Sektorning asosiy vazifalari
YEK sektori hududiddagi barcha ARMlarning va axborot-kutubxona muassalaridagi elektron bazasi bilan ishlaydi;
axborot-kutubxona muassasalariga elektron-katalog sohasiga oid uslubiy yordam berib boradi;
axborot-kutubxona muassasalariga qanday dasturlarda elektron bazasini yaratishi va ishlash tizimini tushuntirib boradi;
axborot-kutubxona muassasalaridan o‘z vaqtida elektron bibliografik yozuvlarni oladi;
elektron bibliografik yozuvlarni GOST O‘z Dst 2009-1215, O‘z DSt 2312:2011, UzMARC 2803-2013, 3304:2018 standartlari asosida nazorat qiladi;
bibliografik yozuvlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi;
AKMning YEK, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va REYKM elektron bazasini yaratishda faol qatnashadi;
olib borilgan ishlar yuzasidan AKM rahbariyatiga, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va REYKMga o‘z vaqtida hisobot berib boradi.
Sektorning asosiy funksiyalari
Axborot-kutubxona muassasalari YEKni shakllantirishda ishtirok etadi va YEK ishtirokchilari hisoblanadi. Ularga o‘zlarining mahalliy elektron katalog ma’lumotlar bazasini YEKka yuklash hamda YEKdan bibliografik yozuvlarni o‘zlarini elektron katalogiga olish huquqiga ega;
YEK ishtirokchilari ma’murning kirishi huquqi bilan o‘z elektron katalogidan bibliografik yozuvlarni eksport qilishi va ularni YEK tizimiga import qilish (yuklash) yo‘li bilan YEK tizimiga taqdim etadi;
YEK tizimi bibliografik yozuvlarni yagona davlat standartlari asosida UZMARC formatda konvertatsiyalashni nazarda tutadi;
YEK qatnashchilari tomonidan bibliografik yozuvlarning dubleti bor-yo‘qligi tekshiriladi. Bibliografik yozuvlarning dubleti mavjud bo‘lganda faqat nusxalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuklanadi;
YEK ishtirokchilari me’yoriy hujjatlarga muvofiq YEKga yuklashga qadar o‘z bibliografik yozuvlarini tahrir qilishda qatnashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |