Kurs ishi mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi
Download 56.33 Kb.
|
Abulxayrxon Dashti Qipchoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
X U L O S A
Shunday qilib, XVI asrda o’zbek davlatchiligi tarixida yetakchi siyosiy kuch sifatida faoliyat ko’rsatgan sulola bu shayboniylardir. Yuqorida ko’rib o’tilgan masalalar yuzasidan fikr qilinsa, mazkur sulola ham davlatchilik rivojiga ozmi-ko’pmi o’z xissasini qo’shishgan XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o‟rtasida boshlanib ketgan o‟zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm o‟zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi. Shayboniyxon tarqoq mayda mulklarni o’z hokimiyati ostida birlashtirib, nisbatan qisqa vaqt ichida siyosiy hokimiyatni markazlashtirishga erishdi27. Markaziy hokimiyatning kuchayuvi feodal nizolarning kamayishiga, ochiq talon-tarojlarni, sug’orish inshootlari buzilishini bartaraf etishga muayyan darajada yordam berdi. Bularning hammasi iqtisodiyotning yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, tarqoq xo’jaliklarning qayta tiklanishiga, dehqonlar va shaharliklarning tinch mehnati uchun muayyan sharoitlar yaratilishiga yordam berdi28. O‟zbekiston tarixi darslarida bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolni o‟rganish va uni o‟quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ishida quyidagi xulosalarga kelindi. Birinchidan, Shayboniyxon 1499-1509-yillarda olib borgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo‟lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topganligi yoritib berildi. Ikkinchidan, Shayboniylar davrida etnik o‟zgarishlar ro‟y berib dashti qipchoqdan ko‟chib kelgan qabilalar o‟zlari bilan “o‟zbek” degan etnik nomlarni olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi aniqlandi. Uchinchidan, Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abdurahm Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko‟kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol misoli sifatida ko‟rsatib berildi. Download 56.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling