Kurs ishi mavzu: Axoli daromadlari va xarajatlarining balansi Bajardi: m-216-18


Ish haqi. Uning shakllari va tizimlari


Download 213.21 Kb.
bet4/8
Sana17.02.2023
Hajmi213.21 Kb.
#1205219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-aholi daromadlarinign.docx555555

2. Ish haqi. Uning shakllari va tizimlari
Har qanday jamiyatda, u qanday iqtisodiy tizimga asoslanganidan qat’iy nazar, mehnatga haq to’lash juda muhim ahamiyat kasb etuvchi masaladir. U umuman olganda, mehnat bozorining asosiy unsurlaridan biri bo’lib, amalda ishchi kuchi bahosini belgilab beradi.
Mehnatga haq to’lashning asosiy shakli ish haqi bo’lib, u ishchi yoki xodimga uning mehnati uchun davlat yoki firma tomonidan belgilangan tartibda beriladigan to’lovlardan iboratdir. Ish haqining miqdori ishchi yoki xodim tomonidan sarflangan mehnatning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U aholi daromadlarining muhim manbai bo’lib, to’la-to’kis shaxsiy iste’mol uchun sarflanadi.
Amaliyotda nominal va real ish haqi tushunchalari mavjud. Nominal ish haqi ishchi yoki xodimning ma’lum vaqt ichida sarflagan mehnatining miqdori va sifatiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Nominal ish haqining tovarlar va xizmatlarning bahosiga aloqasi yo’q.
Agar nominal ish haqi bir necha yillar davomida o’zgarmay qolsayu, tovarlar va xizmat bahosi ko’tarilib borsa, ishchi yoki xodimning moddiy ahvoli yomonlashadi, chunki u o’sha ish haqi uchun kamroq tovarlar (xizmatlar) sotib oladi.
Ish haqining amaldagi darajasini aniqlash uchun real ish haqi qo’llaniladi. U nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdorini bildiradi. Real ish haqining miqdori quyidagilarga bog’liq:
-nominal ish haqining miqdori;
-tovarlar va xizmatlar bahosining darajasi;
-to’lanadigan soliqlar miqdori.
Amaliyotda, shuningdek, o’rtacha ish haqi va minimal (eng kam) ish haqi degan tushunchalar ham uchraydi.
O’rtacha ish haqi deganda, korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyot bo’yicha hisoblaganda ishchi va xizmatchilarga o’rtacha to’g’ri keladigan ish haqi tushuniladi. Masalan, korxonadagi o’rtacha oylik ish haqini hisoblash uchun shu korxonaning bir oylik ish haqi fondini korxona ro’yxatidagi ishchi va xizmatchilar soniga bo’lish kerak.
Minimal (eng kam) ish haqi deganda, malaka talab qilmaydigan mehnatda band bo’lgan ishchi yoki xodimga to’lanadigan ish haqi darajasi tushuniladi. Bu daraja mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi yoki boshqacha aytganda, mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlariga bog’liq bo’lib, vaqti-vaqti bilan o’zgarib (odatda, ortib) turadi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqi ularning malakasi, kasb mahorati va bajarilayotgan ish turiga qarab tabaqalashtirilgan holda to’lanadi.
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi munosabati bilan ishchi va xizmatchilar mehnatiga haq to’lash tizimida ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Respublikaning barcha korxona va tashkilotlarida 22 toifali (to’lov guruhlari) yagona tarif setkasi joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasida qo’llanilayotgan yagona tarif setkasi

Mehnatga haq to’lash razryadlari

Tarif koeffi-tsienti

Mehnatga haq to’lash razryadlari

Tarif koeffi-tsienti

0  

1,000

12  

3,581

1  

1,450

13  

3,808

2  

1,595

14  

4,038

3  

1,755

15  

4,271

4  

1,930

16  

4,508

5  

2,115

17  

4,748

6  

2,308

18  

4,991

7  

2,510

19  

5,238

8  

2,716

20  

5,488

9  

2,926

21  

5,741

10  

3,140

22  

5,998

11  

3,358




Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, ishchi yoki xizmatchining bir malaka razryadidan ikkinchisiga o’tishi uchun sezilarli manfaatdorlik mavjud. Masalan, ishchiga 4-tarif razryadi bilan haq to’lanmoqda, deylik. U holda uning ish haqi 6619,9 so’mni tashkil qiladi. Bu raqam quyidagicha aniqlanadi. Eng kam ish haqiga teng bo’lgan 0-razryadning tarif stavkasi, ya’ni maoshi 4-razryaddagi ishchining 1,930 ga teng bo’lgan tarif koeffitsientiga ko’paytiriladi, ya’ni 3430 x 1,930 q 6619,9 so’m. Endi malakasi yoki kasb mahorati oshgan ishchi 5-razryadga o’tkazildi., deylik. U holda uning oylik ish haqi (3430 x 2,115) 7254,45 so’mni tashkil qiladi.
Mazkur tarif setkasidagi 1-8 razryadlar ishchilar mehnatini tarifikatsiyalash (baholash) uchun mo’ljallangan bo’lsa, 9-16 razryadlar bilan mutaxassis va xizmatchilarga ish haqi to’lanadi.
Ish haqining 2 ta shakli mavjud bo’lib, ulardan birinchisi vaqtbay ish haqi bo’lsa, ikkinchisi ishbay ish haqidir.
Vaqtbay ish haqining mazmuni shundan iboratki, unda ishchi kuchining bahosi, ya’ni ish haqi muayyan mahsulotni tayyorlash yoki operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Odatda, ish haqining mazkur shakli xizmat ko’rsatish sohasi mutaxassis va ishchilari uchun hamda yuqori darajada avtomatlashgan ishlab chiqarish sohalarida ko’proq qo’llanadi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi muayyan vaqt ichida tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish)ning miqdori va sifatiga qarab belgilanadi. Ish haqining bunday shakli, odatda, ishchining mehnat faoliyati ko’rsatkichlarini me’yorlashtirish imkoniyatlari mavjud bo’lgan hollarda qo’llanadi.
Ish haqining biror-bir shaklini tanlash konkret ishlab chiqarish sharoiti va ishchilarning mehnat mazmunini batafsil tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Shuni aytib o’tish joizki, bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishning texnik darajasining o’sishi vaqtbay mehnat haqi to’lanadigan ishchilar sonining ko’payishiga olib keladi.
Ish haqining har ikki shakli ham o’z navbatida muayyan tizimlarga egadir. Ish haqining ishbay shakli quyidagi tizimlardan tashkil topgan.
Bevosita ishbay tizimi. Bunda ishchining maoshi uning ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko’rsatgan xizmatining miqdori va sifatiga bevosita, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.

Download 213.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling