Kurs ishi mavzu: Fizika darslarida ekologik tarbiyani amalga oshirish


Download 1.03 Mb.
bet9/11
Sana24.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1117983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kamalova Dildora kurs 2023

4. Mustahkamlash:
1. Baliqlar ovoz chiqarmaydi degan gap rostmi?
2. Oyda Yerdagiga qaraganda tovush uzoqroqqa tarqaladimi yoki aksinchami?
3. Nima sababdan odam o’z ovozi yozilgan magnit tasmasini eshitsa tanimaydi?
5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.
6. Uyga topshiriqlar. Darslikdan keyingi mavzuni o’rganish va amaliy topshirig’ini bajarib kelish.
Bugungi kunda fizika oʻqituvchilarining oldida turgan muhim masalalardan biri,umumiy fizika kursining boʻlimlarida ekologik tushunchalarga oid mavzularni tanlash hisoblanadi. Oʻquvchilar fizikadagi har bir boʻlimda ekologik inqirozning fizik-texnik aspektlarini ochib beruvchi va ularni bartaraf etuvchi yoʻllari bilan tanishadilar.
Mexanika boʻlimda. Ekologik tashkil etuvchilar: massaning saqlanish qonunini, ekologik aspekt (atmosferada chiqindi gazlar massasini toʻplanishi, bug‘lanuvchi va oquvchi yoqilg‘i moylar bilan biosferani zaxarlanishi, Er sirtiga yaqin atmosfera qatlami zichligini ortishi) chiqindi gazlarni erning tortishish maydonidagi zichlikni ortishi bilan atmosferaning mexanik xossasini oʻzgarishi konveksion oqimlarning roli, Arximed qonuning ekologik aspekti. Tebranma harakatning tabiatdagi roli. Energiyaning mexanik manbalarini ekologik ahamiyati.
Issiqlik boʻlimida. Ekologik tashkil etuvchilar: atmosferani ifloslantiruvchi manbalar – Broun harakati, tortishish maydonida Broun zarralarining massa boʻyicha taqsimoti, yonilg‘ini yonishida massani energiyaga aylanishi, insoniyat tomonidan foydalanilayotgan issiqlik shaklidagi energiya, energiyaning asosiy manbai, yonilg‘ini yoqishda atmosferaning ifloslanishi, ekologik jihatdan toza energiya manbalari, katta quvvatli ekologik toza energiya manbalarni yaratish muammolari, issiqlik oʻtkazuvchanlik, atmosferani ifloslantiruvchi mexanizm sifatida. Havoning tarkibi, uni kuzatish joyiga bog‘liqligi, suv va gazni uning ekologik roli hamda atmosferadagi tozalash mexanizmlari.
Elektromagnitizm boʻlimida. Ekologik tashkil etuvchilar: elektromagnit maydon energiyasini issiqlik harakati energiyasiga aylanishi, chaqmoq va mamaqaldiroq mexanizmi, manbalarning F.I.K, E.Yu.K elektr toki va elektromagnit maydonlarning tirik organizmlarga ta’siri, elektromagnit maydon energiyalarini oʻtkazgichsiz uzatish imkoniyatlari, suv molekulasining elektr maydon va uning ekologik roli.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling