Kurs ishi mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi


IKKINCHI BOB : XIV ASR OXIRI XV ASRLARDA DASHTI QIPCHOQ VA MOVARAUNNAHRDAGI IJTIMOIY SIYOSIY VAZIYAT


Download 72.78 Kb.
bet5/10
Sana08.06.2023
Hajmi72.78 Kb.
#1465728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abduvaliyev Yangi

IKKINCHI BOB : XIV ASR OXIRI XV ASRLARDA DASHTI QIPCHOQ VA MOVARAUNNAHRDAGI IJTIMOIY SIYOSIY VAZIYAT


2.2. Abulxayrxon davlatining parchalanishi va Dashti Qipchoqdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
Tarixdan ma'lumki, XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz, shimoli-sharqda Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimlari oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Bu hududda dastlab Jo'ji ulusi norai bilan Oltin O'rda xonligi tashkil etilgan.
XIV asr oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan so'ng parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va quyi oqimlarida Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida Turkiya ta'sirida bo'lgan Qrim xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida esa Oq O'rda tashkil topdi. Bu katta hududda qiyot, mang'it, do'rmon, qushchi, o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur, qorluq, ushun (usun), karlavut, ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu ulus O'zbeklar davlati, uning aholisi «o'zbeklar» deb atalgan.16
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi, ya'ni Oq O'rdada shayboniylardan bo'lgan Abulxayrxon (1428-1468) tarqoq bo'lgan mayda xonliklarni birlashtirib, katta davlatga asos soldi. Keyinchalik mang'it urug'lari ham Abulxayrxon qo'l ostiga birlashtirildi. Qozoq urug'lari XV asrning 40-yillarida Abulxayrxonga bo'ysunishdan bosh tortib Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va keyinchalik Qozoq xonligiga asos soldilar (1465).
Dashti Qipchoqda siyosiy tartibsizliklar, katta yer egalari bilan dehqonlar va chorvadorlar o'rtasida ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida davlat zaiflashib bordi. Ana shunday sharoitda hokimiyatni qo'lga olgan Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-yilda tug'ilgan, yoshlik yillarida Samarqand va Buxoro madrasalarida o'qigan) Dashti Qipchoqdagi qabilalarni birlashtirib, davlat hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.17
XI asrdan boshlab arab va balarida „Dashti Qipchoq“ deb ata- luvchi geografik hudud tilga obnadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan.
Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan.
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atalgan. ,,0‘zbek“ atamasining ma’nosini siz VII sinf ,,0‘zbekiston tarixi“ darsligidan bibb olgansiz.
1428-yilda Jo‘jining beshinchi o‘g‘b naslidan bo‘lgan Abulxayrxon Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy man- balarda bu davlat ,,0‘zbek ulusi“ (o‘zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. Abulxayrxon dastlab temuriylarga rasman qaram bo‘lgan Xorazmga hujum qilgan.
1446-yilda esa Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar — Sig‘noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, 0‘zgan va Suzoqni bosib oladi. 0‘z davlatining poytaxtini Turadan Sig‘noqqa ko‘chirdi.18
Abdulxayrxon asirlikdan qutilib, o`z ulusiga qaytishida Shanvay minglab degan jilg`ada qishlaydi va kelasi yilning bahorida o`sha Alasha Bahodirning aymog`i orasiga kelib tushadi. Asud ibn Usmon Qo`xistoniy bu aymoq katta aymoqlaridan biri bo`lib, bu yerda Alasha Bahodir va uning aymog`idagi feodallar Abulxayrxonga tobelik bildirdilar, - deb yozadi. Abulxayrxon Alasha Baxodirning yordami bilan kattagina harbiy kuch to`plab oldi va oradan ko`p vaqt o`tmay o`z ulusiga qaytib bordi. Bu yerda Qiyot, Mang`it, Do`rmon, Qushchi, O`tarchi, Joymon, Tuboiy, Toymon, Jot, Xitoy, Qarluq, Usun, Qurlovut, Echki, Tang`ut, Tomonlin, Qo`ng`irot va boshqa ko`chmanchi qabilalarning boshliqlari hamda ruhoniylar, sultonlar, o`g`lonlar uni xon qilib ko`tardi. Bundan Abulxayrxonni Dashti Qipchoqdagi Turk mug`ul ko`chmanchi qabilalarining ko`pchiligi quvvatlaganligi yaqqol ko`rinib turibdi.
Oʻzbek ulusi — Dashti Qipchoqning sharqiy qismi (Janubiy Gʻarbiy Sibir)da Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat va uning aholisi.
Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.
XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115-1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi19
1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jalol ad-din Manguberdi qoʻshinlarining etakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi.20
Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan qilgan 
Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining yurishini eslatib oʻtadi.21
Boshqa tarixchilarning fikricha, XIV asrning 60chi yillarida, Dashti-Qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. XIV asrning 60-yillarida „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dasht-i-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.22
Poytaxti — Chimgi-Tura (hozirgi Tura) shahri 1428—46 yillarda Oʻzbek ulusiga Orol dengizining shim. qirgʻoqlaridan to Irtish daryosining oʻrta oqimlarigacha, sharqda Sarisu va Chu daryolaridan gʻarbda Yoyiq (Ural) daryosining soʻl sohillarigacha boʻlgan yerlar qaragan. Oʻzbek ulusi urugʻqabilachilik munosabatlari asosida barpo etilgan. 1431—46 yillarda Abulxayrxon Joʻjixon naslidan boʻlgan koʻpgina sultonlar (Iboqxon, Burka Sulton, Jonibek, Gerayxon, Mustafoxon)ning ayirmachilik harakatlariga barham berish uchun kurash olib borgan.
15-asrning 30-yillarida Oltin Oʻrda, Ok Oʻrda, Moʻʼuliston va Temuriylar saltanatida ichki nizolar kuchayib ketganidan foydalanib Abulxayrxon Oʻzbek ulusi tarkibiga hozirgi Markaziy va Sharqiy Qozogʻiston yerlarini, Sirdaryo boʻyidagi Sigʻnoq, Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Suzoq shahrilari va Xorazm viloyatini qoʻshib olgan (1431—35). 1447-yil Oʻzbek ulusining poytaxti Turadan Sigʻnoqqa koʻchirilgan. Natijada Oʻzbek ulusi temuriylarning yon qoʻshnisiga aylangan. Dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj ularni har yili Movarounnahrga hujum qilishiga sabab boʻlgan. Shuningdek, Oʻzbek ulusi temuriylarning oʻzaro kurashlariga aralasha boshlagan. Mas, Abulxayrxon Abu Said mirzoning Samarqand taxtini egallashiga (1451) va Ulugʻbekning nabirasi Muhammad Joʻgiyning tojtaxt uchun kurashiga (1459—60) yordam bergan. Temuriylardan Sulton Husayn Boyqaro, Atouddavla, Manuchehr mirzolar Abulxayrxondan yordam soʻraganlar. Abulxayrxon vafoti (1468)dan soʻng Oʻzbek ulusi oʻzaro ichki nizolar natijasida inqirozga uchragan.
Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligining tasdig‘i edi.
Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish bosliladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi



Download 72.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling