Kurs ishi mavzu: Fizika darslarida ekologik tarbiyani amalga oshirish


Ekologik tushunchalarga oid 6-sinf Fizika kitobidagi “Turli muhitlarda tovush tarqalishi “ mavzusini loyihalashtirish


Download 1.03 Mb.
bet8/11
Sana24.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1117983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kamalova Dildora kurs 2023

. Ekologik tushunchalarga oid 6-sinf Fizika kitobidagi “Turli muhitlarda tovush tarqalishi “ mavzusini loyihalashtirish.

Mavzu: Tovushning turli muhitlarda tarqalishi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Tovush tarqalishining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
Tarbiyaviy: O’ziga ishonch ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: Noan’anaviy
Darsning usuli: Suhbat, aqliy hujum, BBB metodi.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi. 2. Tajriba-namoyish uchun zaruriy jihozlar.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism Guruhlarni tashkil etish. Taqdimot. (O’qituvchi tanlagan usul bilan jarayon amalga oshadi). Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikrini olish. (O’qituvchi tanlagan usul bilan jarayon o’tkaziladi.)
2. O’tilgan mavzuni so’rash :
1. Kamerton shoxchasining uzunligi o’zgartirilsa, undan chiquvchi tovush qanday o’zgaradi?
2. Quloq tovushni qanday qabul qilishi haqida Sizda qanday fikrlar bor?
3. Tor, ruboblarga nima sababdan yupqa parda qoplanadi?
3. Yangi mavzuni o’rganish
Tovushning tarqalishini oʻrganish uchun 1660-yilda Robert Boyl shunday tajriba oʻtkazgan. Shisha qalpoq ostiga soatni qoʻygan. Bunda soatning chiqillab yurgan ovozi bemalol eshitilib turgan (126-rasm). Shundan soʻng qalpoq ichidagi havoni soʻrib ola boshlagan. Soatning chiqillagan ovozi pasayib, oxirida butunlay eshitilmay qolgan. Demak, tovush tarqalishi uchun muhit kerak ekan. Vakuumda tebranishni tarqatuvchi hech narsa yoʻq. Umuman, tovush qanday tarqaladi? Kamerton shoxchasi tebranganda uning yonidagi havoda siqilishlar va kengayishlar hosil boʻladi. Soʻngra siqilish va kengayish havo zarralari orqali atrofga tarqaladi. Gazlarda tovushning tarqalishi. Stadionlarda oʻtkazilgan katta tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitilganligiga e'tibor bergan boʻlsangiz kerak. Osmonga otilgan mushaklarning oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini ham eshitgansiz. Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi yorug‘likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi M. Mersen oʻlchagan. Tovushning 20°C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 km/soat ga teng. Bu kattalik miltiq oʻqining tezligidan taxminan ikki barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi koʻtarilishi bilan ortadi. Tovush tezligi 10°C da 337,3 m/s, 0°C da 331,5 m/s, 30°C da 348,9 m/s va 50°C da 360,3 m/s ga teng. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi. Suyuqlikda zarralar gazlarga nisbatan zichroq joylashganligi tufayli ularda tovushning tarqalish tezligi kattaroq boʻladi. Tovushning suvdagi tezligini birinchi marta 1826-yilda J. Kolladon va Ya. Shturm Shveysariyadagi Jeneva koʻlida oʻlchashgan. 8°C li suvda oʻlchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. Anhorlarda choʻmilganda suv tagida ikkita toshni urib koʻrib, uningovozini eshitgan oʻquvchilar boʻlsa kerak. Tashqarida turib suv ichida hosil qilingan ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab baliqlar ovoz chiqarmaydi, degan xulosaga ham borganmiz. Rus tilidagi Baliqdek soqov degan ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa suv hayvonlari - kitlar, delfinlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan muloqotda boʻladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday, havoda hosil qilingan ovoz ham suv ichiga oʻtmaydi.
2. Qattiq jismlarda tovush tarqalishi. Buni oʻrganish uchun oʻyinchoq telefon yasaymiz. Yog‘ochdan yasalgan ikkita gugurt qutisini olib, uning donalarini chiqarib qoʻyamiz. Har birida bittadan choʻpni qoldirib, belidan bitta ipning ikkita uchini gugurtga teshib kiritib choʻplarga bog‘laymiz. Qutilarni yopib ipni tarang qilib tortamiz. Telefon tayyor! Oʻrtog‘ingizga birini berib, qulog‘iga tutishini soʻrang. Oʻzingizdagi qutini tortib, ipni taranglashtirib qutiga gapirsangiz, oʻrtog‘ingiz bemalol eshitadi. Bunda tovush ip orqali uzatiladi. Poyezd yoʻli relslariga quloq tutgan odam, poyezdni koʻrmasa-da, uning kelayotganini eshitadi. Ba'zi filmlarda hindu»larning yerga yotib otliqlar yoki hayvonlar toʻdasi yaqinlashayotganini bilib olganligini koʻrgan boʻlsangiz kerak.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling