Kurs ishi mavzu: Axoli daromadlari va xarajatlarining balansi Bajardi: m-216-18


Download 213.21 Kb.
bet7/8
Sana17.02.2023
Hajmi213.21 Kb.
#1205219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-aholi daromadlarinign.docx555555

3 Aholi xarajatlarining balansi

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosatida aholi turmush darajasini yaxshilash muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyilidan biri sifatida belgilangan.


Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida moddiy jihatdan kam ta’minlangan aholi manfaatlarini ko’zlab, ularni davlat, korxona va tashkilotlar o’z himoyasiga oladi. Bu bozor munosabatlari tizimiga o’tish jarayonidagi eng muhim muammolardan biridir. Bozor munosabatlariga o’tishning dastlabki oqibatlari narx-navoning ko’tarilishi va ishsizlikning oshishidan iborat bo’ldi. Bundan birinchi navbatda aholining kambag’al va iqtisodiy jihatdan zaifroq tabaqalari ko’proq zarar ko’rdi. 90-yilga kelib O’zbekistonda jon boshiga eng past daromad to’g’ri keladigan kishilar soni umumiy aholining 45 foizini, ya’ni 9 milliondan ortiq kishini tashkil etgan edi.
O’zbekiston mustaqillikni e’lon qilgan dastlabkidavrdayoq ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti qurishni jahonga ma’lumqildi va aholini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo’llab-quvvatlashtamoyili Prezidentimiz strategiyasining asosiy qoidalaridan birigaaylandi.
O’zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazilishi davr taqozosi edi, desak xato bo’lmaydi. Chunki respublikamiz sobiq SSSR respublikalari ichida oxirgi o’rinlardan birida edi.
Aholining katta qismi, ayniqsa, qishloq aholisi jamiyatda rasman e’tirof etilgan qashshoqlik darajasida yashardi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1989 yilda jon boshiga hisoblanganda respublikadagi oilalarning 44 foizining pul daromadi rasman belgilangan eng kam ish haqidan ham oz edi.
Bunday sharoitda kuchli ijtimoiy kafolatni vujudga keltirmay turib, o’tkazilgan islohot barbod bo’lishi muqarrar edi. Bozor iqtisodiyotiga ziddiyatlarsiz, silliqqina o’tib bo’lmasligini oldindan ko’ra bilgan respublika Prezidenti SH.M.Mirziyoyev: “Jamiyatning sifat jihatdan yangi holatga o’tishida bizga islohot chog’ida odamlar moddiy ahvoli yomonlashadigan, o’tish davrining barcha qiyinchiliklari aholi elkasiga tushadigan andoza maqbul emas” - deb ta’kidlagan edi.
Quyida keltirilgan rasmda aholini ijtimoiy himoya qilishning O’zbekistonda mustaqillik yillarida olib borilgan va yaqin kelajakda ham saqlanib qolajak yo’nalishlari keltirilgan.



Daromad siyosati haqida gap ketar ekan, avvalambor, totalitar tizim paytida shakllanib qolgan boqimandalikning har qanday ko’rinishlariga barham berish zarurligini ta’kidlab o’tish lozim. Ma’lumki, totalitar iqtisodiy tizimda daromadlar bir tekisda taqsimlanib, kishilarni iqtisodiy jihatdan baravarlashtirishga intilish etakchi o’rinda turardi, boy bo’lish ta’qiqlanardi, daromadlar ma’lum miqdor bilan cheklanardi. Bunday sharoitda xalqimiz "davlat va hukumat, korxona va xo’jalik bor ekan, ular hammasini o’ylaydi va bizni kulfatda qoldirmaydi", deb o’z imkoniyatlarini to’la-to’kis ishga solmasdan boqimandalik kayfiyatida yashab keldilar.
Bozor munosabatlari sharoitida olingan daromadlarni taqsimlash tenglikni emas, balki tengsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa o’z navbatida tovar va xizmatlarni yaratishning o’sishi uchun kuchli rag’bat bo’lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning yuqori darajasi cheklanmagan bo’lib, ularni har bir insonning mehnat natijalari va sifatiga qarab taqsimlash tizimi hukmronlik qiladi.
Daromadning qobiliyat, bilim, malaka, mahorat va, umuman, salohiyatga qarab taqsimlanishidan kelib chiqqan tengsizlik tabiatan adolatli hisoblanadi. YAxshi ishlagan ishchi yoki xizmatchining ko’p daromad topishi tabiiy, chunki u hayotiy ne’matlarni ko’p va sifatli yaratgani uchun ularni ko’proq o’zlashtirishi kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat turli iste’mol mollari, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari narxlariga dotatsiyalar o’rnatadi, ya’ni ularni haqiqiy bahosidan kamroq narxlarda sotishni nazarda tutadi. Bunday dotatsiyalar aholining muayyan qatlamlarini emas, balki barcha fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida joriy etilib, davlat byudjetiga anchagina og’ir yuk hisoblanadi.
A holi daromadlari darajasida keskin tabaqalashuvga yo’l qo’ymaslik choralari davlatning diqqat markazida turuvchi masalalardan hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, gap adolatsiz daromadlar to’g’risida boryapti. Katta daromad faqat halol va unumli ish natijasi evaziga bo’lishi kerak. Nopok yo’l bilan daromad topuvchilar davlat nazoratida bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bir muncha rivojlanib ketgan nopok daromad topish yo’llari bu tizim madaniylashib borgan sari tobora barham topib boradi va adolatli daromadlar salmog’i ortib boradi.
Daromad siyosati sohasida indeksatsiya muhim rol o’ynaydi. Aholi daromadini indeksatsiya qilish deganda, aholi buyumlari va xizmatlarning qimmatlashgan bir qismini yoki to’la qismini qoplash uchun fuqarolarning daromadini oshirish tushuniladi.
Indeksatsiya bir yo’la beriladigan ish haqi, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi daromadlarning darajalarini qayta ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Jahon amaliyotida indeksatsiyaning avtomatik va yarim avtomatik usullari mavjud.
Indeksatsiyaning avtomatik usulida ish haqi baho indeksining o’sish sur’atiga mutanosib ravishda oshiriladi va aholi daromadining zarar ko’rgan qismi to’la qoplanadi. Ammo bu usul ish haqining samarali tashkil qilinishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki bunda ish haqining oshishi mehnat unumdorligi bilan bog’lanmagan holda amalga oshiriladi.
Yarim avtomatik usulda bahoning oshishini hisobga olgan holda ish haqini qanchaga oshirish uch tomon (davlat, kasaba uyushmasi va ishlovchilar) ishtirokida shartnoma tuzish yo’li bilan echiladi.
Indeksatsiyani amalga oshirishda "Iste’mol savatchasi" tarkibini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Insonga zarur bo’lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilik uchun kifoya qiladigan hajmi "Iste’mol savatchasi" deb ataladi.
Aholining shunday qatlamlari borki, ular qanchalik faollik qilmasinlar, o’z daromadlarini oshira olmaydilar. Ular qatoriga nafaqaxo’rlar, bolalikdan nogironlar, urush nogironlari, ishsizlar, ko’p bolali oilalar, mehnatda va turli baxtsiz hodisalar sababli mayib bo’lgan fuqarolar kiradi.
Respublika mustaqilligi qo’lga kiritilgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz bu toifadagi aholiga alohida e’tibor berib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida: "Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega", - deb ta’kidlanadi.
Nafaqaxo’rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ularga beriladigan nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi bevosita pul to’lovlari bilan birga imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi bilvosita to’lovlar ham keng qo’llanilmoqda. Masalan, nafaqaxo’rlardan soliq olinmaydi va ularning ijtimoiy ahvoli e’tiborga olinib, ular oladigan nafaqaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan ortiq bo’lishiga muttasil harakat qilinmoqda.
Respublikamizda nogironlarga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Nogironlar er yuzidagi jami aholining 7,5 foizini tashkil qiladi. Mamlakatimizda esa bu ko’rsatkich 2,5 foiz atrofida. Ularning har biriga nafaqa va boshqa imtiyozlar bilan bir qatorda o’rtacha 2-3 minimal ish haqi miqdorida yordam berib kelinmoqda.
Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan "Nafaqa to’g’risida"gi, "Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida"gi qonunlar ularning haq-huquqlarini qonun yo’li bilan himoya qilishga qaratilgandir. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularga davlat tomonidan madad berish tizimi muttasil takomillashtirib borilmoqda. 1994 yilning oktyabr oyidan boshlab kam ta’minlangan oilalarga davlat nafaqasi joriy etildi. Bu nafaqa eng kam ish haqi miqdorining 1,5-3 baravariga tengdir.
Kam ta’minlangan oilalarga ko’rsatiladigan yordamni taqsimlash fuqarolarning mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari - mahallalar zimmasiga yuklatilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda istiqomat qiluvchi oilalarning 10-12 foizi nafaqa olmoqda.
Shunday qilib, mamlakatimizda ijtimoiy himoyalashning noyob tizimi shakllandi va amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ijtimoiy himoyaning quyidagi yo’nalishlari ustivor hisoblanadi:
- islohotlarning birinchi bosqichida sog’liqni saqlash, maorif va madaniyat sohasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish;
- davlat tomonidan sog’liqni saqlash muassasalarini dori-darmonlar, vaktsinalar va boshqa zarur tibbiy ashyolar bilan ta’minlash, kasallanish, o’lim va bolalar o’limi ko’payishining oldini olish;
- ijtimoiy sohani davlat tomonidan pul bilan ta’minlashning kamayishiga yo’l qo’ymaslik, uni byudjetdan tashqari mablag’lar bilan ta’minlashning bozor mexanizmini yaratish;
- maorif va sog’liqni saqlash tizimida bozor o’zgarishlarini jadallashtirish va xodimlarning o’z mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligini yuksaltirish choralarini amalga oshirish.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ijtimoiy soha - sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at, shuningdek, ilm-fan, ayniqsa, mushkul ahvolga tushib qoladi. Shu sababli mamlakatimizda aynan shu sohalarni ustivor darajada rivojlantirish, ularda ishlovchilarning mehnatiga munosib baho berish va ularni kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati amalga oshirilmoqda.
Jamiyatdagi ijtimoiy-tashkiliy institutlar bilan bir qatorda ko’pgina ijtimoiy-normativ institutlar ham borki, ular biron-bir tashkilotda namoyon bo’lmasdan, balki o’zlaricha mavjud bo’lib, faoliyat ko’rsatadilar hamda ijtimoiy muhofaza qilishda rol o’ynaydilar. Huquqning har bir sohasi ana shunday ijtimoiy-normativ institutlar tizimidan iboratdir (mehnat huquqi, mehnat qonunlari). Yollanma xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimidagi muhim ijtimoiy-normativ institut hozirgi vaqtdagi ta‘rif bitimlari, kontraktlar, jamoa shartnomalari va hokazolar.
Jamiyat shajaraviy tashkilotining birmuncha quyiroq darajasida tarqaluvchi bu ijtimoiy muhofaza qilishning institutsional tizimi bunday tuzilmaga korxona sifatida erishadi. Korxona, muassasa, firmalar, kooperativlar va boshqa mehnat tashkilotlari o’zlaricha ijtimoiy institutlar bo’lib, jamiyatda muhim rol o’ynaydilar. Agar ularni ijtimoiy muhofaza nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, ularning vazifalari va faoliyati ancha murakkab hamda ziddiyatli tuyuladi, bu esa ularga bir xilda baho berish imkonini bermaydi. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati o’z-o’zicha xodimlarning huquqlari va manfaatlarini ijtimoiy muhofaza qilishni nazarda tutmaydi. Asosiy maqsadlarga erishishga intilish (ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tannarxni pasaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va hokazolar) ularning huquqlari va manfaatlari buzulishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxonada xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish sohasida maxsus institutlar zarurligini taqozo etadi.
O’z faoliyati bilan butun korxona jamoasini qamrab oladigan va buning uchun zarur huquq va imkoniyatlarga ega bo’lgan asosiy ijtimoiy muhofaza qilish instituti - bu kasaba uyushmasi tashkilotidir. Bozor sharoitida bu tashkilotning muhofaza qilish rolini oshirish ayniqsa zarur. Korxona bankrotga uchragan yoki yopilgan taqdirda yoxud o’z ixtisosini o’zgartirgan sharoitda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta‘minlash ayniqsa muhimdir.
Bozor sharoitida korxona normal ishlab turganda ham kasaba uyushmalari tashkilotlarining ijtimoiy muhofaza qilish vazifasini keskin oshirish talab qilinadi.
Korxonada xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishning aniq omili va vositasi jamoa shartnomasidir. Bu shartnomaning mohiyati hozirgi vaqtda keskin ravishda o’zgarib 74

ketdi, chunki yollanma xodimlarga ijtimoiy muhofazalanishning pishiq-puxta huquqiy bazasi zarur bo’ladi.


Korxona va turli-tuman tashkilotlarimiz hayotiga tobora kengroq kirib borayotgan va muayyan sharoitda ijtimoiy muhofaza vositasi sifatida maydonga chiqishi mumkin bo’lgan boshqa muhim ijtimoiy-normativ institut - mehnat kontraktidir. Uni to’g’ridan-to’g’ri va shak-shubhasiz ijtimoiy muhofaza qilish instituti deb qabul qilib bo’lmaydi, lekin korxona (mehnat tashkiloti)dagi kontrakt tizimi xodimlar huquqini ta‘minlaydigan maxsus tizim sifatida qaraladigan, agar kontraktda ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlar berilishi qayd etib o’tilgan bo’lsa, u aynan ijtimoiy muhofaza qilish instituti sifatida namoyon bo’lishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy institutlar ma‘lum darajada ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmiga kiritilgan. Mamlakatimizda ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmini shakllantirish jarayoni uzluksiz davom etmoqda va hozirgi kunga kelib uning uchta tarkibiy qismi haqida gapirish mumkin: ijtimoiy muhofaza qilishning barcha mavjud institutlaridan foydalanayotgan institutsional mexanizm; ijtimoiy muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun turli vositalardan foydalanishni o’z ichiga oluvchi asboblar mexanizmi; ijtimoiy muhofaza qilish vazifalarini bajarish sohasidagi turli shakllardan foydalanishni tatbiq etadigan, ya‘ni norma hosil qilish, tashkiliy, ijtimoiy sub‘ektlarning muzokaralari va hokazo shakllardan foydalanadigan faol mexanizm. Mazkur mexanizm qanday ishlayotganligi haqida ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish yordamida xulosa chiqarish mumkin.
Pirovardida ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmining asosiy tamoyillarini qarab chiqamiz:
- iqtisodiy munosabatlar tizimiga qo’shilishi, ishlovchilarning samarali mehnatiga asoslanishi lozim;
- hayotning faqat birgina sohasidagi kafolatlar bilan cheklanib qolishi mumkin emas;
- xalqning milliy va madaniy an‘analariga asoslanishi, ularni hisobga olish lozim;
- tafakkurning boshqacha tamoyiliga asoslanishi lozim. Fuqarolar birinchi navbatda o’zlarini o’zlari muhofaza qilishga intilishlari, mazkur masala yuzasidan muayyan siyosiy qarorlarni kutib o’tirmasliklari yoki unga erishishga intilmasliklari kerak;
- odamlarda o’zini o’zi muhofaza qilish elementlarini faol rivojlantiradi va shakllantiradi. Chunki, xodimni uning o’zidan boshqa hech kim puxta muhofaza qila olmaydi. Xodim sub‘ekt davlat bilan bir qatorda o’zi uchun javobgar bo’lishi lozim. 3.3. Ijtimoiy ta‘minot va uning turlari
Pensiya - ijtimoiy ta‘minotning, keksalar va mehnatga qobiliyatsiz kishilarga moddiy yordam ko’rsatishning eng asosiy va eng ommaviy turidir. Pensiya ta‘minoti barcha mamlakatlarda ijtimoiy dasturlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bugungi kunda Yer yuzida yordamga muhtoj millionlab kishilarning eng zarur ehtiyojlari pensiya to’lovlari orqali qondiriladi.
Hozirda O’zbekiston Respublikasida 2,5 milliondan ortiq kishi pensiya oladi.
O’zbekistonning ma‘naviy-axloqiy an‘analari - mustahkam oila, ijtimoiy o’zaro yordam an‘analariga muvofiq keksalar va bolalarning ehtiyojlariga nisbatan sezgirlik, diqqat-e‘tibor bilan qaraladi, muhofazasiz qolganlarga muruvvat ko’rsatiladi. Respublika ijtimoiy siyosati ham ma‘naviy mezonlarni hisobga olishga asoslanadi. Mustaqil O’zbekistonga meros bo’lib qolgan ijtimoiy ta‘minot, jumladan, pensiya ta‘minoti tizimini puxta o’ylab, asta-sekin o’zgartirish eng maqbul yo’l, deb topilgan. Mazkur yo’l, bir tomondan, bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’llasa bo’ladigan, aholi o’rgangan va adolat haqidagi ijtimoiy tasavvurga mos keladigan unsurlarni tanlab olish va saqlab qolish, ikkinchi tomondan, xo’jalik rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan yoki bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelmaydigan ilgarigi ijtimoiy tizim nuqsonlarini asta-sekin tuzatishni ko’zda tutadi. Bular mehnatga rag’batni so’ndiradigan tengchilik tamoyillaridan voz kechish, tadbirkorlikka, oila jamg’armalarini oqilona joylashtirish orqali daromad olishga havas uyg’otish kabilardir.
SHuni eslatish joizki, sho’rolar davrida ijtimoiy soha va uning muhim barcha yo’nalishlarida xususan, pensiya sohasida ham ta‘minotning tenglik tamoyili asosiy ko’rsatma bo’lgan va shu ko’rsatmaga binoan pensiya to’lovlari tizimi shakllangan ediki, hozirda ham biz undan foydalanmoqdamiz. Respublikamizga pensiya ta‘minotida meros bo’lib qolgan tizim mustaqil O’zbekistonda ham shu asosda o’z dasturlarini amalga oshira boshladi. Mazkur dasturlarning yuqorida ta‘riflangan eng asosiy qoidalari hozirgi vaqtda rivojlangan me‘yoriy asosga ega bo’lmoqda.
Samarali amal qiluvchi pensiya tizimini yaratish davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim yo’nalishi hisoblanadi. Zero, jamiyat mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan kishilar to’g’risida g’amxo’rlik qilishi darkor.
Fuqarolarning keksayganda, mehnat qobiliyatini to’la yoki qisman yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta‘minlanish huquqi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (39-modda) mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinib, unda davlat pensiyalarining yagona tizimi, ularni tayinlash, hisoblab chiqish, qayta hisob qilish va to’lash tartibi belgilandi. 76

Qonunga muvofiq pensiyalar 3 turga bo’linadi:


1) qarilik pensiyasi;
2) nogironlik pensiyasi;
3) boquvchisini yo’qotganlik pepsiyasi.
Qonun pensiya ta‘minoti uchun ikkita asosiy talabni belgilaydi: 1) pensiya ta‘-minoti uchun huquq beruvchi shartlarning mavjudligi (pensiya yoshiga yetish, nogiron bo’lib qolish, boquvchisini yo’qotish); 2) keltirilgan shartlarga muvofiq talab etiladigan ish stajining mavjudligi. Ushbu talablardan birortasi bo’lmagan taqdirda pensiya ta‘minoti huquqi yo’qotiladi.
Ma‘lumki, jahon amaliyotida pensiya tizimlarining ikkita asosiy turi mavjuddir:
• hamjihat mas‘uliyat tizimi, bunda ishlayotgan avlod avvalgi avlodniig pensiyalarini to’lashni mablag’ bilan ta‘minlash uchun badal to’laydi (o’z navbatida keyingi avlod hozirgi vaqtda ishlayotgan avlodning pensnyalarini to’lashni mablag’ bilan ta‘minlashni yo’lga qo’yadi);
• jamg’aruv tizimlari, bunda har bir ishlovchi o’z mehnat faoliyati davomida o’zining qarilik davrini ta‘minlash uchun mablag’ yig’ishi lozim.
Respublikaning pensiyaga oid qonun hujjatlaridagi eng muhim asosiy qoidalardan biri shuki, pensiya olish huquqiga faqat ishlagan fuqarolar ega. Shu asosiy qoidaga binoan vafot etgan ishchi, xizmatchi, kolxozchi uchun ham pensiya tayinlanadi. Ish staji bo’lmagan fuqarolar va ularning oila a‘zolari davlat pensiyalari olish huquqidan mahrumdir - ularning ijtimoiy ta‘minoti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda aholi daromadlarining o’sishi mamlakat iqtisodiyotiga juda ijobiy ta’sir qiladi. Bunda tomorqa daromadlarni rivojlantirish bo’sh yer uchastkalardan samarali foydalanish, har bir oila uchun muhim daromad resursi hisoblanadi. Tomorqa tabiatdan bozor iqtisodiyoti talablariga ham mos keladi. Shu bois u bozor munosabatlarini o’ziga singdira oladi. Tomorqa haqida gap ketganda u keltirgan pul daromadi bilan cheklanish xato bo’ladi, chunki bu xo’jalik aholining kattagina qismini bozordan mahsulot sotib olishdan holis etadi yoki tomorqada yaratilgan mahsulotdan oilaning o’zida ham iste’mol etiladi. Bu natural iste’mol deb ataladi. Inflyatsiya sharoitida oila o’zini o’zi mahsulot bilan ta’minlashga ko’proq moyildir chunki jamg’arilgan pul o’z qadrini yo’qotsada, jamg’arilgan mahsulot qadri oshib boraveradi.


Yana shuni xulosa qilish joizki mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida jamiyat a’zolarining turmush darajasi va ular daromadlarining tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’zining mulkiy maqomini o’zgartirgan va mulk sohiblariga aylangan fuqarolarning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Oilalar ijtimoiy maqomining o’zgarishi natijasida tadbirkorlar, fermerlar va ijarachilardan iborat yangi ijtimoiy qatlamlar paydo bo’lmoqda.


Download 213.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling