Kurs ishi mavzu: Fransiyada pensiya tizimi islohotlari. Bajardi


Download 0.69 Mb.
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1020711
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XOLIQULOVA MOHINUR KURS ISHI Fransiya 2


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“MAKROIQTISODIYOT” KAFEDRASI

KURS ISHI

Mavzu: Fransiyada pensiya tizimi islohotlari.

Bajardi: 5520100 – ijtimoiy ish (pensiya ta`minoti) yo`nalishi talabasi Xoliqulova Mohinur
Ilmiy rahbar: i.f.d., professor Vaxobov. A.V
Topshirilgan sana:
Baho:


Toshkent – 2022
MUNDARIJA

Kirish.________________________________________________________4


1. Fransiya pensiya tizimining shakillanish bosqichlari _________________6
2. Fransiya pensiya tizimining tarkibiy tuzulishi va rivojlanish omillari____15
3. Fransiya pensiya tizimini so‘ngi yillardagi islohotlari.________________24
Xulosa _______________________________________________________32
Foydalanilgan ilmiy adabiyotlar____________________________________34

Kirish
Mavzuni dolzarbligi. Xorij mamlakatlaridagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolar pensiya tizimlarining asosiy muammolariga aylanib bormoqda. Bu holatini Fransiya pensiya ta'minoti tizimida ijtimoiy xarajatlarning ko‘payishi, aholi yosh tarkibining jiddiy o‘zgarishlari (aholining keksayishi) va boshqa ko‘rsatkichlar tizimi bilan izohlash mumkin. Fransiyada pensiyaga chiqish yoshi 2022 -yilda 67 yoshni tashkil etadi, eng kam pensiya miqdori 903 yevro va yana bir muhim ko`rsatkich Fransiya 2022 - yil pensiyonerlar umumiy aholini 6,4 foizini tashkil etdi bu 16 700 ming kishi. 1
Fransiya Respublikasining 2021-yil 21-avgustdagi 2021-775- sonli “Keksa yoshdagi pensiyalarni isloh qilish to‘g‘risida”gi Qonunida pensiya tizimini isloh etish bo`yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan ushbu qonun Fransiya pensiya ta`minoti tizimini tartibga solishda katta ahamiyat kasb etadi.
Xususan;

  • tarqatish tizimini qo‘llab-quvvatlash.

  • pensiya tizimining ishonchliligini ta'minlash.

  • tizimni sodda va tushunarli qilish: martaba yo'llarini soddalashtirish.

  • hamma uchun bir xil qoidalarga ega universal tizim yaratish. ( 42 ta dasturni tugatish).

  • Shvetsiya tizimidan ilhomlangan pensiya to'lovlarining yangi qoidalarini joriy etish.

Butun jahon mamlakatlarida pensiya tizimini qayta tashkil qilishning maqsadi keksayib qolgan shaxslarni kambag‘allikdan ishonchliroq himoya qilishni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Shubhasiz, pensiya ta’minoti masalalari har qanday davlatning siyosiy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Chunki davlatning, yoshi yetib mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolari oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy javobgarligining shakllanishi sharoitida pensiya ta’minoti masalalari eng muhimlaridan biri sanaladi.
Pensiya ta’minoti darajasi va sifati – mamlakat aholisining iqtisodiyijtimoiy holatida muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli ham jamiyat hayotining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, muqobil pensiya ta’minoti tiziminishakllantirish va takomillashtirish chora-tadbirlarini tuzish masalalari har bir davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling