Kurs ishi mavzu: Fizika darslarida ekologik tarbiyani amalga oshirish


Download 1.03 Mb.
bet1/11
Sana24.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1117983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kamalova Dildora kurs 2023


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI



Fizika – matematika fakulteti


Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi – kurs talabasi
Kamalova Dildora


Fizika va astronomiya oʻqitishni loyihalashtirish fanidan
KURS ISHI


Mavzu: Fizika darslarida ekologik tarbiyani amalga oshirish

Kafedra mudiri: f-m.f.d.,prof. A.Kamalov


Ilmiy rahbar: f.-m.f.d., doc. K.Turdanov
Talaba: Kamalova Dildora


Nukus-2022
Reja:

Kirish
Asosiy qism
I. Shovqinni tabiyatga ta’siri va undan foydalanish

    1. Shovqin ekologiyasi va himoyalanish haqida

    2. Ultratovush va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish

    3. Issiqlik jarayonlari

II. Ekologik ta’limning holati va oʻquvchilarni tarbiyalash
2.1. Fizika oʻqitishda ekologik tarbiyaning roli
2.2 Ekologik tushunchalarga oid 6-sinf Fizika kitobidagi “Turli muhitlarda tovush tarqalishi “ mavzusini loyihalashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
1Prеzidеntimizni 2019-yil 1-martidagi «Muqobil enеrgiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida» gi Farmoni mazkur sohada muhim islohotlar davri boshlanganidan dalolat bеradi. Ushbu muhim hujjat noan`anaviy enеrgеtika rеsurslaridan, jumladan quyosh enеrgiyasidan foydalanish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu bilan birga mamlakatimizning ekologik holatini yaxshilashga imkoniyatlar yaratadi. Fizika va ekologiya fanlarining oʻzaro bog‘liqligi maktab fizikasining boshlang‘ich bilimlarida ham oʻz aksini topadi. Oʻquvchilarda ekologik muhit, ekologik muvozanat va boshqalar haqida tushuncha va tasavvurlar hosil qilinadi. Ekologiya va uning tarkibiy qismini oʻrganishda uni ekologik faktorlarga ajratib oʻrganish maqsadga muvofiq boʻladi. Quyida esa aynan shunday ekologik faktorlardan biri suv haqida soʻz boradi, hamda buni oʻquvchilar ongiga singdirish usullari va hamda nimalarga e'tibor berish lozimligini aytib oʻtiladi. Suvning yetarli miqdorda boʻlishi va tozaligi hayot boqiyligini belgilaydi. Suv muammosi jahon miqyosida global ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga muvofiq, xastaliklarning 80% iga iflos suv sababchi boʻlmoqda. Hozirgi kunda yer shari, jumladan Respublikada ekologik holatning yomonlashuvi, oʻrmonlardan mahrum boʻlish, baliqlarning haddan tashqari koʻp ovlanishi, tuzli va kislotali yomg‘irlar, parnik effekti, ozon qatlamining yemirilishi, gidrosferani ifloslanishi, suv zahiralari tanqisligining ortishi, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik koʻplab odamlarning nobud boʻlishiga sababchi boʻlmoqda.
Kurs ishi rejasini asosiy qismining birinchisi shovqin ekologiyasiga bag‘ishlangan boʻlib unda shovqin faqat eshitish organiga emas organizimning ixtiyoriy bir qismiga shikast yetkazishi mumkin, buni fizikadagi tebranishlar va toʻlqinlar boʻlimi bilan birgalikda kvant fizikasi tushuntirib bera oladi. Issiqlik bilan bog‘liq jarayonlar, qayta tiklanuvchi enrgiya manbalariga misol qilib quyosh energiyasi, shamol va okean dengizlardan olinadigan energiyalar tushuniladi. Qayta tiklanmaydiganlariga esa geft, gaz, koʻmirni misol qilsa boʻladi, aslida bularni hammasi qayta tiklanadi qayta tiklanmaydigan energiya manbalari, qayta tiklanishi uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Biz odamlarni energiyaga boʻlgan ehtiyojimiz kundan kunga oshib bormoqda, agar bu energiyalar issiqlik energiyasiga aylansa bu jarayonni orqaga qaytarib boʻlmaydi, boʻlsa ham nisbatan koʻp energiya sarflash yoʻli bilan bajarish mumkin. Koʻplab oʻrmonlar kesilishi va transportlarni koʻpayishi natijasida atmosferada kislordo miqdori kamayishi hamda oʻqituvchi va oʻquvchi savol, javoblari oʻrin olgan. Oʻquvchilar fizikadagi har bir boʻlimda ekologik inqirozning fizik-texnik aspektlarini ochib beruvchi va ularni bartaraf etuvchi yoʻllari bilan tanishadilar.


    1. Download 1.03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling