Kurs ishi mavzu: Fransiyada pensiya tizimi islohotlari. Bajardi


Fransiya pensiya tizimining tarkibiy tuzulishi va rivojlanish omillari


Download 0.69 Mb.
bet4/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1020711
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XOLIQULOVA MOHINUR KURS ISHI Fransiya 2

Fransiya pensiya tizimining tarkibiy tuzulishi va rivojlanish omillari

Boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kabi Fransiyada ham mamlakat pensiya tizimiga salbiy taʼsir etuvchi demografik oʼzgarishlar chuqurlashib bormoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida esa demografik jarayonlarning taʼsiri yanada ortdi.


2022-yilda Fransiyada 79.3 yoshdagi aholining umumiy aholi tarkibidagi ulushi9 Yevropa Ittifoqidagi oʼrtacha daraja 19 % ga yaqin boʼldi. Mamlakatda bu koʼrsatich darajasi Irlandiya (11 %) va Niderlandiyadagi (13 %) darajadan past va Italiyadagi (20 %) darajaga nisbatan baland boʼldi. BMT tasnifi boʼyicha bu koʼrsatkich 14 %dan yuqori boʼlsa mamlakat aholisi qarigan deb hisoblanadi.
2022 yil boshida Birlashgan millatlar tashkilotining demografiya va ijtimoiy statistika departamenti maʼlumotlariga koʼra Fransiya aholisining yosh tarkibida 79.3 va undan yuqori yoshdagilar ulushi 19 % ni tashkil etadi

16,3

62,7

19



- 15 yoshgacha boʼlgan aholi ulushi
- 15 yoshdan 79,3 yoshgacha boʼlgan aholi ulushi
- 79,3 va undan yuqori yoshdagilar ulushi
2-rasm. Fransiya aholisining yosh tarkibi, 2022- yil boshida. 10
Bu koʼrsatkich darajasi 2018-yillarga nisbatan unchalik oshmagan boʼlsada yaqin oʼn yilliklar ichida 79.3 va undan yuqori yoshdagi frantsuz aholisining ulushi keskin va barqaror oshib borishi, jumladan, 2030 yilgacha 25% ga, 2050 yilgacha esa 30 %ga yetishi kutilmoqda. Bu albatta mamlakatda demografik yuk koeffitsientlarining ortib ketishiga olib keladi. Maʼlumki demografik yuk koeffitsienti mehnatga qobiliyatli boʼlmagan aholining jamiyatga va iqtisodiyotga qanchalik darajada yuk boʼlib guruhlashda mehnat yoshidan guruhlash chegarasi sifatida foydalaniladi. Mehnat yoshi turli mamlakatlarda turlicha boʼlib, mamlakatlar mavjud demorafik va iqtisodiy holatni inobatga olib mehnat yoshi chegarasini mustaqil belgilaydilar.
Dunyo mamlakatlari boʼyicha demografik maʼlumotlarni umumlashtirib va qiyosiy tahlil qilish uchun Birlashgan millatlar tashkilotining demografiya va ijtimoiy statistika departamenti mehnat yoshi sifatida 15 - 65 yoshdan foydalanadi. Unga koʼra mehnatga qobiliyatli aholi deganda 15 yoshdan 65 yoshgacha boʼlgan aholi qabul qilinadi. Mehnat qobiliyatli boʼlmagan aholini esa 15 yoshgacha va 65 yoshdan yuqori yoshdagilar tashkil etadi. Ularning umumiy va mos ravishda alohida sonining mehnatga qobiliyatli yoshdagi (15-65 yosh) aholi soniga nisbati umumiy demografik yuk, potentsial almashtirish va pensiya boʼyicha yuk koeffitsientlarini aks ettiradi. Demografik yuk koeffitsientlarning oshishi davlatning ijtimoiy soha xarajatlarining, jumladan pensiya tizimi xarajatlarining oshishiga olib keladi.
Fransiyada umumiy demografik yuk koeffiitsienti 2021 yil boshida 54.5 % ga teng boʼlib, bunday daraja jamiyat uchun yuqori ijtimoiy yuk hisoblanadi. Bu Fransiyada har bir mehnat yoshidagi aholining oʼzi uchun zarur boʼlgan miqdorga nisbatan 1.5 baravar koʼproq tovar va xizmatlar bilan taʼminlanishi kerakligini anglatadi. Fransiyada potentsial almashtirish koeffitsienti 28.6 % ni tashkil etgan holda, pensiya boʼyicha yuk koeffitsienti 25.9 % ga teng boʼldi.11
Pensiya tizimiga demografik omillarning taʼsirini baholashda pensiya boʼyicha yuk koefitsientidan tashqari pensiya yoshidagilarning jamiyat uchun iqtisodiy yuk boʼlish darajasini aks ettiruvchi yana bir koʼrsatkich keksa yoshdagilarning demografik qaramlik koeffitsientidan ham foydalaniladi. Ushbu koeffitsientning avvalgisidan farqli jihati shundaki, uni hisoblashda pensiya yoshidagilar sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati hisobga olinadi.
IHTT mamlakatlari doirasida keksa yoshdagilarning demografik qaramlik koeffitsienti 2022 yilda oʼrtacha 27.6 % ga teng boʼlgan boʼlsa Fransiyada ushbu koʼrsatkich oʼrtacha darajadan 5.2 punktga yuqori, yaʼni 32.8 % ga teng boʼlib, yaqin yillarda ushbu koʼrsatkich darajasining yanada oshishi prognoz qilinmoqda. Jumladan, Fransiyada keksa yoshdagilarning demografik qaramlik koeffitsienti 2025 yilga kelib 39.7 % ga yetishi prognoz qilinayotgan boʼlsa, 2050 yilga kelib 49 %ga va 2075 yilga kelib esa 53.4 %ga yetishi kutilmoqda.
Fransiyada va boshqa koʼplab IHTT mamlakatlarida keksa yoshdagilarning demografik qaramlik koefitsientining oshib borishi mamlakatlarda tugʼilish darajasining pasayishi va kutilayotgan oʼrtacha umr davomiyligining oshishi kabi omillar hisobiga yuz bermoqda. Tugʼilish darajasini hisoblashda tugʼilish koeffitsientidan foydalaniladi. Tugʼilish keffitsientini aniqlashda odatda har 1000 nafar tugʼish yoshidagi (15-49 yosh) ayollarga toʼgʼri keluvchi bir yil davomidagi tugʼilishlar soni hisoblanadi. Lekin tugʼilish darajasining oʼzgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini toʼlaroq tahlil qilish maqsadida Birlashgan millatlar tashkilotining demografiya va ijtimoiy statistika departamenti tugʼilish koeffitsientini hisoblashning boshqa usulidan foydalanadi. Ushbu usulga koʼra tugʼilish keffitsientiga tugʼish yoshidagi bir ayol dunyoga keltirishi mumkin boʼlgan oʼrtacha bolalar soni sifatida qaraladi.
Tugʼilish koeffitsientining bunday tushib ketishi natijasida mamlakatda aholi qarishi jarayonlari kuchaydi, mehnat resurslarining takror ishlab chiqarish darajasi, mehnat bozorida yosh ish kuchining salmogʼi nisbatan kamaydi va mamlakatda keksa yoshdagilarning demografik qaramlik darajasi oshdi.
Pensiya tizimiga taʼsir etuvchi yana bir demografik omil tugʼilishda kutilayotgan oʼrtacha umr davomiyligidir. Ushbu koʼrsatkich joriy tugʼilish va oʼlim darajalari hisobga olingandagi insonning tugʼilgandan boshlab yashashi mumkin boʼlgan yillarning oʼrtacha miqdorini aks ettiradi.Kutilayotgan umr davomiyligining pensiya tizimiga taʼsirini baholash maqsadida pensiyaga chiqish yoshida yoki oʼrtacha 65 yoshda kutilayotgan umr davomiyligi tahlil qilinadi.
Bugungi kunga kelib dunyoda tibbiyot borasida erishilayotgan yutuqlar, koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatining ortib borishi, aholi daromadlari va turmush darajasining oshib borishi tufayli koʼplab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatori Fransiyada oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi oshib bormoqda.
Аholi umr koʼrish davomiyligining oshib borayotganligi bugungi kunda insoniyatning katta yutuqlaridan biridir. Lekin aholi umr koʼrish davomiyligi oshishi pensiya tizimini moliyalashtirishga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Chunki pensiya yoshi oʼzgartirilmagan sharoitda aholining umr koʼrish davomiyligining oshishi aholi pensiyaga chiqqandan soʼng ularni nisbatan uzoqroq muddat pensiya toʼlovlari bilan taʼminlash kerakligini anglatadi va bu pensiya tizimi moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Fransiyada oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi 81.7 yil boʼlib, bu Birlashgan millatlar tashkilotining demografiya va ijtimoiy statistika departamenti maʼlumotlari boʼyicha hisoblangan dunyodagi oʼrtacha koʼrish darajasidan (71 yil) sezilarli yuqori va IHTT mamlakatlari boʼyicha oʼrtacha koʼrsatkichdan (80) biroz yuqoridir12
Pensiya tizimining moliyalashtirilishi keksalikda kutilayotgan umr davomiyligi koʼrsatkichi bilan ham bogʼliqdir. Chunki bu koʼrsatkich darajasining pensiya tizimiga taʼsiri tugʼilishda kutilayotgan umr davomiyligiga nisbatan yaqqolroq namoyon boʼladi. Fransiyada aholisining 65 yoshda kutilayotgan oʼrtacha umr davomiyligi 21 yilga teng boʼlib, bu koʼrsatkich boʼyicha IHTT boʼyicha hisoblangan oʼrtacha umr davomiyligi (19.3 yil) dan yuqoriroqdir.
2023-2024 yillarda IHTT mamlakatlarida 65 yoshdagi ayollarning yana oʼrtacha 20,8 yil yashashi kutilmoqda va bu koʼrsatkich 2060-2065 yillarga borib 25,8 yilga yetishi prognoz qilinmoqda.13
IHTT mamlakatlari oʼrtasida ayollarning keksalikda kutilayotgan oʼrtacha umr davomiyligi koʼrsatkichi boʼyicha sezilarli darajada variatsiya mavjuddir. 2060-2065 yillarga kelib Fransiya keksalikda kutilayotgan oʼrtacha umr davomiyligi boʼyicha Yaponiya (29.7 yil) va Koreadan (29.5 yil) soʼng uchinchi eng yuqori darajaga (28.3 yil) erishishi prognoz qilinmoqda . 2023-2024 yillarda IHTT mamlakatlari doirasida 65 yoshdagi erkaklarning kutilayotgan oʼrtacha umr davomiyligi 17.4 yilga teng boʼlmoqda mamlakatlari qatorida Fransiyada ham pensiya tizimini muntazam isloh qilib borish zarurati yuqori ekanligini anglatadi. Koʼpchilik Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kabi Fransiyada ham pensiya yoshining soʼngi yillarda bosqichma-bosqich oshirilib kelinayotganligi demografik omillarning pensiya tizimiga salbiy taʼsir etishini maʼlum darajada kamaytirmoqda deyish mumkin. Lekin bunday vaziyatda uzaytirilgan pensiya yoshida ham keksa aholi oʼzining salomatlik darajasining yaxshi holatda saqlab qolishiga, yoki boshqacha aytganda mehnat qobiliyatini toʼliq saqlab qolishiga, jumladan keksalikdagi nogironlik va alohida etiborga muhtojlik holatlarini yuzaga kelishi mumkinligiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Bunday vaziyatda mavjud pensiya dasturlari bilan parallel ravishda amal qiluvchi keksalikdagi nogironlikdan sugʼurtalash dasturlarini joriy etish orqali pensiya yoshidagi aholini ijtimoiy sugʼurtalashning ahamiyati ortadi. Bu esa ijtimoiy sugʼurta xarajatlarining maʼlum miqdorda oshishiga olib kelishi mumkin. Pensiya yoshini oshirish bilan bogʼliq islohotlarni amalga oshirishda mamlakatdagi bandlik darajasini ham hisobga olish muhim hisoblanadi. Chunki pensiya yoshining oshirilishi iqtisodiyotda mehnat resurslari sonining oshishiga olib keladi. Mehnat resurslarining bunday oshishi yangi ish oʼrinlarini yaratishga nisbatan yuqoriroq boʼladigan boʼlsa, pensiya yoshiga yaqin yoshdagi mehnat resurslari oʼrtasida ishsizlik darajasi ortishi mumkin. Shu sababli demografik omillar bilan birgalikda mehnat bozoridagi oʼzgarishlaring pensiya tizimiga taʼsirini tahlil qilish pensiya
tizimi barqarorligin oshirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2021-2022 yillar davomida Fantsiyada ishsizlik darajasining barqaror oʼsishi kuzatildi. 2020 yilda mamlakatda ishsizlik darajasi 8.5 % ni tashkil etgan boʼlsa, 2021 yilda bu koʼrsatkich 10.4 % gacha koʼtarildi, 2022 yilda esa 10.0 % lik ishsizlik darajasi qayd etildi. IHTT mamlakatlari doirasida umumiy oʼrtacha ishsizlik darajasi 2020 yilda 6.5 %ni tashkil etgan boʼlsa, 2022 yilda ishsizlik darajasi undan biroz pastroq darajani, yaʼni 6.3 % ni tashkil etdi. Lekin ushbu davr oraligʼida oʼrtacha ishsizlik darajasi barqaror boʼlmagan ravishda oʼzgarib bordi, jumladan, 2021 yilda ishsizlik darajasi 5.9 % ga teng boʼlgan boʼlsa, 2022 yilda 8.3 % ga yetdi. Fransiyada ishsizlik darajasi 2021-2022 yillar davomida IHTT doirasida hisoblangan oʼrtacha koʼrsatkichdan yuqori boʼldi, birgina 2022 yilda oʼrtacha koʼrsatkichdan 3.7 punktga yuqoriroq ishsizlik darajasi qayd etildi. Fransiyada soʼngi yillarda ishsizlik darajasining yuqori ekanligi iqtisodiy faol aholining bandlik darajasi pasayishi kuzatilayotgan anglatadi, lekin mamlakatda mehnat resurslarining bandlik darajasi 2021 - 2022 yillarda deyarli oʼzgarishsiz qolib, oʼrtacha 64 % atrofida tebranib kelmoqda. Mamlakatda mehnat resurslarining bandlik darajasi 2021 yilda 67.7 % ni tashkil etgan boʼlsa, 2022 yilda bu koʼrsatkich 71.2 % ni tashkil etdi, shuningdek mamlakatda 72.9 % lik eng yuqori bandlik darajasiga 2019 yilda erishildi. Lekin ushbu davr oraligʼida oʼrtacha ishsizlik darajasi barqaror boʼlmagan ravishda oʼzgarib bordi, jumladan, 2021 yilda ishsizlik darajasi 5.9 % ga teng boʼlgan boʼlsa, 2022 yilda 8.3 % ga yetdi. Fransiyada ishsizlik darajasi 2021-2022 yillar davomida IHTT doirasida hisoblangan oʼrtacha koʼrsatkichdan yuqori boʼldi, birgina 2022 yilda oʼrtacha koʼrsatkichdan 3.7 punktga yuqoriroq ishsizlik darajasi qayd etildi.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling