Kurs ishi mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi


Download 56.33 Kb.
bet9/10
Sana06.05.2023
Hajmi56.33 Kb.
#1433306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abulxayrxon Dashti Qipchoq

To`rtinchidan, Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma‟naviy merosiga qo‟shgan hissasi nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi.29
Beshinchidan, Shayboniylar davlatida boshqaruvining nihotda yaxshi tashkel qilingan, Shaybopniylarda uziga xos huquq tizimi joriy etilgan bulib u uzining asosiy belgilari bilan ajralib turgan. Bu boshqaruv tizimi O`zbek davlatchilik tarixida o`z o`rniga ega va takrorlanmasdir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joyizki, Shayboniylar sulolasining yuz yilga yaqin hokimlik davri (1500-1601 yy) o’ta murakkab sharoitda o’tgan. Shunday bo’lsada o’rta Osiyo madaniyati, shubhasiz qo’shni mamlakatlar bilan yaqindan aloqa qilib rivoj topdi. Zero, XVI asrda Qobul, Qoshg’ar, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlar bilan Movarounnahrning madaniy aloqalari yaqindan mavjud bo’lganligi shubhasiz. Ular o’z navbatida bir-biriga yordamlashib turganlar.
XVI asrda O’rta Osiyo ko’p mamlakatlar bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqada bo’lgan. O’z navbatida qo’shni Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta-katta savdo karvonlari bu diyorga kelib turgan. O’rta Osiyodan chet mamlakatlarga asosan to’qimachilik maxsulotlari, bo’z, har xil rangdagi matolar chiqarilgan. Gilam, mis idishlar, qurol-yarog’, pichoq, qilich, qalqon, sovut va hokazolar Sharq bozorlarida asosiy o’rinni egallar edi.
Bundan tashqari, suv tegirmoni va moy juvozlarning ko’pligi XVI asr hunarmandchiligining rivojlanishi, tranzit va ichki savdoning kengayishiga yordam berganligi shubhasiz.
Xullas, XVI asrdagi hujjatlarda o’tmish ajdodlarimiz hunrmandchilikning oltmishdan ortiq turi bilan shug’ullanganliklari qayd etiladi.
Shahrisabz, Qarshi, Toshkent, Andijon, O’ratepa, Axsikent, Xo’jand, Marg’ilon kabi shaharlarda ham hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari ancha keng rivoj topgan edi.
Ta’kidlash joyizki, o’rganilayotgan davrda Shayboniylar bilan Bobur o’rtasidagi o’zaro adovatga qaramasdan Hindiston bilan savdo va elchilik aloqalari muntazam davom etib turgan. 1528-1529 yillarda Zaxiriddin Bobur huzuriga o’zbek xoni Ko’chkunchi elchilar yuboradi. Elchilar orasida Shayboniyxonning boshqa vakillari ham bor edi.
Ishimiz so’ngida shuni ta’kidlashni istar edikki, har qanday tarixiy jarayon ma’lum bir jamiyatning mahsuli bo’lib, uning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Har qanday jamiyat esa odamlar tafakkuri va hukmron siyosat mahsulidir. Demak, ma’lum bir davrda, ma’lum bir jamiyatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o’sha jamiyatda va o’sha davrda mavjud bo’lgan muhitdan kelib chiqib tahlil qilinmasa o’z isbotini va mantig’ini topa olmaydi.
Istiqlol sharofati ila Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq etish baxtiga muyassar bo’lib turibmiz. Endi biz tarixchilar oldida ham tadqiqotchilik, ham fuqarolik burchi turganini, bir yelkamizda tarixga xolislik, ilmiy haqiqat bilan qarash yuki, ikkinchi yelkamizda esa Vatan va millat oldidagi javobgarlik, o’tmishimizni asrash, ajdodlar ruhini e’zozlash va kelgusi avlod oldidagi qarzdolik yuki borligini butun vujudimiz bilan anglamog’imiz kerak30.
Zotan, Prezidentimiz I.Karimov ham “Tarix sohasida mehnat qilayotgan olim mutaxassislarga murojaat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yoritib bering, toki u xalqimizga ma’naviy kuch – qudrat bahsh etsin, g’ururini uyg’otsin. Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak. Bu g’oyaning zamirida xalqimizning o’zligini anglash yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas,” – degan edi.

Download 56.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling