Kurs ishi mavzu: Fizika darslarida ekologik tarbiyani amalga oshirish


Download 1.03 Mb.
bet10/11
Sana24.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1117983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kamalova Dildora kurs 2023

Optika boʻlimida. Ekologik tashkil etuvchilar: Quyosh nurlari, uning spectral tarkibi, Erga uzatilayotgan energiya miqdori, nurlarni sochilishi va yutilishi, yer sirtida Quyosh nurlarini energiyaga aylanishi, fotosintez, fotokimyoviy smog, issiqxona effekti, Quyosh nurlari energiyasining konsentratsiyalash muammolari, ozon qatlamining roli. Atom yadrosining barqaror emasligi, yadroning boshqa yadroga aylanishi. Bu jarayonda nurlanishning paydo boʻlishi, ularni tirik hujayralar bilan oʻzaro ta’siri, sun’iy radiaktiv elementlar. Yadroviy chiqindilarni saqlash muammolari.
Xulosa
Ekologik ma’lumotlar zamonaviy maktablarda oʻqitilayotgan fizika va boshqa tabiiy fanlarning muhim va ajralmas qismi boʻlishi kerak. Ularning asosida oʻsib kelayotgan yosh avlodni ekologik madaniyati shakllanadi.Ular tabiatdagi muvozanatni saqlash uchun fizik-texnik-texnologik va boshqa tabiiy bilimlar sistemasiga ega boʻladilar. Bu ilmiy texnikaviy rivojlanish sharoitida kishilik jamiyatining ishlab chiqarish faoliyati oʻsishida toʻg‘ri tanlangan yoʻnalish boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, maktab oʻquvchilarini hayotga, mexnatga amalda tabiatni oʻrganish tabiiy boyliklardan oqilana foydalanishni aniqlash, atrof muhitni asrash usullarini, ekologik ta’limning politexnik tamoyillarini realizatsiya qilishga erishishda muhim aspekt boʻlib xizmat qiladi.
Fizik aspektlarni oʻrganishda ekologik bilimlar oʻquvchilarni fizikadan bilimlarini kengaytirishda, ularni fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga, tabiatni va undagi turli xildagi turlarini asrash koʻnikmalarini rivojlantiradi. Ekologik bilim va malakalarni hayotiy muhim ekanligini oʻquvchilarga uqtiradi. Tabiatni bir butunligining ilmiy manzarasini ularni ongida shakllantiradi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni yosh avlodga saqlash kabi kelgusi va hozirhi kundagi masalalarni insonlar yechishi boʻyicha ularning oʻz oʻrni va rolini anglashga yordam beradi. Bu ekologik ta’lim va tarbiyaning potensial imkoniyatlari oʻquvchilarni fizika kursini oʻrganish chog‘ida real boʻlib, oʻqituvchini oʻquv prossesini ekologiyalashtirish g‘oyasiga kirib borishi zarurligini bugungi kunda zarurligini anglashini talab qiladi. Axir insoniyatning yashashi hozirgi kunda yerdagi ekologik holatni oqilona tarzda saqlashga bog‘liqdir. Bizga ma’lumki, dars ta’limning asosiy tashkiliy shaklidir. Dars juda uzoq tarixiy davr mobaynida shakllangan ta’lim jarayoni boʻlib, yildan yilga uning mazmuni va metodlari rivojlanib, sayqallanish bilan oʻsib bormoqda. U jamiyat hayoti bilan hamohang ravishda mazmunan boyib, takomillashib borayotgan pedagogik jarayondir. Har bir darsda nimadir oʻrganiladi, qandaydir bilimlar oʻzlashtiriladi, uning zamirida xohish, istak, qiziqish ma’lum bir maqsad sari intilish paydo boʻladi. U shaxsini kelajak hayotga tayyorlaydi, ya’ni shaxs shakllanadi, tarbiyalanadi, ma’naviy rivojlanadi. Ekologik holatni barqarorlashtirish asrimizning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Bu esa tabiatga munosabat borasidagi xatolarni atroflicha tahlil qilib xulosa chiqarishni, shuning bilan birga ekologik ta’lim va tarbiya berishni sifat jihatdan yangilashni taqazo etmoqda. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining fizika kursida ekologiya bilimlaridan foydalanish oʻquvchilarning atrof-muhitga boʻlgan e’tiborini yanada kuchaytiradi. Shu bilan birga berilayotgan ma’lumotlar fanlararo bog‘lanish xususiyatiga ega boʻlib, oʻquvchilar biologiya, odam va uning salomatligi, geografiya, tabiatshunoslik fanlaridan olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydilar.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling