Kurs ishi mavzu: A. S. Pushkin nomidagi samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bajardi: 05-20 guruh o’quvchisi Solihova Nazokat. Tekshirdi: Mamtaliyeva G. G’. Samarqand 2023 reja


Axborot-kutubxona markazining ilmiy-metodika xizmati bo'limi


Download 289.41 Kb.
bet6/21
Sana18.06.2023
Hajmi289.41 Kb.
#1593679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
samarqand kutubxonasi.KURS ISHI

Axborot-kutubxona markazining ilmiy-metodika xizmati bo'limi


  • Ilmiy-metodika xizmati axborot-kutubxon markazining (keyingi o‘rinlarda AKM deb yuritiladi) tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, kutubxonachilik sohasida AKMning barcha tarkibiy bo‘limlari va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari hududdagi barcha kutubxonalar uchun metodik va amaliy yordamni amalga oshiradi.Axborot-kutubxona markazi tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari, kutubxonalar va ilmiy-ta’lim muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini rivojlantiradi. 

Xizmatning asosiy vazifalari

  • аxborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi, amaliyotga joriy qilishga ko‘maklashadi;

  • axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish, axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish, hisobga olish, foydalanish va saqlashning samarali shakl va usullarini ishlab chiqadi;

  • axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining malakasini oshiradi;

  • kutubxona ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • yangi ish shakllarini o‘rganadi, axborot texnologiyalarini tadbiq etish va kutubxonachilar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan kutubxona ishini tashkil etish metodikasini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

  • AKMning alohida bo‘limlari va axborot-kutubxona muassasalari, shuningdek butun kutubxonalar tizimi holatini va rivojlanishini o‘rganish maqsadida analitik faoliyatni amalga oshiradi;

  • kutubxonachilarni o‘z vaqtida metodik monitoring doirasida zamonaviy kutubxonachilik nazariyasi va amaliyoti yutuqlari, kutubxona ishidagi barcha yangiliklar bilan tanishtiradi.

Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati bo'limi


Xizmatning asosiy funksiyalari

  • xizmat AKM xizmatlari va viloyat axborot-kutubxona muassasalariga metodik, amaliy, maslahat yordamini ko‘rsatadi va ularning monitoringini olib boradi;

  • tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari, hududdagi axborot-kutubxona muassasalarining hisobotlarini yig‘adi, tahlil qiladi, muammolarini o‘rganadi, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtiradi;

  • axborot-kutubxona muassasalari uchun ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, konkurslar, stajirovka va o‘quv kurslarini tashkil etadi.

  • kitobxonlar bilan ishlashning an’anaviy shakllarini o‘rganadi, yangi kutubxona texnologiyalarini va yangi ish shakllarini viloyat kutubxonalari ishiga tadbiq etadi;

  • xizmat metodik-bibliografik materiallar, metodik qo‘llanmalar, metodik-ko‘rsatma materiallarni ishlab chiqadi va chop etadi;

  • AKM faoliyati bo‘yicha yozma hisobotlar (yillik, chorak) tayyorlaydi;

  • ommaviy axborot vositalariga AKM faoliyati haqida ma’lumotlar taqdim etadi;

  • shaxsning umumiy va o‘qish madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ommaviy tadbirlarni tashkil etishga rahbarlik qiladi;

  • xizmatning istiqboldagi va joriy ish rejalarini tuzadi, raqamli va yozma hisobotlarni tayyorlaydi;

  • O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boshqarmasiga axborotlar tayyorlaydi;

  • ish jarayoniga davlat standartlari va me’yorlarni joriy qiladi;

  • xizmat xodimlari AKM tomonidan tashkil etilgan seminar, trening, davra suhbatlari, konferensiyalarda ishtirok etadilar.

Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati Axborot-kutubxona markazining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Xizmat AKMning turli ko‘rinishdagi (kartochkali va elektron) kataloglarini tashkil qiladi va yuritadi, axborot-kutubxona resurslarini indekslash (tizimlashtirish)ni amalga oshiradi, viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi.Xizmat qoshida yig‘ma elektron sektori faoliyat olib boradi.

Download 289.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling