Kurs ishi mavzu: “ingliz tili darslarida ertaklarni o'rgatish ishlanma-loyihasi”


Download 38.9 Kb.
bet5/17
Sana29.01.2023
Hajmi38.9 Kb.
#1138698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdumalikova Shahloning kurs ishisi

_______________________________
¹Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4 avgust.
²O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. // Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997.
Uzoq proletar yozuvchisi A.M.Gorkiy o`zining «Ming bir kecha»ga yozgan so`z boshisida bolalar ertaklari janrlari va ularning g`oyaviy-badiiy ahamiyati to`g`risida qimmatli fikrlar bildirgan edi. «Ming bir kecha» xalq og`zaki ijodining eng yaxshi va monumental namunasidir. Bu ertaklar mehnatkash xalqning «shirin xayollari zavqini» va erkin o`yindan zavqlanishni , hamda sharq xalqlari fantaziyasining jo`sh urgan kuchini ifoda qiladi. Bu suxandonshunoslik juda qadim zamonlarda vujudgakelganligini,uning rang-barang ipaklari butun er yuziga yoyilib, uni hayron qolarlik darajada go`zal so`z san’ati bilan qoplaganligini ifoda qiladi...». A.M.Gorkiyning «Ming bir kecha» ertaklariga bergan bahosi sharq xalqlarining ertaklariga bo’lgan munosabatiga taalluqlidir. Chunki ertak janriga xos xususiyat barcha xalqlar ertaklari uchun mushtarakdir. Bu narsani ertaklarning syujeti, kompozitsiyasi,g`oyaviy mazmunida ko`rish mumkin deb yozadi.Xalq ertaklari bir ko'rishda xalqning bolalar uchun to’qigan ovunchog’i,hordiq chiqarish vositalaridan biri sifatida ko'zga tashlansa ham ularning falsafiy asoslarini, ijtimoiy muhitining badiiy in'ikosi sifatidagi ahamiyatini e'tibordan soqit qilish mumkin emas. Folklorshunoslikda shunday ertaklar ham ma'lumki,ularda maishiy hayot masalarigina emas, balki muhitning ijtimoiy muammolari o'z ifodasini topadi

Ertaklarning etnografiya uchun ham muhim ro’l o`ynashini prof.M.K.Azadovskiy alohida qayd etib quyidagilarni yozgan edi: «Etnografiyani o`rganishda ertaklar katta va muhim rol o`ynaydi, shu bilan birga badiiy yodgorliklarni aytuvchilar hisoblanadilar». Ertak janrining asosiy xususiyatlaridan biri uning xalq hayoti, kurashi, tarixi,psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog'langanligi va insonlarga axloqiy hamda ma’naviy tarbiya berilishidir. Ertaklarda inson o`ziga dushman bo`lgan kuchlarga qarshi doim g`olib chiqadi. Ertaklar tuzilishiga ko`ra sodda va anglashilishi oson bo`lgani uchun kitobxonning barcha tabaqasiga tez yetib boradi.Bir qancha ertaklar bir xalqdan ikkinchi xalqqa o`tadi va keng tarqaladi. A.M.Gorkiy bu haqda quyidagilarni yozgan edi:«Qadimgi ertaklarning bir xalqdan boshqa xalqqa o`tib toboro har bir irq, har bir millat va har bir sinfning xususiyatlari bilan to`ldirilib borishi protsessi fikr yuritish, madaniyat va xalq ijrochiligining rivojlanishida juda katta ro’l o`ynaganligi hech shubhasiz bo`lsa kerak». Haqiqatan ham har bir xalqdagi ertaklarda o`sha xalqning hayoti, urf-odatlari , dunyoqarashi, orzu-umidlari, tarixi, psixologiyasi ifodalanadi. Taniqli folklorshunos olim M.I.Afzalov ertaklarni shartli ikki qismga ajratadi.
1. Fantastik ertaklar. Bunday ertaklarda fantastik moment kuchli bo`lib,ularga hayvonlar haqidagi va sehrli-fantastik ertaklar kiradi. 2. Realistik ertaklar. Bunday ertaklarda fantastik momentlar kuchsiz bo`lib,ularga hayotiy va satirik ertaklar kiradi.
Ertaklarning g`oyaviy-tematik jihatdan tasnifi, uning boyligi bolalar uchun alohida ahamiyatga ega.Ertak- xalq og'zaki ijodidagi badiiy proza namunasidir.To'g'ri,ayrim ertaklar matnida kichik-kichik lirik she'rlar uchrab turadi. Ammo bunday ertak namunalari juda kam bo'lib ertakchilik haqida aloxida ta'sir ko'rsatmaydi.Shu o’rinda ertak termini to’g’risida ikki o’g’iz so’z yuritsak.Ertak termini xalq orasida uzoq asrlardan beri yashab keladi. Ertak termining ma’nosi turlicha.Ertak qadimgi avvalgi ma’nolarini ifodalaydi.O’zbekistonning Samarqand, Surxandaryo viloyatlarining ayrim tumanlari va qishloqlarida «ertak» so’zi o`rniga «matal» so`zi qo`llanadi. «Matal» terminini Farg`ona shevalarining ayrimlarida ham uchratish mumkin. Buxoroning ba’zi tumanlarida «ushuk» termini qo`llanilsa, Toshkentda «cho`pchak» ishlatiladi.Ertak termini qozoqlarda «ertak», «tolg`on», «utruk», qirg`izlar «jojomoq»,turkmanlarda «erteki», «hekoya», «buderek gurun», «yalan», qoraqalpoqlarda«ertak», «jolg`on», «qalpeki», «o`ylab shig`oltilg`on» deb ataladi.

Download 38.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling