Kurs ishi mavzu: Axoli daromadlari va xarajatlarining balansi Bajardi: m-216-18


Aholi daromadlarining tarkibi va ularni tartibga solish


Download 213.21 Kb.
bet3/8
Sana17.02.2023
Hajmi213.21 Kb.
#1205219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-aholi daromadlarinign.docx555555

Aholi daromadlarining tarkibi va ularni tartibga solish

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqalar aholi daromadlarining maxsus turi bo’lib, ular kam ta’minlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarga davlat, firmalar va xayriya tashkilotlari tomonidan pul va natura (oziq-ovqat, kiyim-kechak va h.k) ko’rinishida beriladi.
Stipendiya davlat va firmalar tomonidan oliy o’quv yurtlari talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularga beriladigan yordam puli hisoblanadi.
Tomorqa daromadi. Tomorqa Sho’rolar davrida ham qishloqda oila uchun muhim daromad resursi hisoblangan. Tomorqa tabiatan bozor iqtisodiyoti talablariga ham mos tushadi, shu bois u bozor munosabatlarini o’ziga singdira oladi. Shuni aytib o’tish kerakki, mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholiga 500 ming gektardan ortiq sug’oriladigan erlar ajratib berildi.
Mamlakatimizda 2000 yil 1 aprel holatiga jami 3 mln. 322,6 ming shaxsiy tomorqa xo’jaliklari mavjud bo’lib, ulardan 1 mln. 800 mingtasi yoki 55 foizi dehqon xo’jaliklari sifatida ruyxatdan o’tkazildi. Shundan 8,3 mingtasi yuridik shaxs sifatida o’zlarining hisob raqamlarini ochganlar. Ularga 287,3 ming ga er ajratilgan bo’lib, o’rta hisobda bitta dehqon xo’jaligiga 0,16 ga maydon to’g’ri keladi.
Dehqon xo’jaliklarida 1999 yilda kartoshkaning 81 foizi, meva-sabzavotning 66 foizi etishtirildi.
Tomorqa haqida gap ketganda, u keltirgan pul daromadi bilan cheklanish xato bo’ladi, chunki bu xo’jalik aholining kattagina qismini bozordan mahsulot sotib olishdan xolis etadi, ya’ni tomorqada yaratiladigan mahsulotdan oilaning o’zida ham iste’mol etiladi. Buni natural is’temol deb ataladi. Natural iste’mol tufayli oila bozordan mahsulot xarid etish tashvishidan qutuladi, bu ishning xarajatlaridan ham ozod bo’ladi.
Inflyatsiya sharoitida oila o’zini-o’zi mahsulot bilan ta’minlashga ko’proq moyildir, chunki jamg’arilgan pul o’z qadrini yo’qotsa-da, jamg’arilgan mahsulotning qadri ortib boradi.
Shuni aytib o’tish joizki, pul daromadlari aniqlanganda, odatda pul tushumlari, natural iste’mol va turli imtiyozlar hisobga olinadi.
Amaliyotda har bir mamlakatda aholining pul daromadlari va sarflarining balansi hisoblanadi. O’zbekistonda 1999 yilda aholi pul daromadlari 1027,5 mlrd. so’mni, sarflari va jamg’armalari 997,4 mlrd. so’mni tashkil etgan. Oradagi 30,1 mlrd so’mlik farq aholining qo’lida qolgan mablag’ni tashkil etadi.
Aholi pul daromadlarining sarflanishi, birinchidan, mamlakatlararo keskin farq qilsa, ikkinchidan, bir mamlakatning o’zida yilma-yil o’zgarib turadi.
Mamlakatimizda aholi daromadlari sarflanishining tahlili shuni ko’rsatadiki, keyingi 3-4 yil ichida aholi sarf-xarajatlarining o’rta hisobda 44-46 foizi oziq-ovqat mahsulotlari va 24-28 foizi nooziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun sarflangan bo’lsa, 5-6 foizini xizmatlar uchun to’lovlar, 12-13 foizini soliqlar, 0,6 foizgacha qismini jamg’armalar (bank depozitlari va aktsiyalar) va 8-12 foizini boshqa xarajatlar tashkil etdi.
Daromadlarning nominal va real shakli farqlanadi. Nominal daromad aholining pul shaklida olgan jami daromadlari miqdorini ko’rsatadi. Uning miqdori va darajasiga tovarlar va xizmatlarning bahosi hamda soliqlar ta’sir etmaydi. Real daromadlar esa aholi tomonidan amalda iste’mol qilingan ne’matlar va jamg’arilgan mablag’lar miqdorini ko’rsatadi. Tabiiyki, aholi o’zining pul daromadlaridan turli to’lovlarni amalga oshiradi va soliqlar to’laydi. Shuning uchun real daromadlar nominal daromadlardan hamisha kam bo’ladi. Undan tashqari real daromadlarga mamlakatdagi tovar va xizmatlarga mavjud baholar darajasining o’zgarishi kuchli ta’sir ko’rsatadi. Agarda tovar va xizmatlarga baholar ish haqiga nisbatan tez o’ssa, real daromadlar pasayadi va aksincha.

Download 213.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling