Kurs ishi mavzu: Fransiyada pensiya tizimi islohotlari. Bajardi
-rasm. Fransiya pensiya tizimi Markaziy ijtimoiy himoya4
Download 0.69 Mb.
|
XOLIQULOVA MOHINUR KURS ISHI Fransiya 2
1.1-rasm. Fransiya pensiya tizimi Markaziy ijtimoiy himoya4
Fransiya pensiya tizimining asosiy elementi davlat majburiy pensiya tizimi hisoblanadi. Davlat majburiy pensiya tizimi pensiya badallari va soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi va moliyalashtirish “pay-as-you-go”5 tizimi asosida amalga oshiriladi. Davlat pensiya tizimi yuzga yaqin pensiya dasturlarini o’z ichiga qamrab oladi va ularni turli kasb guruhlari bo’yicha umumlashtirib quyidagi 4 asosiy guruhlarga ajratish mumkin: 1) bosh dastur; 2) o’zini-o’zi band qilganlar uchun dastur; 3) fermerlar uchun dastur; 4) maxsus dasturlar. Bosh dastur ikki bo’gʼindan iborat: 1) Xodimlar milliy pensiya fondi tomonidan boshqariladigan asosiy bo’gʼin; 2) Quyidagi uch alohida tashkilot tomonidan boshqariladigan yordamchi bo‘g‘in: Qo‘shimcha pensiya dasturlari Assotsiatsiyasi Ijroiya pensiya tashkilotlari bosh Assotsiatsiyasi Mansabdor bo‘lmagan davlat xodimlari uchun to‘ldiruvchi pensiya fondi 6 Asosiy bo‘g‘in aktivlari jamg‘ariluvchi fond barcha sug‘urtalangan shaxslar uchun umumiy hisoblanadi va “o‘rnatilgan pensiya to‘lovlari – DB” qoidalariga asoslangan holda shakllantiriladi. Asosiy bo‘g‘in uchun pensiya badallari stavkasi daromadlarga nisbatan 14.9%dan 32.7%gacha bo‘lib, shundan 8.3%dan 16.3 %gacha bo‘lgan qismini ish beruvchilar, 6.6 %dan 16.3%gacha bo‘lgan qismini ishchilar to‘lashadi. Badallar miqdori 2 773 yevroga teng bo‘lgan yalpi daromadlardan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. To‘langan badallar pensiya fondiga o‘tkaziladi. 7 Yordamchi bo‘g‘in bosh dasturning asosiy bo‘g‘ini bo‘yicha sug‘urtalanishlari shart bo‘lgan barcha yollanma ishchilar uchun qo‘shimcha pensiya Assotsiatsiyasi doirasida, muhandis va boshqaruv xodimlari uchun ijroiya pensiya tashkilotlari bosh Assotsiatsiyasi doirasida, davlat xodimlari uchun davlat va nodavlat xodimlari uchun to‘ldiruvchi pensiya fondi doirasida majburiy hisoblanadi. Yordamchi fondlarda jamg‘arilgan aktivlar nazorat qilinuvchi va ijtimoiy hamkorlar deb ataluvchi institutlar tomonidan boshqariladi va kapital bozorida investitsiyalanadi. Qo‘shimcha pensiya Assotsiatsiyasi doirasida 43 ta alohida dasturlar mavjud bo‘lib, pensiya badallari stavkasi daromadlarga nisbatan 6.0 % dan 7.5 % gacha qilib belgilangan. Ijroiya pensiya tashkilotlari bosh Assotsiatsiyasi tarkibi 67 ta alohida pensiya dasturlaridan iborat. Ijroiya pensiya tashkilotlari bosh Assotsiatsiyasi doirasida pensiya badallari stavkasi daromadlarning 16.0-20.0%iga teng miqdorda belgilangan. Davlat va nodavlat xodimlari uchun to‘ldiruvchi pensiya fondi doirasida esa pensiya badallari 4.5-17.5 % etib belgilangan. Yordamchi bo‘g‘inda to‘liq pensiya to‘lovlari miqdori sug‘urtalangan shaxs daromadlarining 20 % iga tengdir. 8 O‘zini-o‘zi band etganlar uchun pensiya dasturi markaziy fondi va 12 ta korporativ fondlarni qamrab oladi. Korporativ fondlarni umumlashtirib uch guruhga bo‘lish mumkin: Tadbirkorlar va savdogarlar uchun, hunarmandlar uchun va yollanmasdan ishlovchilar uchun. Ushbu dastur bosh dastur kabi asosiy va yordamchi bo‘g‘inlardan tashkil topgan. Fermerlar pensiya dasturi ikki guruhdagi shaxslar uchun amal qiladi: fermerlar va qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari. Ushbu dastur asosiy va yordamchi bo‘g‘inlarga ajraladi. Bosh dastur, o‘zini band etganlar uchun va fermerlar dasturlarining asosiy va yordamchi bo‘g‘inlari mos ravishda Fransiya pensiya tizimining birinchi va ikkinchi pog‘onalarini tashkil etadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling