Kurs ishi mavzu: Fizika darslarida ekologik tarbiyani amalga oshirish


Ultratovush va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish


Download 1.03 Mb.
bet3/11
Sana24.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1117983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kamalova Dildora kurs 2023

1.2. Ultratovush va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish
Ultratovush inson sezgisidan yuqori boʻlgan chastotada boʻladi. ( 20 ming Grs ). Ultratovush organizimda oqsil sintez boʻlinishini buzadi, hujayra membranasini oʻzgartirib yuboradi. Inson hayotda ultratovushni sezmasa ham bu organizimga yomon ta’sir koʻrsatadi. Shovqin yer yuzidagi barcha tirik mavjudodga, oʻsimliklarga va suyuqliklarga ham oʻz ta’sirini koʻrsatmay qoʻymaydi! shovqin barchasiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan boʻlsa, oʻz-oʻzidan ekologiyamizni ham zararlaydi va uning ma’lum tarmoqdagi oʻzgarishlarga olib keladi.
Shovqindan himoyalanish:

  • Sanoatdagi shovqin haqida umumiy ma’lumotlar.

  • Shovqindan himoyalash.

  • Shovqinni oʻlchash va analiz uchun asboblar.

Turli mashinalar, mexanizmlar va boshqa manbalardan paydo boʻladigan shovqin va vibratsiya qattiq jismlar, gaz va suyuqlikning mexanik tebranishlaridan iboratdir. Uch xil turdagi mexanik tebranishlar mavjud: Infratovushli, tovushli, ultratovushli. Yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy sanitariya normalaridan yuqori boʻlgan ishlab chiqarish shovqinlari va vibratsiyalar odam organizmiga zararli tasir koʻrsatib, oqibatda og‘ir kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. Tovush tebranuvchi jism paydo qiladigan havoning tebranishi toʻlqinsimon tarqalishidan iborat. Toʻlqin uzunligi bir xil fazalarda tebranuvchi nuqtalar oʻrtasidagi minimal masofadir. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonida paxtaning pnevmotrasport qurilmasi, ventilyatorlari shovqin manbai xisoblanadi. Paxta tozalash korxonasida 800-1000 m masofadan eshitiladigan bu ventilyatorlarning shovqini shu korxonada ishlovchilarga va zavodga yaqin yashovchi odamlarga zarar keltiradi. Intensiv, keskin va uzoq davom etadigan shovqin ishlovchilarga salbiy tasir koʻrsatadi, ular tez charchaydi, asab va yurak qon tomir sistemasi faoliyati buziladi, qisman yoki toʻliq eshitish qobiliyatining yoʻqolishi kuzatiladi, ish unumdorligi pasayadi.
Vibratsiyamexanik tebranish boʻlib, odamga salbiy ta’sir qilishi mumkin, ayniqsa past tovush va infratovush chastotalar, Ultratovush tarang muhitda 11200 dan 109 Gts diapazonda mexanik tebranishlarda yuz beradi. Sanoatda detallarni tozalash va yogʻsizlantirish, metallarga mexanik ishlov berish uchun 18000 dan 30000 Gts chastotasigacha boʻlgan tebranishli ultratovush qurilmalar keng qoʻllaniladi. Odamga ultratovush havo muhiti orqali ta’sir qiladi. Ultratovush qurilmalarida ishlovchilar bosh ogʻriq bilan tez charchaydi, uxlagada uyqusi buziladi, ogʻzi quriydi va koʻrish qobiliyati susayadi. Ishlab chiqarishda va trasportda ventilyatorlar, kompressorlar, ichki yonish dvigatellari ishlaganida, avtomobillar yurganida infratovush paydo boʻladi, bu tovush eshitish orqali seziladi. Eshitish ostonasini pasaytiradi. Mashina, ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash va ishlatishda, shuningdek ish joylarini tashkil etishda shovqindan, vibratsiyadan va ultratovushdan himoyalash uchun zarur choralar koʻrish kerak.

  1. Tovushni soʻndiruvchi va tovushdan izolyatsiyalovchi materiallardan va konstruktsiyalardan foydalanish kerak.

  2. Tsexda mashina – uskunalarni ratsional joylashtirish zarur.

  3. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak.

  4. Mexnat kilish va dam olish rejimlarini ratsional tanlash, shovqin sharoitida boʻlish vaqtini qisqartirish.

  5. Korxonalar hududlarini koʻklamzorlashtirish va suv havzalarini qurish zarur.

  6. Shovqin paydo boʻlish manbaida mashinalar shovqinini kamaytirish kerak.

  7. Shovqin tarqalishini cheklash.

  8. Tovushdan izolyatsiyalovchi guruhlar vositasida shovqinni lokalizatsiyalash.

  9. Shovqinni ekranlashtiruvchi shovqin soʻndirgichlarni qoʻllash kerak.

Devorlar va tusiqlarning tovush izolyatsiyasini oshirish yoki ularning massasini kamaytirish uchun ular urtasida havo oraliqli turli toʻsiqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday konstruksiyalar bir qavatli shu massadagilarga nisbatan yaxshiroq tovush izolyatsiyasi xossasiga ega. Germetizatsiyalovchi materiallar sifatida yumshoq tipdagi rezina, asbest shnur, bitum shimdirilgan kanopdan foydalanish mumkin. Tovush energiyasini yutish tipi boʻyicha barcha materiallar va konstruktsiyalar 3 guruhga ajratiladi: gʻovak-gʻovak, rezonans va donador. Gʻovak – gʻovak soʻndirgichlarga yogʻoch tolali, mineral paxta, shisha tola plitalar, sement fibrolit, ftoroplastlar, kapron va mineral tolali matolar, shisha tolalar kiradi. Bu materiallar tovushni quyidagicha soʻndiradi, tirqishlardagi tovush energiyasi ichki ishqalanishni yengish oqibatida issiklik energiyasiga oʻtadi. Tovush soʻndirish koefitsienti tovush soʻndirish materiallarining xossalariga, qalinligiga va joylashtirish usuliga bogʻlik. Rezonans tovush soʻndirgichlar ikki tomonidan mato yopishtirilgan perforatsiyalangan ekrandan iborat boʻlib, shovqin manbaidan ma`lum bir masofada joylashadi. Ekran sifatida metall taxtalar, yogoch – qirindi va asbotsement plitalar va fanerlar qoʻllaniladi. Donador tovush sundirgichlar – hajmli tovush soʻndirish jismlari boʻlib, binoda bir – biridan 1500-2000 mm masofada osib qoʻyiladi. Ular asosan g‘ovak-g‘ovak materiallardan tayyorlanadi. Paxta tozalash zavodlariga ventilyatordagi shovqinni pasaytirish uchun quyidagi choralarni koʻrish zarur:

  1. Ventilyatorlar gʻildiraklarini balansirovkalash.

  2. Sharikli podshipniklarni ishdan chiqqan ventilyatorlarni ishga tushirishga yoʻl qoʻymaslik.

  3. Ventilyator balansirovkasining buzilishiga olib keladigan gʻildirak detallari yeyilishiga yoʻl qoʻymaslik.

Shovqinni oʻlchash va analiz qilish uchun turli konstruktsiyadagi shovqin oʻlchagichlar, analizatorlar, magnitofonlar va otsillograflardan foydalaniladi. Oʻlchov traktlari boʻyicha shovqinni oʻlchash usullari inspektorlik va muxandislik usullariga boʻliadi.

  • Inspektorlik usuli - asosan ishlab chikarish, transport, maishiy shovqinlarning sanitariya normalariga muvofikligini tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu oʻlchash usulida shovqin oʻlchagich va oktava chastota polosalari bor analizatordan foydalaniladi.

  • Muxandislik usuli - bunda shovqin manbalari tekshiriladi, paydo boʻlish sabablari analiz qilinadi va shovqin sundirish vositalari ishlab chikiladi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling