Kurs ishi mavzu: Fizika darslarida ekologik tarbiyani amalga oshirish
II. Ekologik ta’limning holati va oʻquvchilarni tarbiyalash
Download 1.03 Mb.
|
Kamalova Dildora kurs 2023
II. Ekologik ta’limning holati va oʻquvchilarni tarbiyalash
Munozarali savollardan biri boʻlib ekologik ta’limni metodik tashkil etish muammosi hisoblanadi. Bunday qarashda ikkita sosiy tendensiya mavjud. Ba’zi mutaxassislar alohida ekologiya fanini ishlab chiqarishni zarur deb hisoblab, ta’limning turli darajalaridagi mazmuniga biologiyaga ekvivalent boʻlmagan ekologik ta’limni kiritish kerak, balki ular bir-biri bilan qattiq oʻzaro aloqada boʻlsa ham. Ekologik ta’limda aynan birinchi yoʻnalish xalqaro darajada qoʻllab –quvvatlanib, dunyoda eng rivojlanish taraqqiyotiga ega boʻlmoqda. Maktab fizika kursining ekologik aspekti prinsip jihatidan oʻquvchilarga texnika va texnologiyani ekosistemaga salbiy ta’sir koʻrsatish asoslari haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Ekologik toza energiya (daryo, shamol, quyosh nurlari, dengiz qaytishi va quyilishi va getermal manbalar va boshq) manbalari, shuningdek yopiq ishlab chiqarish sikllari haqida tasavvurlarga ega boʻlish katta ahamiyat kasb etadi. Fizika kursida oʻquvchilarda ekologik yoʻnalishdagi muhandis-konstruktorlik strategiyalarini energiya tejamkor ixtirolari (dvigatellarni F.I.K koʻtarish, ikkilamchi resurslardan foydalanish, texnologik jarayonlarda energetic va xom-ashyo yoʻqotishlarni kamaytirish) asosida shakllantirish mumkin. Fizikani oʻrganishdagi qonun va tushunchalar. Gaz, suyuqlik va qattiq jismning bosimi. Bosim, atmosfera bosimi, Paskal qonuni suyuqlik va gazlardagi bosim. fizikada jism impuls saqlanish qonuni, mexanik ish, kinetic va potensial energiya, impuls saqlanish qonuni va mexanik energiya. Molekulyar kinetik nazariya asoslari, temperature, bosim havo namligi. Molekulyar kinetic nazariyaning asosiy tenglamasi, Boyl-Mariott, Gey- Lyusak, Sharl qonunlari. Turli muhitlarda elektr toki. Tok kuchi, qarshilik. Elektroliz qonuni. Atom va atom yadrosi. Yadroning defect massasi. Yadroning bog‘lanish energiyasi. Yadro reaksiyasida energiya chiqishi. Bor postulotlari. Radiaktiv boʻlinish qonuni. Atrof-muhitni asrashning zarurligi bir qator omillarning harakatiga asoslangan. Ulardan eng muhimlari ichida toʻxtalamiz: 1) sayyoramizda aholi soni juda tez osganligi yaxshi ma’lum. Bundan 200 ming yil avval sayyoramizda 1 million kishiga yaqin inson yashagan. Bugungi kunda sayyoramizdagi insonlar soni 7 mlrd.dam ortib ketdi. Aholi sonining bunday tez oʻsishi insoniyatning tabiatga boʻlgan ta’sirini kuchaytirdi. Yirik shaharlardan atrof-muhit holatining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Shu bilan birga yirik shaharlarga sanoat qurilishlari va aholining koʻplab joylashuvi jamiyatning zamonaviy rivojlanishi hisoblangan urbanizatsiyaning rivojlanishiga olib keldi. 2) sanoatni rivojlanishi bilan yoqilg‘i va energiya iste’moli keskin oʻsdi. Faqatgina soʻnggi 100 yilda aholi soni boshiga nisbatan energiya ishlab chiqarish 20 marta oshdi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish sezilarli darajada oʻsdi. Avvallari bitmas-tuganmas deb hisoblangan foydali qazilmalar bugun defisit boʻlib qoldi. Har yili 100 mlrd.tn.ga yaqin ruda qurilish va yoqilg‘i foydali qazilmalari qazib chiqarilmoqda. Jamiyat foydali qazilmalarni koʻproq ishlab chiqarish uchun qazib chiqarish hududlarini va ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirmoqda. 3) Haydov yerlarini oʻzlashtirish ortmoqda. Avvallari yer yuzasining katta qismi tabiiy aylanishda edi. Undagi barcha ishlab chiqarishlar tabiatni ixtiyorida boʻlgan. Bugunga kelib bunday yerlar tobora ozayib bormoqda, ulardan xoʻjalik ishlariga jalb etilmoqda. Insoniyat tomonidan koʻproq tabiiy muhitni bir qismi boʻlgan suv resurslarga ta’siri kuchaymoqda. Koʻplab yirik suv omborlari, kanallar, qazilmoqda, tog‘larni foydali qazilmalar olish maqsadida buzilmoqda. 4) XXI asrning birinchi choragidan sayyoramizning atmosferasida issiqxona effekti paydo boʻlib, bu asosan uglerod gaz va boshqa moddalarning atmosferadagi tarkibiga bog‘liq. Buning natijasida, sayyoramiz sisrtida temperaturaning 2-30C ga koʻtarilishi real xavfni tug‘dirmoqda. Shu bilan birga yer havo qobig‘ini shaffofligi, shuningdek, suvlarning tozaligi yomonlashmoqda. Masalan, dunyo okeanining sirti neft pardalari bilan qoplanmoqda. Havoga yil davomida bir mlrd.tn.ga yaqin turli xildagi tabiatda mavjud boʻlmagan konserogen moddalar chiqarilmoqda. Eng asosiysi, insoniyat tabiatdagi muvozanatni yoʻqolishi mumkin boʻlganligi bilan holat bilan toʻqnashmoqda. Ayniqsa, oqava suvlarining sanoatda va maishiy xizmatda foydalanish natijasida qaytarilmasligining oʻsishi yiliga 4-5%ni tashkil qiladi. Har 15 yilda tabiatdagi yer maydonlar buzilishi 2 barobar oshmqda; 5) Insoniyatning tabiatga boʻlgan ta’sirini oʻsib borishini fan va texnika kuchaytirmoqda. Ya’ni an’anaviy va yangi tabiiy resurslardan foydalanish mashtbi os’moqda. Shuningdek, insonning turli xildagi ishlab chiqarish faoliyati. Bu yoʻnalishlar orasida quyidagilarni ajratib olish mumkin: - fizik (termodinamik, mexanik, elektromagnitik); - kimyoviy, biologic; Yaqin vaqtlargacha insoniyat faoliyatining biologic aspekti juda katta xavf soluvchi: insonlar, echki, qoʻy, qoramollarini oʻzlarida ushlab turishlari, koʻpaytirishlari natijasida bir butun mamlakatlardagi oʻsimliklarni yoʻqolishiga sabab boʻldi. Oʻrmonlarni kesish bilan birga yer usti qoplamalarini degradatsiyasini kuchaytirdilar va boshqa. Bu aspektlar hozir ham mavjud boʻlib, ular bilan bir qatorda bosh ta’sir etuvchi kimyoviy aspect rivojlanib bormoqda. Ayniqsa kimyoviy sanoat mahsulot ishlab chiqarish natijasid tabiatni buzuvchi ta’sir koʻrsatmoqda. Insoniyatni kimyoviy faoliyati tabiatdagi kimyoviy moddalarni iste’mol qilish bilan yig‘iladi, yer ostidan kimyoviy elementlarni va birikmalarni qazib olish natijasida atmosferani hattoki kosmosni hamda atrof-muhitni chiqindilar bilan, shuningdek biosferani yangi yuqori faollikka ega boʻlgan kimyoviy birikmalar bilan toʻldirilmoqda. Buning natijasida shunday jadal katostrafik oʻzgarishlar paydo boʻlib, organizmlarni yashash sharoitlariga ular hamjamiyatiga va butun ekosistemaga taxdid solish bilan birga ularni boshlang‘ich tizimi va funksiyalarini tiklab boʻlmaydigan darajada xavf solmoqda. Zamonaviy atmosferani paydo qilish uchun tabiatga million yillar zarur boʻlgan. Insoniyatga uni eng boshlang‘ich davriga qaytarish uchun bir necha 10 yil yetarli boʻladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling