Kurs ishi mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi


Download 72.78 Kb.
bet3/10
Sana08.06.2023
Hajmi72.78 Kb.
#1465728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abduvaliyev Yangi

Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish,2 tabob, 4 ta paragraph va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


BIRINCHI BOB: DASHTI QIPCHOQDA O`ZBEKLAR ULUSINING TASHKEL TOPISHI

1.1.Dashti Qipchoq qabilalari va ularning ijtimoiy iqtisodiy hayoti

Dashti qipchoq Dashti qipchoq umumiy nom bilan «qipchoqlar» deb atalgan ko'chmanchi turkiy tilli qabilalarning yurti bo'lgan. Yozma manbalarda bu nom XI asrdan boshlab tilga oli-nadi. Dashti qipchoq —- bu, Sirdaryoning quyi oqimi, Balxash ko'lidan to Dnepr daryosining quyi oqimigacha bo'lgan geografik hududdir. Ayni paytda Dashti qipchoq chegaralari tarixiy voqealar jarayonida o'zgarib turgan. Bu chegaralar Kavkaz tog'lari, Qora va Kaspiy dengiz-larigacha yetib borgan.


Dashti Qipchoq oʻzbeklari - qadimdan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida koʻchib yurgan turkiy-moʻgʻul qabilalari. Arlot, bahrin, burqutyaar, doʻrmon, iyjon, xitoy, qarluqlar, majar, qipchoq, qiyot, qoʻngʻirot, qurlovut, mangʻit, nayman, nukuz, tangut, uygʻurlar, merkit, qoʻshchi, oʻtarchi, jot, chimboy, kenagas, uysun, tuboyi, toymas, echki, tuman-ming, shodbaxtli, shunqorli va boshqa qabilalar 13-asr oxiri va 14— 16-asrlarda oʻtgan Sharq tarixchilari tomonidan umumiy bir nom bilan "oʻzbek" deb atalgan. Hamdulloh Qazviniy (1281 — 1350) ning "Tarixi guzida" ("Tanlangan tarix") asarida Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonga tobe yerlar va xalqlar haqida fikr yuritiladi va bu qabilalar koʻchib yurgan yerlar, yaʼni Sharqiy Dashti Qipchoq esa "ko'chmanchi oʻzibeklar mamlakati" deb koʻrsatiladi. "Oʻzbek" (o'zibek) atamasini qabilalar uyushmasi va shu qabilalarga qarashli yerlarning nomi sifatida Oʻzbekxon davriga qadar ham qoʻllanilgan. Mac, Mirzo Ulugʻbek oʻzining "Tarixi arbaʼ ulus" ("Toʻrt ulus tarixi") nomli tarixiy asarida, Oʻzbekxonning hokimiyat tepasiga kelishi zikrida, "oʻzbek ulusi unga berildi", deb yozadi. Roʻzbexon "Mehmonnomai Buxoro" kitobida Dashti Qipchoq oʻzbeklari 3 toifadan: shayboniylar (Shaybon ulusiga kirgan qabilalar), qozoqlar va mangʻitlarsan tashkil topganligini koʻrsatadi. Shaybon ulusi, manbalarning maʼlumotlariga koʻra, 1238-yilda tashkil topgan va Ural togʻining etaklaridan Tobol va Sarisuv daryolarigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan [uning jan. chegarasi Orol dengizining shim. sohili, shim. chegarasi esa Chingi Tura (Tura)da boʻlgan]. Mangʻit ulusi Emba bilan Jayiq daryolari oraligʻidagi yerlarga joylashgan. Mangʻitlar 15-asrning 30 yillarida Abulxayrxonga boʻysundilar. Qozoqlar atamasi etnonim sifatida 1446-yildan boshlab paydo boʻldi. Oq Oʻrda xoni Oʻrusxon avlodi boʻlgan sultonlar: Kereyxon (Kirayxon) va Jonibek 15-asrning 40- yillarida Abulxayrxonga boʻysunishdan bosh tortib, oʻz tarafdor-tobelari bilan Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va oradan koʻp oʻtmay Qozoq xonligiga asos soldilar (1465-yil). Abulxayrxondan qochib ketgan bu qabilalar tarixda "qozoq" nomini oldilar.5
Dashti Qipchoq oʻzbeklari asosan chorvachilik bilan shugʻullangan, vohalarda qisman dehqonchilik qilishgan. Dashti Qipchoq oʻzbeklari faqat Oʻzbekxon zamonida islom dinini qabul qilganlar, lekin ularning urfodatlarida maʼjusiylikning ayrim alo-matlari saqlanib qolgan. Keyingi asrlarda Dashti Qipchoq oʻzbeklari Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistondagi bir necha xalqning tarkibiga kirgan.
Dashti qipchoq ikki qismga — Sharqiy va G'arbiy qismlarga bo'lingan. Uning Sharqiy qismi O'rol daryosi va Sirdaryoning quyi oqimidan to Balxash ko'ligacha; G'arbiy qismi esa O'rol va Volga daryolaridan to Dneprgacha bo'lgan hududlarni o'z ichiga olgan. Qipchoqlar ras solnomalarida polovetslar, Vizantiya manbalarida kumonlar deb atalgan.XIII asr oxiri va XIV—XVI asrlar tarixiy manbalari-da Dashti qipchoqning Sharqiy qismida yashagan qabi-lalar umumiy bir nom bilan o'zbeklar, yurt esa O'zbek ulusi deb Ш§а olinadi. Dashti qipchoq qabilalarining ko'pchilik qismi Oltin O'rda hukmdori O'zbekxon (1312—1341) davrida islom dinini qabul qilganlar.
Dashti qipchoq aholisi asosan chorvachilik bilan shug'ullangan. Vohalarda esa qisman dehqonchilik qil­ganlar. Hayvon terisidan turli buyumlar: palos, xurjun, namat tayyorlaganlar.
Dashti qipchoq iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy jihatdan qulay hudud bo'lgan. Chunki, bu yerlar orqali Q'rta Osiyoni Sharqiy Yevropa bilan, birinchi navbatda Rus, Volgabo'yi bulg'orlari, Qozon, Astraxan va Qrim xonligi bilan bog'laydigan savdo yo'llari, shuningdek, Xitoy bilan O'rta Yer dengizini bog'lovchi Buyuk Ipak yo'li ham o'tar edi. Ayni paytda bu hudud aholisi qo'shni xalqlar bilan bevosita savdo-sotiq qilish imkoniyatiga ega edi.
Abulxayrxonning davlat tuzish uchun kurashi: Oltin O'rda atamasi Botuxon hukmdorligi davridan boshlab butun Jo'chi ulusiga, XIV asrdan e'tiboran esa Oq O'rdaga nisbatan qo'Uanilgan. Chunki, XIV asrning boshlarida Jo'chi ulusi ikki qismga bo'linib ketgach, uning Sharqiy qismida Oq O'rda davlati tashkil topgan edi. Bu davrda Oq O'rda — Botuxonning ulusi (Volgabo'yi) hamda ukalari — Berkaxon (Shimoli-shar-qiy Kavkaz), Shaybon (G'arbiy Qozog'iston va G'arbiy Sibir) hamda Noval (Qora dengiz bo'yidagi yerlar) ulus-laridan iborat bo'lgan.
Shayboniylar ulusi O'rol tog'ining janubiy etaklari-dan to Tobol daryosi, Sirdaryoning quyi oqimi, Orol dengizining shimoliy sohili, shimolda esa Tumongacha bo'lgan hududlarni egallagan edi.
Balxash kо`li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bо`lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlangan. XIV asr boshlaridanoq bu yerda mavjud bо`lgan Jо`chi ulusi ikki mustaqil davlatga Kо`k О`rda va Oq О`rdaga bо`linib ketdi. XIV asr 60 yillaridan boshlab Oltin О`rda taxti uchun Ichan, Shaybon va Tо`qay Temur avlodlari о`rtasida kurash kuchayib ketdi. 1360-1380 yillar davomida Oltin О`rda taxtiga 25 xon kelib ketdi.6
XIV asrning 70 yillarida Oltin О`rda ichki kurashlar yanada keskinlashib ketdi. Bu kurashda Shayboniylardan Tulunbekaxonim, Ilbon, Alpxо`ja, Arabshoh, Kaonbeklar katta о`rin tutdilar. Oltin О`rda taxti uchun kurashlar kuchayib, tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Oq О`rda davlati kuchayib bordi. Bu holatni biz Urusxon va Tо`xtamishlar xukumronlik qilgan davrda kuzatishimiz mumkin. 1380 yilda Oq О`rdaning birlashtirilishi Tо`xtamishning Amir Temur tomonidan qо`llab quvvatlanganligi tasirida amalgaoshirilgan edi. Oltin О`rda Amir Temur tomonidan Tо`xtamishga qarshi kurashlar davomida ancha zayiflashtirilgan bо`lsada, Shodibek hukmronlik qilgan davrda 1401-1407 yana kuchaya boshladi. Shu yillarda Oltin О`rda Bulg`or, Xojitarxon, Qrim ustidan yana о`z hukmronligini о`rnatdi. 1406 yil Edigey tomonidan Xorazm bosib olindi. Bunga Temuriylar о`rtasida kuchayib ketgan taxt uchun kurashlar sabab bо`lgan edi.
XV asrning 1chi choragida Oltin О`rdada о`zaro siyosiy kurashlar yana kuchayib ketdi. 1400-1417 yillar davomida Oltin О`rda taxtiga о`tirgan 8 ta xon birin -ketin taxtdan tushirildi. (Shodibek, Pо`latxon, Temirxon, Jaloliddin Sulton va boshqalar). XIV asrning 80 yillaridan boshlab «оzbek ulusi» yoki «о`zbeklar viloyati» deb nom olgan. Oq О`rdada ham taxt uchun kurashlar kuchayib ketdi. Bir necha 10 yillar davomida taxt uchun Tо`xtamish, Quyirchoq о`g`lon, Barakxon, Ulugmuhammad kabilar kurash olib bordilar. 1424-1425 yillardan boshlab esa bu kurashlarda Muhammadxon, Kichik Muhammad, Tо`xtamishning о`gillari Davlatberdi va Kepakxonlar asosiy о`rin tutadilar. 7
Dashti Qipchoq uzoq vaqt davom etgan ana shu kurashlarda boshqa qabilalar bilan bir qatorda Shaybon avlodlari ham faol ishtirok etdilar va malum bir mavqega ega bо`lib bordilar. О`zaro kurashlardan kо`p qiynalgan halq uchun tinchlik nihoyatda zarur edi. 1427 yilda Alasha bahodir yordamida xon etib kо`tarilgan Abulxayrxon katta harbiy kuch tо`pladi va 1428 yilda о`z ulusiga qaytib, qiyot, mang`it, qо`ng`irot, dо`rmon, qushchi, о`tarchi, nayman, tuboyi, toymas, jot, korlik, ushun, kurlovut, echki, tangut, va boshqa qabilalar tomonidan ham xon etib kо`tarildi.
Bunda Abulxayrxonni 200 dan ortiq urug` va qabila boshliqlari qо`llab quvvatladilar. 1428 -29 yillarda kо`chmanchi о`zbeklar Janubi-G`arbiy Sibirdagi Tura shahrini qо`lga kiritdilar va bu shahar 1446 yilgacha Abulxayrxon davlatining poytaxti bо`lib qoldi. Abulxayrxonning bu muvaffaqiyati tezda butun Dashti Qipchokqa yoyildi va kо`pgina о`glonlar va sultonlar Abulxayrxon hizmatiga о`ta boshladilar. 1428-1431 yillar davomida olib borilgan kurashlar natijasida Abulxayrxon ilgarigi Shaybon ulusi yerlarini qaytadan birlashtirishga erishdi va о`z davlatini Oltin О`rda (Kо`k О`rda) dan mustaqil deb elon qildi. 1431-1432 yillarda Abulxayrxon Xorazm ustiga yurish qildi va uning shimoliy qismini temuriylardan tortib oldi. Biroq, bu yerda vabo tarqalgach, Xorazmni tashlab ketdi.
Biroq, manbalarda Abulxayrxonning Xorazmni tashlab ketishiga sabab Shohrux tomonidan qо`shin yuborilishi va Xojitarxon xoni Orol dengizi atrofida qochib yurgan Kichik Muhammadning о`g`li Maxmud va uning ukasi Axmadxon Abulxayrxonga qarshi kurash boshlab havf deb kо`rsatiladi. (Abdurazzoq Samarqandiy). XV asr 40 -yillarda Abulxayrxon Sig`noq, Oqqо`rg`on, Arquq, Sо`zoq va О`zgand shaharlarini egalladi. 1448 yilda Samarqandni taladi. Biroq Abulxayrxon qanchalik harakat qilmasin, davlatda" yagona, mutloq hukmdor bо`lib qololmadi. Bunga ayniqsa, Urusxon nabiralari qattiq qarshilik kо`rsatdilar. Abulxayrxon vafotidan sо`ng (1469) esa, davlatda yana о`zaro kurashlar avj oldi va kо`chmanchi о`zbeklar davlati о`zaro kurashlar natijasida yemirildi. Bu davlatning qayta birlashtirilishi Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451 - 1510) nomi bilan bog`liq.



Download 72.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling