Kurs ishi mavzu: “Agrobiznes” va uning turlari Bajardi; O’rolov G’ulomjon O'qituvchi; Bababekova D. Toshkent-2023 Mavzu : Agro biznes va uning turlari. Mundarija Kirish Reja; I bob. Agro biznes va uning turlari
Download 133.87 Kb.
|
G\'ulomjon kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu : Agro biznes va uning turlari. Mundarija Kirish Reja; I bob. Agro biznes va uning turlari.
- II bob. Agro biznes va uning turlari nazariyasi rivojlanishini bosqichlar. 2.1 Renta munosabatlari. 2.2 Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari. Xulosa;
- I bob.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BANK ISHI FAKULTETI TALABASI IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “Agrobiznes” va uning turlari. . Bajardi; O’rolov G’ulomjon O'qituvchi; Bababekova D. Toshkent-2023 Mavzu : Agro biznes va uning turlari. Mundarija Kirish Reja; I bob. Agro biznes va uning turlari. 1.1 Agrobiznes va uning turlari. 1.2. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari.II bob. Agro biznes va uning turlari nazariyasi rivojlanishini bosqichlar. 2.1 Renta munosabatlari. 2.2 Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari. Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; KIRISH Prezidentimizning 2018 yil 17 apreldagi “Qishloq va suv xo’jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni dehqonchilikni tubdan isloh qilish, sohani sifat jihatidan yangilash, bebaho boylik bo’lgan yer, suv resurslaridan oqilona foydalanishga keng yo’l ochib bergani qayd etildi. Natijada aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda barqarorlikka erishildi. I bob. Agro biznes va uning turlari. 1.1 Agrobiznes va uning turlari. Agrobiznes — bozor iqtisodiyotining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, sotish, saqlash, taqsimlash bilan bogʻliq sohasi. Bu atamani birinchi marta 1957-yilda amerikalik tadqiqotchilar (J. X. Devis, G. A. Goldberg va boshqalar) qoʻllagan. Tarkibi, maqsadi jihatidan asosan agrosanoat majmuiga toʻgʻri keladi. Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati- agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta’mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi. Agrobiznesning asosiy turlari quyidagilar: fermer va dehqon xo’jaliklari; agrofirmalar; agrosanoat birlashmalari; agrosanoat kombinatlari; shirkatlar va boshqa jamoa xo`jaliklari; qo`shma korxonalar (agrar sohadagi). Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta’minlaydi va ular bozor konyukturasiga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun ma’suliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi. Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi. Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi. O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishini chizmada tasvirlash mumkin. espublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi, aholiga xizmat qiluvchi ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash va boshqa maqsadida ham infratuzilmalarga e’tibor berilmoqda. Birgina 2007 yili qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash 84 foizga. Shu jumladan qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta’minlanish 82 foiz, qishloqlarda 77 foizgacha ko’paydi. Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste’molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Agrofirma – ma’lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Download 133.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling