kiradi. YEK sektori elektron shakldagi bibliografik yozuvlarni to‘g‘ri shakllantirilishini tekshirish, yig‘ish, AKM Yig‘ma elektron katalog sektori (keyingi o‘rinlarda YEK deb yuritiladi) axborot–kutubxona markazining serverida saqlash, Respublika Yig‘ma elektron katalog markaziga kiritish ishlarini olib boradi.YEK sektori viloyat hududidagi axborot-resurs markazlarida va axborot-kutubxona muassalarida yaratilayotgan bibliografik yozuvlarni nazorat qiladi.YEK sektori olib borayotgan ishlar yuzasidan statistik ma’lumotlar hisobotini tayyorlaydi va viloyat axborot-kutubxona markaziga topshiradi. 

Download 289.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling