Kurs ishi mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi
Download 56.33 Kb.
|
Abulxayrxon Dashti Qipchoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o`rganilish.
Ishning asosiy maqsadi. Ko’plab materiallar, tarixiy manbaalar hamda eng yangi ma’lumotlarga tayanib mavjud oldimizda turgan muammoni tarixiy asosda, ilmiy xolisona yoritishdan iborat.
Yuqorida ta’kidlanayotgan ma’lumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki, o’zbek davlatchiligi tarixida shayboniylar davri o’zining ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishi bosqichlari turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo’lgan. Shubxasiz, mazkur davlat taraqqiyotiga sulola asoschisi Muhammad Shayboniyxon sezilarli xissa qo’shgan. O’rta Osiyoda shayboniylar davri siyosiy tarixidagi ko’plab voqyealar ular tasarrufidagi hududlarda yashagan xalqlarning ichki hayotida ham, uning atrofidagi xalqlar va mamlakatlar hayotida ham sezilarli iz qoldirgan. Mazkur kurs ishida Muhammad Shayboniylar davri davlat boshqaruvi tarixini o’rganishda quyidagi masalalarni yoritishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Bular: temuriylar davlatining inqirozi sabablarini o’rgnaish; Xurosondagi siyosiy ahvolga baho berish; Movarounnahrdagi siyosiy ahvol bilan tanishish; Dashti qipchoqda Abulxayrxonning davlat tuzish uchun kurashi jarayonlarini o’rganish; Muhammad Shayboniyxon hayoti va faoliyatiga baho berish; Bobur va Shayboniyxonlarning o’zaro munosabatlarini ochib berish; Muhammad Shayboniyxon – Movarounnahr hukmdori davri tarixiy voqyealarni xolisona kichik ilmiy tadqiq etish; Xorazm va Xuroson uchun olib borilgan kurashlarga izoh berish; Shayboniylar o’tkazgan islohotlar samarasini tahlil qilish; Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qonli to’qnashuvlar sababini o’rganish va h.k.lar. Mavzuni o`rganilish.Shayboniylar davrida ham tarix ilmi ko’p rivoj topgan. 16 asr tarixini yoritib beruvchi “Tavorixi guzida, nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fatxnoma”, Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdat al-asror”, Fazlullox Ro’zbexxonning “Mexmonnomayi Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye al-vaqoye”, Xofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” kabi mumtoz tarixiy asarlari mazkur bitiruv malakaviy ishini yoritishda biz uchun muhim manbaalar hisoblanadi Xususan, Kurs ishi mavzusini yoritishda tarixchi olimlarimizdan B.Axmedovning “Tarixdan saboqlar” (T., “O’qituvchi”, 1994), Azamat Ziyoning “O’zbek davlatchiligi tarixi” (T.,“Sharq”, 2000), Sh.Karimovning “O’zbekiston tarixi va madaniyati” (T., “O’qituvchi”, 1992), S.X.Goziyevning “Moziyga nazar” (Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, T., 2009 y), “Podshoxoja qarashlarida ijtimoiy axloq masalalari” (A.Qodiriy nomidagi Xalq Merosi nashriyoti. T., 1999 y), A.Nabiyevning “Mustaqillik uchun kurash yohud parchalangan Turkiston tarixi” (T., “Yozuvchi”, 1998), Hurshid Davronning “Samarqand xayoli” (T.,“Kamalak”, 1991), Xolliyev G, G’ulomov X larning “O’zbekiston tarixi” (T., “Universitet”, 1997), Shamsutdinov R, Karimov Sh, Ubaydullayev O’ larning “Vatan tarixi” (T., “Sharq”, 2003) va boshqa shu kabi o’quv adabiyot va ilmiy risolalarga murojaat qildik. Download 56.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling